TURKISTONNING PARCHALANIB KETISHI VA
UCH XONLIKDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT
«Nega jahonga A hm ad Farg 'only, M uham m adXoraz-
miy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Am ir
Temur, U lugbek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk
siymolarni bergan bu millat X V I I-X IX asrlarga kelib,
to shu choqqacha erishgan vuksalish darajalaridan
tushib ketdi? Nega so nggi uch asr mobavnida boshimiz
qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qar-
shiligiga qaramay, chor Rossiyasining о 'Ikamizni nisba
tan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham о 'm i
bo ‘Imaganmikan?»
Islom Karimov
Vatanimiz tarixi o ‘zbek davlatchiligi taraqqiyoti bir tekisda
kechmaganligi, uning silsilasida zafarli va inqirozli davrlar bo‘l-
ganligidan guvohlik beradi. Sohibqiron Amir Temur asos solgan
saltanat eng yirik va qudratli davlat b o ‘lganligi jahonga m a’lum.
Amir Temur o ‘zidan qudratli davlatni, saltanat qurish va davlatni
boshqarish qonun-qoidalari bay on etilgan mashhur qo‘llanma
«Tuzuklar»ni qoldirgan edi. «...Farzandlarim va avlodimdan bo‘l-
ganlaming har biri, - deb yozgan edi u o ‘zining tuzuklarida, -
unga muvofiq ish yuritsin... Bu tuzuklardan o ‘z saltanat ishlarini
boshqarishda qo‘llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ular
ga yetadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon b o llg ‘ay»'.
Sohibqiron Amir Temur vorislariga «millatning dardiga darmon
bo‘lish», «zaiflar va yo‘qsillami boylar zulmiga tashlamaslik»ni uq-
tirib «adolat va yaxshilik qilmoq dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin»
deya vasiyat qilgan edi. Ammo uning dasturi va vasiyatlariga amal
qilinmadi. Taxt, hokimiyat ilinjida avj olgan o ‘zaro ixtilof va ichki
kurashlar, jangu jadallar davlatni zaiflashtirib, mamlakatni inqirozga
va parokandalikka olib keldi.
XVI
asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga
Dashti Qipchoq tomondan ko‘chmanchi o ‘zbeklar davlati hukm-
1 Temur tuzuklari. Т.: G'afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlash-
masi, 1991, 53-bet.
27
www.ziyouz.com kutubxonasi
dori Muhammad Shohbaxt Shayboniy hujumi boshlandi. Shaybo-
niyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda
Hisor viloyatini, 1504-1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda
Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, M ash
had, Nishopur, Toshkent, Farg‘ona va Sirdaryo yerlarini zabt etdi.
Q at’iyatli sarkarda Shayboniyxon temuriy shahzodalar orasida
o ‘ziga munosib raqibni Zahiriddin Muhammad Bobur siymosida
uchratdi. Bu ikki o ‘zbek sarkardasi, ikki shoir va ikki davlat arbobi
ittifoqlashib, temuriylaming butun Sharq va G ‘arbga yoyilgan
shuxratini barqaror etish, Sohibqiron Amir Temur asos solgan
qudratli davlat shukuhini yanada tiklash o ‘rniga, o ‘zaro kurash, uni
egallash bilan band bo iishd i. Natijada, Movarounnahr va Xuroson
yagona davlat tarkibidan ajralib ketdi. Eronda kuchayib borayot-
gan safaviylar vaziyatdan foydalanib, bu ikki sarkarda kurashiga
aralashdi. Mamlakatda parokandalik avjga minib, aw alg i qudratdan
putur ketdi. Bobo yurtidan ajralgan, oxir-oqibatda Hindistonni zabt
etgan Bobur va uning avlodlari uch asr mobaynida bu mamlakatni
idora qildilar.
Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyat tepasiga ke
ladi. Qariyb, bir asrga yaqin davom etgan shayboniylar hukmronligi
davrida ham tinchlik bo‘lmadi, qirg‘inborot urushlar, o ‘zaro ichki
kurashlar davom etdi. Shayboniy Ubaydullaxon (1533-1539) taxtga
ko‘tarilgach, Buxoroning mavqei ham siyosiy, ham iqtisodiy jihat
dan ancha kuchaydi va M ovarounnahming siyosiy-ma’muriy mar-
kaziga aylantirildi. Abdullaxon-II (1557-1598) davrida, 1557 yilda
poytaxt rasman Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi va bu sana
tarixga Buxoro xoniigi tashkil topgan yil b o ‘lib kirdi.
1601 yildan e ’tiboran Buxoro xonligida xokimiyat ashtarxoniy-
lar (joniylar) sulolasi q o iig a o ‘tdi.
150 yilcha (1601-1756) hukmronlik qilgan ashtarxoniylar
sulolasi davrida ham Buxoro xonligida barqarorlik b o ‘lmadi.
Xonlik viloyatlarida hukmronlik qiluvchi amirlar va beklaming o ‘z-
boshimchaligi, markaziy hokimiyatdagi amaldorlar o ‘rtasidagi
o ‘zaro kelishmovchilik, urug‘chilik, mavqe talashish mamlakat xalqi
tinkasini quritdi. Shuning uchun ham XVIII asming birinchi yarmida
Buxoro xoniigi va Xiva xoniigi dastlab Rossiya va so‘ng Eron shohi
Nodirshoh zarbiga uchradi. Ichki nizolar, mahalliychilik va o ‘zaro
kurashlar zaiflashtirgan bu ikki xonlik Nodirshohning ta ’sir doira-
siga tushdi. Nodirshohni vasiy sifatida tan olgan M uhammad Rahim
1753 yilda o ‘zini Buxoro amiri deb e ’lon qildi va 1920 yilgacha
hukm surgan m ang‘itlar sulolasiga asos soldi. Ammo u ichki
28
www.ziyouz.com kutubxonasi
kurashlarga butkul barham berolmadi. Natijada, Buxoro xonligidan
mustaqil yana bir davlat tashkil topdi va u tarixda «Q o‘qon xonligi»
deb nom oldi.
Q o‘qon atrofida yashab turgan o'zbek qabilalaridan biri minglar
o ‘z yetakchisi Shoxruhbiyni hokimiyat tepasiga ko‘tardilar. Q o‘qon
shahri chetida joylashgan Tepaqo‘rg ‘on Shoxruhbiyning qarorgo-
higa aylantirildi.
XVII-XVIII asrlarda qoraqalpoqlar orollik o ‘zbeklar bilan bir
galikda Orol yerlarida o ‘z davlatini tuzgan edi. Bu davlat bir-
lashmasining aholisi - qoraqalpoqlar va o ‘zbeklar qo‘shm xalqlar
bilan yaqin aloqada b o ig a n . XVIII asrdagi qoraqalpoqlar ijtimoiy
hayotiga urug‘-qabilalarga b o iin ish an’anasi xos b o ig an . Butun
xalq ikki katta qavm (oris) ga - o ‘n to ‘rt urug‘ va qo‘n g ‘irot qavm-
lariga boiingan. 0 ‘n to‘rt urug‘ qavmining asosiy guruhini Xitoy,
qipchoq, Kenagas, M a n g it u ru g iari tashkil etgan, qo‘ng‘irot qav-
miga esa Shulluk va Ja v u n g ir urug‘ birlashmalari kirgan. Barcha
guruhlarni urug‘ tabaqalari - biylar va botirlar boshqargan. Ular
bilan musulmon ruhoniylari yaqindan aloqada b o ig an .
XVIII
asrda jun g ‘or va qozoq xonlarining bosqinchilik hujum-
lari natijasida Sirdaryo b o ‘ylarida yashayotgan qoraqalpoqlaming
bir qismi Yangidaryo b o ‘ylariga va Orol yerlariga ko‘chishga majbur
b o ig an . Yangidaryo yerlarida o ‘mashgan qoraqalpoqlar uchun yuz
yillar qarovsiz qolgan bepoyon maydonlami o ‘zlashtirish qozoq
xonlari va sultonlari bilan doimiy to ‘qnashuvlar natijasida juda
o g ir kechdi. Shuning uchun ham arxeologlar Yangidaryodagi
sug‘orish inshootlari qoldiqlarini «qoraqalpoq ajdodlari mehnat
jasoratining buyuk yodgorliklari» deb hisoblaydilar.
Qoraqalpoq (Orol) yerlari X V II-X IX asr boshida Quvondaryo
va Yangidaryo havzasini to iiq qamrab,
Amudaryo etaklarigacha cho‘zilgan edi. Lekin XIX asr boshida
Xiva xonlari Orolbo‘yi aholisini bo‘ysundirishga qaratilgan harbiy
harakatlami boshlaydi va bu harakatlar 1810 yili Muhammad
Rahimxon (1806-1825) davrida quyi Amudaryodan Yangidaryo-
gacha b o ig a n qoraqalpoq yerlarining Xiva xonligiga qo‘shib oli-
nishi bilan tugaydi1.
Shunday qilib, jahon sahnasida XVIII asr oxiri va XIX asr
boshlarida buyuk Temur saltanatini uch tarqoq o ‘zbek xonligi o ‘zida
gavdalantirdi.
1 Q a r a n g:
Kamolov S., Sariboev K.
Qoraqalpoqlar. Risola qoiyozmasi.
Nukus, 1999, 1-3-betlar.
29
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |