X IX asr oxiri va X X asr b osh la rid a T u rk iston d a m illiy
in u x o lifa tn in g y u za ga k elishi va u n in g sh ak llari
XIX asr oxiridagi siyosiy vaziyatni o ‘sha davr zamondoshlari-
dan biri - general-gubemator rafiqasi V.Duxovskaya o ‘z kundaligida
juda lo‘nda va aniq tarzda shunday ifodalagan. «Pinxona g'alayon
tobora kuchayib bormoqda. Bu yerda biz qaynoq vulqonda yasha-
yotgandaymiz. Xuddi momaqaldiroq oldidagi mudhish sukunat
xavotirligimizni yanada kuchaytirmoqda»:. Imperiya oliy harbiy-
siyosiy doiralari vakilining bu iqron chuqur asosga ega edi. Shu
davrda o ‘lkada mustamlaka tuzumiga qarshi jiddiy muxolifat yuzaga
kelgan edi.
Milliy muxolifotning g ‘oyaviy, m a’naviy va nazariy asosini esa
XIX asming oxirlarida Rossiyaning qaram musulmon o ‘lkalarida
ko‘tarila boshlagan m a’rifatchilik harakati tashkil qildi. Bu harakat-
ning rahnamosi mashhur Qrim m a’rifatparvari Ismoilbek Gasprin-
skiy edi.
Rossiya imperiyasiiing mustamlakachilik siyosatiga qarshi
Turkistonda milliy muxolifotni yuzaga kelishida Ismoilbek Gasprin-
1 Всеподданнейший доклад Туркестанского генерал-губернатора генерала
от инфантерии Духовского. Ислам в Туркестане, 1899, стр. 6.
2 Варвара Духовская
Туркестанские-восиоминания. СПб, 1913, стр. 37.
336
www.ziyouz.com kutubxonasi
skiyning xizmati kattadir. Uning 1881 yilda nashr qilingan «Rossiya
musulmonligi» kitobi bu sohada qo‘yilgan birinchi qadam edi.
Ismoilbek Gasprinskiy (1851 -1914) o ‘z davrining yetuk ziyolisi,
Sharq va G ‘arb olamini kezgan va bilgan inson sifatida musulmon
xalqlari istiqloli uchun kurashgan va bu yo‘lda butun umrini sarf-
lagan. U ziyolilar o ‘rtasida birinchi bo‘lib Fridrix Engelsning
Rossiyani Sharqdagi siyosatiga doir fikriga qarshi chiqqan. F.Engels
Rossiya Sharqqa nisbatan madaniylashtiruvchi rol o'ynaydi,
deb yozgan va uning xulosasini markschilardan tortib buyuk rus
shovinistlari ham qo‘llab-quvvatlashgan va hatto qator adabiyotlarda
shior sifatida ko‘tarilgan.
-
So‘nggi yillarda, - deb yozadi I.Gasprinskiy shu kitobida. -
Rossiyaning Sharqdagi buyuk madaniyatlashtiruvchilik xizmati
haqida tez-tez o ‘qishga va eshitishga to ‘g ‘ri kelmoqda. X o‘sh, bu
xizmat nimada namoyon bo‘lishi kerak? Nahotki, uning m a’nosi
qozini uezd boshlig‘iga, noibni pristavga, beklikni oblastu guber-
niyaga, ushrni tan solig‘i-yu yana boshka «ber-ber»larga ipak
to ’nu beshmetni dvoryanlik yoqasiga almashtirib qo'yishdan
iborat b o ‘lib, boshqa qilinadigan ish qolmagan bo‘lsa?»2 Gasprin
skiy «Rossiyaning Sharqdagi madaniylashtiruvchilik roli»ga mana
shunday tanqidiy qaraydi va bu savolga salbiy javob beradi. Ros
siyani aksincha, Sharq xalqlarini atayin ilm -m a’rifatdan uzoqda
saqlab kelayotganlikda, musulmonlaming tilini, dinini tunnush
tarzini buzishda ayblaydi.
Gasprinskiy Rossiya imperiyasi hukmdor doiralarining o ‘z-
lariga tobe musulmon mamlakatlariga nisbatan tutgan mus
tamlakachilik siyosatini tahlil qilib uning ikki asosiy y o ‘nalishini
ko‘rsatadi. Ulardan birinchisi mslashtirish, y a’ni assimilyasiya,
ikkinchisi esa hamkorlik. Birinchi y o ‘nalishda mustamlaka xalqlari
milliy taraqqiyotiga hech qanday yo ‘l berilmaydi, ular to ‘la ruslash-
tirib bo ‘lingach, vakillari mamlakat idora ishlariga jalb qilinadi.
Ikkinchi yo ‘nalishda milliy taraqqiyotga yo‘l qo‘yiladi va u tegishli
darajaga ko‘tarilgach hukumat ishlariga tortiladr.
Gasprinskiy Rossiya o‘z mustamlakalariga nisbatan har ikki
1
Begcili Qosimov, Sharif Yusupov, Ulugbek Dolimov, Shuhrat Rizaev, Sunnat
Ahmedov.
Milliy U yg’onish davri o ‘zbek adabiyoti, Toshkent, «M a’naviyat»
nashriyoti, 2006, 225-bet.
: 1917 yil oktyabr to'ntarishidan so'ng birinchi tuzilgan Turkiston xukuma-
tida bironta ham mahalliy m illatlar vakillari bo'lm aganini bolsheviklar shunday
tarzda tushuntirishgan. Ular mahalliy kadrlar yetishgachgina ular idora ishlariga
jalb qilinishini ochiq-oydin aytishgan. Mualliflar izohi.
337
www.ziyouz.com kutubxonasi
y o ‘nalishdan foydalanayotganini aytib, Polshada birinchi Finlyan-
diyada ikkinchi yo‘nalish ustuvorligini k o isatad i va imperiya
Turkiston general-gubematorligida kanday yo‘nalish yetakchi
ekani xususida o ‘z mulohazalarini bildiradi. Rossiya birinchi y o in i
istaydi, lekin bu qiyin va samarasiz. Negaki Turkiy xalqlaming
juda qadimiy madaniyati bor va uni dillardan siqib chiqarish amri
mahol. M a’kuli, ikkinchi yo'nalish, chunki u imperiyachilarga
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Turkiy xalqlar ozgina turtki bilan o ig a n
muddatda yo‘qotgan zehniyatlarini tiklab ola oladilar. Ular turtki
yordamga ham ehtiyoj sezmaydilar. Masalan, bu xalqlar an ’anaviy
xayriya y o ii bilan ham maktab-madrasalarini tiklay oladi. Faqat
uni zamonaviy talablarga javob beradigan darajaga k o ia rish lozim.
Birinchi navbatda, dunyoviy fanlarga z o 'r berish kerak. Gasprinskiy
shu zaylda fikr yuritib o ‘rtaga shunday savol tashlaydi. X -X V asr
Turkistonining qomusiy olimlarini mana shu madrasalar yetkazib
bermadimi? K o‘hna Sharqning universitetlari madrasalar emasmi?
Yevropa universitetlari arablar hukmronligidagi ispan Andaluziyasi
(V III-X V asrlar) madrasalaridan andoza olib koiilm adim i? Ana
shulardan kelib chiqqan holda Gasprinskiy Rossiya musulmonlari
milliy maoriflarini o ‘z milliy vositalari asosida ko‘rmoqlari
lozimligini uqtiradi. B oshlangich ta iim va tarbiya mutlaqo ona
tillarida b o im o g i kerakligini alohida uqtirib o ‘tadi.
«Rossiya musulmonligi» kitobida ilgari surilgan bosh g'oya -
musulmonlarning maktab maorifini milliy asoslarda qurishlari
lozimligi, milliy, diniy qadriyatlarni saqlab qolishlariga d a’vat Ros
siya jamoatchiligi o'rtasida katta qiziqish uyg'otdi. Mustamlaka
siyosatini o'zlarida ifodalagan shovinistlar kitobga qattiq e ’tirozlar
bildirishdi. Turkiston maorifi rahbarlari N.Ostroumov, M.Miropiev
va N.Ilminskiy kabi arboblar kitobdagi g ‘oyalar va fikrlar o ik a
ziyolilari uchun yaxshi dastur b o iish i va m a’naviy muxolifat uchun
nazariy asosga aylanishini payqab unga qarshi chiqishdi. Bu o iin d a
N.I.Ilminskiyning Peterburgga Muqaddas Sinod ober-prokurori,
ashaddiy shovinist K.Pobedonossevga 1885 yilda y o ilag an mak-
tubidagi fikrlar diqqatga sazovordir. U Turkistonda chorizm uchun
qanday kadrlar zarurligi xususida shunday yozgan edi:
-
Bizga ruscha gapirganda tutilib-tutilib qizaradigan, ruscha
xatni chala-savodlarga yozadigan, faqat gubematordangina emas,
balki har qanday amaldordan hayiqib qo‘1 qovushtiradigan kishilar
m a’qul.
Ilminskiy vaziyat taqozo etganda ham xristian b o im ag an ma
halliy ziyolilar garchand ular ruschani suvdek bilsalar ham mas'ul
338
www.ziyouz.com kutubxonasi
lavozimlarga tayinlanmasliklarini alohida uqtiradi1. Adolat nuqtai
nazaridan shuni ham eslatib o ‘tish lozimki, Gasprinskiy g ‘oyalariga
o ‘xshash fikrlami ilg‘or rus ziyolilari, xususan professor N.I.Vese
lovskiy ham ilgari surgan edi. U 1885 yilda Turkistondagi vaziyatni
o ‘rganish asosida shunday yozgan: «Biz madaniyat olib keldik deb
o ‘ylaymiz. Bo‘ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik va osoyishtalik
berdik deb o ‘zimizni ovutamiz. Ammo bulardan ham yuksak bir oliy
tuyg‘u borki, bu - millat va uning milliy iftixoridir. Musulmonlar
holini tushunishimiz kerak. Siyosiy oTim og‘ir, milliy o ‘lim esa
undan ham og‘irroq. Bizning hukmronligimizda esa ular shunday
holga tushdilar. Bas, shunday ekan, xukmronligimizga qarshi gala-
yonlar ro‘y bersa, ajablanishga o ‘rin y o ‘q. Shunday milliy manfaatlar
borki, ular xalq och yoki to ‘qligidan qat’i nazar, bir kunmas bir kun
o ‘zini namoyon etajak»2.
N.Veselovskiy ham o ‘zi bilib-bilmay, balki sezib-sezmay
Gas-prinskiy fikrini tasdiqlab, Rossiyaning «madaniylashtiruvchi
rol»ini iikor etadi. Bunday inkomi akademik V.V.Bartold Rossiya
armiyasi general-mayori Jo‘rabek Qalandarovdan xam eshitgan.
Jo'rabek Rossiyannng Turkistondagi hukmronligini XIII asrdagi
m o‘g ‘ul istibdodiga o ‘xshatganidan ajablangaiini yashirmagan3.
I.Gasprinskiyning yana bir asari Turkistondagi Rossiyaga
muxolifat kuchlarga dasturi amal bo‘lganini ta’kidlash joiz. Gap
uning 1885 yilda Istambulda nashr qilingan «Evropa madaniyatiga
betarafona bir nazar» risolasi ustida bormoqda. Shunisi qiziqki,
Yevropa turmush tarzi dunyoning barcha mamlakatlarida o ‘mak
va timsol tutilgan bir paytda Gasprinskiy uni axloqsizlikda ayblab
Rim saltanatiga qiyos kildi. Zamonaviy Yevropa ham, Rim saltanati
ham Sharq nuqtai nazaridan axloqsiz. M uallif o ‘z kitobida fan va
texnikasi bilan jahonni hayratga solgan Yevropani ham, tobora
kuchga kirib borayotgan marksizm keng tarqalayotgan sosialistik
Yevropani ham Osiyo uchun rad qiladi. Uning fikricha qadimga
Rim imperiyasi madaniy-axloqiy chiriganligi uchun barbod bo‘l-
gan. «Rumoliklar asir etlari bilan, - yozadi Gasprinskiy, - hovuz-
larda boqilgan baliqlarga to ‘ymasdan qanday qulagan bo‘lsalar.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |