O’zbekiston respublikasi o’rta maxsux va oliy ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi «tasdiqlayman»



Download 368 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi368 Kb.
#15965
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI O’RTA MAXSUX VA OLIY TA’LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha

prorektor, professor

Teshayev O.R.______

«____»___________2012 yil
Kafedra: Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya
Fan: Travmatologiya-ortopediya

4-kurs Tibbiy profilaktika fakulteti uchun


YAGONA USLUBIY TIZIM
POLITRAVMA

TMI - Qul-oyok periferik nervlari shikastlari va neyrogen deformasiyalar. Poliomielit.


7 MAVZUSI bo’yicha amaliy mashg’ulot




T A ‘ L I M T E X N O L O G I YA S I

Toshkent - 2012



Tuzuvchilar:

Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya

kafedrasi mudiri: t.f.d. Karimov M.Yu.

O`quv ishlari bo`yicha mas’ul ass., t.f.n. Saloxiddinov F.B.

Ko`rib chiqildi va kelishildi.

Аzizova F.H.- TTA o`quv bo`limi boshlig`i,professor

Muhokama qilindi va tasdiqga tavsiya etildi

TTA “Tibbiy –profilaktika fanlari

Siklopredmet seksiyasi” raisi, professor_______________B.M. Mamatqulov
-----” ---------------- 2012 yil

Mashg’ulot № 7

O`QUV MASHG`ULOTIDA TA`LIM TEXNALOGIYASI MODELI

Mavzu: POLITRAVMA

TMI - Qo`l-oyok periferik nervlari shikastlari va neyrogen deformasiyalar. Poliomielit.

Ta`lim berish texnalogiya (amaliy mashg`ulot )


Vaqt: 270 minut

Talabalar soni:10-12

O’quv mashg’ulotining shakli va turi

Amaliy mashg’ulot

O’quv mashg’ulotining tuzilishi

1. Kirish qism.

2.Nazariy qism

3.Analitik qism

- Loyiha proekti

- Test va vaziyatli masalalar

4. Amaliy qism



O’quv mashg’uloti maqsadi:

Talabalarni politravma va shok holatlarda birinchi tibbiy yordam berishni asosiy tamoyillari, shikast olgan oyoq – qo’llarni immobilizastiya qo’lishga, mahalliy og’riqsizlantirish, gips bog’lamlarni tayyorlashga va qo’yishga, jgut bog’lamlarni qo’yishga va shu bilan birga «travmatik shok» i «uzoq bosilish sindromi» tushunchalar berish; shokga qarshi va birinchi tibbiy yordam berishga o’rgatish.

Talaba bilishi lozim:


  • Politravma tasnifi;

  • Politravma klinikasi;

Shikast olganlarga birlamchi jarrohlik ishlovini berish.

Talaba bajara olishi lozim:


Amaliy mashulotlarni bajara olishi, chap bolder suyagi ochiq sinishida,o’ng son uyagini yopiq sinishi, bosh miya chayqalishi va boyin umurtqasi singanligiga shubha bo’lganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish .

Pedagogik vazifalar:

-politravma xaqida tushuncha bilan tanishtirish;

-birlamchi tibbiy yordam berish, immobilizastiya turlari o’rni va axamiyati bilan tanishtirish;

-«travmatik shok» va «uzoq bosilish sindromi» haqida tushunchalari bilan tanishtirish

-shikast olgan sohani mahalliy og’riqsizlantirish,

- shok va uzoq bosilish sindromida shokka qarshi muoalajalar o’tkazishni o’ziga xosligi, o’rni va axamiyati.

- jgut bog’lamni qo’yishni.


O’quv faoliyati natijalari:

politravma shikast turlarini ko’rsatadilar;

politravma shikast turlari tasniflaydilar va bidimlarini shakllantiradilar, tashxis qo’yish;

«travmatik shok» i «uzoq bosilish sindromi» klinik tekshirish;

- Zaruriy birinchi tibbiy yordam hajmini o’rni va axamiyatini tartibli ravishda ochib beradilar.



Ta’lim usullari

KIM KO’P? KIM TEZ?” o’yini, ma’ruza, axborot berish, namoyish, interaktiv ish o’yinlari,loyiha proyekti.

Ta’lim shakli

Jamoaviy, guruhlarda ishlash («KIM KO’P? KIM TEZ?»), yakka tartibli

Ta’lim vositalari

Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rengent tasvirlar, skelet, jarroxlik anjomlari.

Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.

Ta’lim berish sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan taminlangan,guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar

Monitoring va baholash

Og’zaki so’rov: tezkor-so’rov, yozma so’rov: test







Politravma mavzusiga oid o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

225 daq


Faoliyat

ta’lim beruvchi

ta’lim oluvchilar

1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish

10 daqiqa

5 daqiqa


    1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni etkazadi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar: shikast turlari, klinikasi, profilaktikasi va davosi to’g’risida tushuncha beradi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.

    2. Adabiyotlar ro’yxatini beradi (ilova №6)

    3. Talabalarni aqliy hujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi Amaliy mashgulot rejasi va tuzilishiga qarab ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibi bayon qilinadi.

1.4. Amaliy mashg`ulotda talabalar faolligini baholash mezonlarini e’lon qiladi (ilova №5.2.)



Tinglaydilar va yozib oladilar.

Tinglaydilar va yozib oladilar


Savollarga javob beradi.

Tinglaydilar


2-bosqich.

Asosiy qism

30 daqiqa

5 daqiqa
45 daqiqa


40 daqiqa


15 daqiqa
45 daqiqa
5 daqiqa

45 daqiqa

20 daqiqa


2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida mavzuning asosiy tushunchalari bo’yicha tezkor-so’rov o’tqazadi

2.2. Loyiha materiallarini muhokama qilishni tashkillashtiradi, ishlash qoidasi, vaziyatlarni tahlil qilish chizmasi, muammolarni ifodalanishiga e’tibor berishlariga qaratadi

Tanaffus
2.3. Vaziyatni mustaqil tahlil qilishni, muammoni ifodalashni, yechish yo’llarini aniqlashni, so’ngra uni yechish topshirig’ini beradi (Ilova 3)
Tanaffus
2.4. Testlarni yakka tartibda ishlaydilar

2.5. Talabalarga ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish

(slaydlar, prezentastiya, videofilmlar va bq.), ularni izoxlash
Tanaffus

2.6. Talabalarga amaliy ishning rejasi va qadamma qadam bajarilishi tushuntiriladi.

2.7. Talabalar o’z qo’llari bilan amaliy ishni mustaqil bajarishadi va natijalarni daftarlarga bayonnoma tarzida yozishadi.

2.8. TMI mavzusi e’lon qilinadi va muxokama qilinadi

Kasallik tarixi yozish uchun bemorlar kurastiyasi va muxokama qilish.


Savollarga javob beradilar.
Muhokama qiladilar, aniqlashtiruvchi savollar beradilar

Amaliy qism materiallarini muhokama qiladilar,

aniqlaydilar, savollar beradilar.

Mustaqil ravishda tahlil qilish varag’ini to’ldiradilar, muammoni echadilar.

Vaziyatli masalalarni muhokama qiladilar

taqdimot kiladilar boshqa talabalar munozarada ishtirok etadilar, savollar beradilar



3-bosqich.

Yakuniy


10 daqiqa

3.1. Xulosa: Mavzu bo’yicha xulosa qiladi.

3.2. Faol talabalar baholanadi Gurux bo’yicha baxolash mezonlari e’lon qilinadi

3.3. Mustaqil tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va topshiriqlar beriladi


Tinglaydi

O’z o’zini baholaydilar.

Savollar beradilar

Topshiriqni yozadilar






1.KIRISH

1.1 Mashg’ulotni o’tkazish joyi va jihozlanishi:

  • Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya auditoriyalari.

  • Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rengent tasvirlar, skelet, Kramer va Diterixs shinasi, gipsli bog’lamlar, bint.

  • Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.






1.2. MOTIVATSIYA:

Mazkur mashg’ulot o’tkazish aralash, ko’p va kombinatsiyalashgan travmalarda va shok holatlarda birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish imkoniyatini beradi. Talabalarga shokka va uzoq bosilish sindromi qarshi chora tadbirlar, dastlabki tashhis qo’yish va bemorni keyingi bosqichlarga olib borishni o’rgatadi. Talabalarga chap boldir suyagi ochiq sinishida,o’ng son suyagini yopiq sinishi, bosh miya chayqalishi va bo`yin umurtqasi singanligiga shubha bo’lganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni o`rgatish imkonini beradi . Politravma mavzusi bo`yicha to`la tasavvur va malumotga ega bo`lish UASHning ish faoliyatining to`gri tashkillashtirishga yordam beradi.




1.3.Tashqi va ichki fanlararo bog`liqlik:

Ushbu mavzu bo’yicha talabalarni o’qitish odam anatomiyasi, topografik anatomiya va operativ jarrohlik, radiologiya, anesteziologiya-reanimasiya va umumiy jarrohlik bilimlariga asoslangan.



2.NAZARIY QISM
2.1. Mashg’ulotning tarkibiy qismi(qisqacha mazmuni):







KO’PLAB SHIKASTLANISH TAYANCH-HARAKAT

TIZIMINING KO’PLAB VA KO’SHILIB KELGAN

SHIKASTLANISHLARI

Ko’plab shikastlanishning umumiy masalalari

Organizm to’qima va a’zolarning mexanik shikastlanishi yakka tartibdagi (monotravma) va ko’plab (politravma) turlariga bo’linadi. Yakka tartibdagi yoki monotravma deganda bitta a’zo yoki tayanch-xarakat tizimidagi anatomik-funksional segment (suyak bo’g’imlar) shikastlanishi tushuniladi. Ichki a’zolar misolida bu bir bo’shliq doirasidagi shikastlanishni, qon tomiri va nerv tolalari shikastlanishi esa bitta anatomik regiondagi shikastlanishni o’z ichiga oladi. Bu shikastlanishlar o’z navbatida mono- va polifokal ko’rinishda bo’ladi. Masalan, ingichka ichakning polifokal shikastlanishi — bir necha joyida jaroxat borligi, tayanch-xarakat apparatida — bir nomdagi suyakning bir necha joyidan sinishi (ikki, uch joyidan). Tayanch-xarakat tizimining kon tomiri va nerv tolalari bilan birgalikdagi shikastlanishlarini asoratlangan shikastlanish deb qaramok kerak Bunday xolatlarda tashhisni quyidagicha ifodalamoq kerak: «O’ng son suyagi diafizining yopiq sinib, son arteriyasi jaroxatlanishi bilan asoratlanishi».

Ko’plab shikastlanish (politravma) atamasi yig`ma tushuncha bo’lib, o’z ichida quyidagi shikastlanish turlarini birlashtiradi: ko’p sonli, qo’shilib kelgan va omuxta shikastlanishlar.

Ko’p sonli shikastlanishlarga bir bo’shliqda joylashgan ikki yoki undan ko’p a’zo, tayanch-xarakat tizimida bo’lsa, ikki yoki undan ko’p anatomik funkstional a’zolarning shikastlanishi nazarda tutiladi, masalan, jigar va ichak shikastlanishi, son va bilak suyaklari sinishi.

Q o’ sh i l i b kelgan shikastlanishlarga ikki yoki undan ortik bo’shliqda joylashgan ichki a’zo va tayanch-xarakat tizimining birgalikdagi shikastlanishi kiradi, masalan, taloqda, siydik pufagi shikastlanishi, ko’krak kafasi a’zolari va tayanch-xarakat tizimining shikastlanishi, bosh miya va chanok shikastlanishi va xokazo.

O m u x t a shikastlanishlarga bir vaqtning o’zida turli omillar: mexaniq, issiklik radiatsiya ta’sirida shikastlanishlar kiradi, masalan, son suyagi sinishi va kuyish. Bir vaktning o’zida birgalikda turli shikastlovchi omillar ta’sir qilish variantlari mavjud.

Ko’p sonli, ko’shilib kelgan va omuxta shikastlanishlar organizmning muhim hayotiy funksiyalarining buzilishi munosabati bilan klinikasining og`irligi, tashxis qo’yishning qiyinligi, davolashning murakkabligi, ko’p xollarda og’ir nogironlik va o’limga olib kelish bilan farqlanadi. Bunday shikastlanishlar ko’p xollarda karaxtlik ko’p qon yo’qotish, qon aylanishi, nafas olishning buzi­lishi va o’lim oldi xolatlariga sabab bo’ladi. Bu toifadagi xastalar shikastbandlik bo’limidagi bemorlarning 15-20% miqdorini tashkil qiladi. Ko’p sonli va qo’shilib kelgan shikastlanishlarning og’irligini o’lim ko’rsatkichlari ham izoxlab turadi. Yakka tartibdagi sinishlarda o’lim 2% bo’lsa, ko`p sonli shikastlanishlarda 16%, qo`shilib kelgan shikastlanishlarda esa 50% va undan ortiq bo’ladi (tayanch-xarakat tizimi bilan qorin va ko’krakdagi qo’shilib kelgan shikastlanishlarda).

Ko’plab shikastlanishlarga quyidagi xususiyatlar xos bo’ladi.



  1. Shikastlanishlarda bir-birini kuchaytirish sindromi
    kuzatiladi. Masalan, qon ketishi karaxtlikning rivojlanishiga sabab
    bo’lib, uning og’ir ko’rinishida bo’lishiga, shikastlanish kechishining
    og’irlashishi va prognozining qiyinlashishiga sabab bo’ladi.

  2. Qo’shilib kelgan shikastlanishlarni davolashda ziddiyatli xollarga
    duch kelinadi. Masalan, tayanch-xarakat tizimi shikastlanishlarida yordam
    berishda va davolashda og’riqsizlantiruvchi moddalar ishlatiladi, tayanch-
    xarakat tizimi va bosh miyaning qo’shilib kelgan shikastlanishlarida
    esa bu narsa mumkin emas. Yana ko’krak qafasi va elka suyagi sinishining
    qo’shilib kelgan shikastlanishida elka keruvchi shinaga va torakobraxial
    gips bog’lami qo’yishga imkon bermaydi.

  3. Inson xayotini xavfli chegaraga olib keluvchi og’riq. asoratlari:
    ko’p qon yo’qotish, karaxtlik toksemiya, o’tkir buyrak etishmovchiligi,
    yog` emboliyasi va tromboemboliya ko’payadi.

  4. Kranioabdominal shikastlanishlarda klinik belgilarning
    xiralashuvi kuzatiladi. Bu narsa qorin va umurtka pog`onasining
    qo’shilib kelgan shikastlanishida ham kuzatiladi va tashxis qo’yishni
    qiyinlashtirib, ichki a’zolar shikastlanishining kechikib aniqla-
    nishiga olib keladi.Ko’plab shikastlanishlarning ko’p xolatlardagi sababi bo’lib, yo’l-ulov, temir yo’l xodisalari (to’knashib ketish, yo’lovchini bosib ketish) va balandlikdan yiqilish xisoblanadi. Bunday shikastla­nishlarning aksariyat qismini 20 dan 50 yoshgacha bo’lgan shahslar tashkil qilishadi. Ko’p sonli va qo’shma shikastlangan bemorlarga yordam ko`rsatish va davolashning qiyinchiligi, bunday bemorlarning axvolini og’irligi va asosiy shikastlanishning tashxisini aniqlashning kiyinlashishi bilan bog`lik bo’ladi.

Ko’plab shikastlangan bemorni qabulxona vrachi ko’rmaguncha aravachaga olish va yakka o’zini qoldirish mumkin emas, chunki tana a’zolari shikastlanishi turli og`irlik darajasida bo’ladi. Shuning uchun kasalxonada xozirgi paytda kasallikning og`irligiga sabab bo’lgan va davolanishi kerak bo’lgan a’zo aniqlanishi kerak Bu narsaning davolash uslubi va jarroxlik muolajalari tartibini aniqlashda ahamiyati ko`p. O`kir qo’shma shikastlanishlarda davolanishni shartli ravishda 3 davrga bo’lish mumkin: 1) xayotga qaytarish; 2) davolash; 3) reabilitastiya.

Davolash jarayonida yetakchi shikastlanishga bo’lgan munosabat o’zgarishi mumkin. Masalan: kranioabdominal shikastlanishda qorin shikastlanishi yetakchi shikastlanish hisoblanadi, shuning uchun asosiy davolash muolajalari ichki qon ketishini to’xtatishga qaratiladi. Ichki qon ketishi to’xtatilib, qonning mikdori tiklangandan so’ng davolash akienti bosh miya shikastlanishiga ko’chadi. Bemorning hushsizlik holati qo’shma shikastlanishlarda asosan bosh miya shikastlanishi xisobiga bo’ladi.

Qon aylanish tizimining faoliyati buzilishi o’tkir qon yo’qtish natijasidir va bu tayanch-xarakat tizimining ko’p sonli shikastlanishi yoki ko’krak va qorinning qo’shma shikastlanishga bog’liq bo’ladi. Nafas faoliyatining keskin buzilishi odatda ko’krak qafasi shikastlanishi bilan bog’liq bo’ladi (ko’p sonli, darchasimon yoki ikki tomonlama qovurg`alar sinishi, gemotoraks, pnevmotoraks).

Dastlabki tekshirish va ko’rish paytida siydik ajratib chiqarish funkstiyasi aniqlanadi. Dastlabki ko’rishni tugatib, etakchi shikasglanish aniqlangandan so’ng ko’p hollarda zudlik bilan xayotga qaytarish ishlarini amalga oshirish va karaxtlikka qarshi kurashish uchun tekshirishni qiska vaktga to’xtatishga to’g’ri keladi. Bundagi qilinadigan ishlar majmuasiga hayotiy ko’rsatma bilan qilinadigan jarroxlik muolajalari ham kiradi.

Chuqurlashtirilgan tekshirish ishlariga hayotga qaytarish ishlari bilan birgalikda bemorning ahvoli yaxshilangandan so’ng kirishiladi. Tashxis qo’yish qiyinchiliklari, ko’plab shikastlanishlarda, yordam ko’rsatish va davolashda bir qancha qiyinchiliklar tug`diradi.

Shifoxonada bo’lgan bosqichda yordam ko’rsatish xususiyatlari

Shifoxonagacha bo’lgan bosqichda boshlangan davolash ishlari shifoxona sharoitida davom ettiriladi. Ko’plab shikastlanish bilan bemor qabulxonaga kelganda quyidagilar qilinishi kerak:

1) izchillik va tezkorlik bilan bemorni tekshirish va malakali yordam ko’rsatish;

2) bog’lamlarni, shinalarni, jgutni to’g`ri qo’yilganligini tekshirish va aniqlangan kamchiliklarni to’g’rilash.



Birinchi (jonlantirish) davri. Bu davrda zudlik bilan karaxtlikka qarshi kurashish boshlanadi. Hayotga qaytarish bo’limida quyidaga davolash muolajalar majmuasi amalga oshirilishi kerak: qon aylanishini barqarorlashtirish, to’la-to’kis og`riqsizlantirish, mustaxkam taxtakachlash, kislorod terapiyasi o’tkazish, shoshilinch jarroxlik muolajalari, organizmning xamma hayotiy ko’rsatkichlarini tartibga solish. Shikastlangan bemorni ko’rishdan avval to’la yechintirmok kerak Diqqat-e’tibor bemorning umumiy axvolini baholashga, teri va shilliq pardalar rangiga, qon tomiri urishiga, jaroxatning, shilingan joy yoki qon talash joylarninng qayerdaligiga, bemorni xolatiga (majburiy xolat, suet, faol) ahamiyat beriladi va bular shikastlanishning tashxisiga yordam beradi. Ko’krak qafasi va qorin soxasini paypaslash va eshitib kurish yo’li bilan tekshiriladi. Shikastlanish tashxisiga jonlantirish bo’limida bemorni joyidan jildirmagan xolatda rentgen tasviriga tushirish yo’li bilan aniqlikkiritiladi.

Agar nafas olish qiyinlashgan bo’lsa, og`iz bo’shligini tekshirib, shilimshiq Qon, qayt qilingan narsalar, tish protezlari olib tashlanib, orqaga tortilib ketayotgan til fiksastiya qilinadi. Ko’krak qafasi ko’rilganda uning nafas olish faoliyatidagi xarakatlanishi, ezilgan yoki bo’rtib qolgan joylar, jarohatning havoni tortib olishi, bo’yin vena kon tomirlarining kengayishi aniqlanadi. Auskultastiya paytida yurak tonlari bo’gilishining kuchayishi shifokorning yurak tamponadasi tashxisi to’g’risida o’ylashiga sabab bo’ladi, ayniksabu ko’krak qafasi soxasidagi jaroxat yurak proekstiyasiga to’rri kelsa, yana ham ravshan bo’ladi. Agar gemopnevmotoraks tashxisi ko’yilsa, plevra bo’shligidagi krn va x.avo shprist bilan so’rib tashlanib, rezina drenaj o’rnatish kerak Bu nafas etishmovchshshgiga barxam berib, tekshirishni tugatishga imkon beradi. Agar ko’shma shikastlangan bemorda yurak jaroxati yoki katta krn tomiri shikastlanishi, o’pkaning jaroxati, kuchayuvchi pnevmotoraks, ochiq pnevmotoraks bo’lib, bemorlarning umumiy ax,volini okirlashtirsa, boshqa joylarda shikastlanish bo’lishidan kat’i nazar, shoshilinch jarroxlik muolajasini boshlash zarur. Korin sohasining yopiq shikastlanishlarida laparostentez va laparoskopiya qilish kerak



Ikkinchi (davolash) davri. Ko’plab shikastlanishlarda bosh muammo bo’lib, jarroxlik muolajasining kerakli vaktini va hajmini aniqlashdan iborat bo’ladi. Jarroxlik muolajasining xajmi va amalga oshirish vaktini shoshilinchligiga karab bemorlar to’rt guruxga bo’linadi.

Birinchi guruhga shoshilinch yordam zudlik bilan amalga oshirilmasa, shikastlanish tezda o’limga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan bemorlar kiradi. Bunga parenximatoz a’zolar (jigar, talok) yorilgan, kuzatiladigan ko’p kon ketishi, yurak tamponadasi, o’pkaning kata jarodatlari, qovurg’alarning ikki joyidan «darchasimon» yoki «qopqoqli» sinishi va xokazolar kiradi. Odatda bunday shikastlanganlar og’ir xolatda, terminal kon bosimi xayot-mamot chegarasidan past ko’rsatkichda kasalxonaga keladilar. Tashki krn okimi davom etayotgan bo’lsa, kiskich va jgut yordamida to’xtatiladi. Qo’l-oyoq suyak-larida siniq. aniqlansa taxtakachlar ko’yiladi.

Ikinchi g u r u h g a to’xtovsiz qon ketishi yo’q., nafasi chukur buzilmagan, qorin bo’shligi a’zolari shikastlangan, qopqoqli pnevmotoraks, kalla kutisi ichi gematomalari bor, qo’l-oyoq suyaklari yopiq og’ir shikastlangan bemorlar kiradi. Jarrohlik odatda dastlabki soatlarda amalga oshiriladi. Suyak sinishlarida, qovurg’alar singanda mahalliy novokainli og’riqsizlantirishni amalga oshirib, gips bog’lami qo’yish va skelet tortma o’rnatish amalga oshiriladi.

Uchinchi g u r u h ga asosan tayanch-xarakati tizimi shikastlangan bemorlar kirib, bunda ko’p mikdordagi qon yo’qotish yo’qdir. Jarroxlik muolajalari faqat shikastlanganlarni karaxtlikdan chiqarilgandan so’ng amalga oshiriladi. Jarroxlik muolajalari ochiq sinishlarda ishlov berishdan, to’qimalar ezilib, hayotiyligini yo’qotgan holatlarda amputastiyani amalga oshirishdan iborat bo’ladi.

To’rtinchi guruh.ga tananing bir necha joyida suyak sinishi kuzatilgan, karaxtlik bilan asoratlangan bemorlar kiradi. Bularda shikastlanishlarda jaroxatga jarroxlik ishlovi amalga oshiriladi, davolash shinalash qilinadi. Qon tomir va nerv tolalari ezilish xavfi mavjud bo’lsa, suyak parchalarining terini teshib kirishi kutilsa, osteosintez amalga oshiriladi. Ko’rsatma bo’lsa, iloji boricha xavfsiz osteosintez usullari, kompressiya-distrakstiya moslamalari yordamida amalga oshiriladi.

Ko’p sonli shikastlanishlar davolash taktikasini aniqlashda nafaqat anatomiya va funkstiyaning tiklanishini, yana bemorlarni parvarish kilishni osonlashtirish hamda iloji boricha erta faollashtirish yo’lini tanlash kerak Ko’p sonli sinishlar bilan shikastlangan bemorlarning 40% - konservativ davolash turlari: skelet tortma, gipsli bog`lam bilan davolanadilar.

Kompressiya va distrakstiya qo`yuvchi moslamalar bilan osteosintez qilish, bemorlarni erta xarakatlantirish va faollashtirish imkonini beradi. Ikkita qo’shni segmentda shikastlanish sodir bo’lganda turg`un osteosintezning omuxta usuli qo’llanladi. Masalan, son va katta boldir suyaklari sinishi kuzatilganda son suyagi intramedullyar osteosintez qilinib, boldir sohasiga Ilizarov moslamasi qo’yiladi.

Uchinchi (reabilitatsiya) davri. Bu davr davolash immobilizastiyasi to’xtatilgandan so’ng boshlanib, davolash jismoniy tarbiyasi, fizioterapiya, sanatoriy-kurort davolash muolajalari va suzish yordamida bo’g’imlardagi xarakatni tiklashdan iborat bo’ladi.


2.2. Yangi pedagogik texnologiya:

«KIM KO’P? KIM TEZ?»o’yinini o’tkazish metodi.

Kerakli anjomlar:


  1. Mavzu bo’yicha savolli kartalar (kartalar xamma talabalarga yetishi va har birida 5 tadan savol bo’lishilozim)

  2. Sekundomer

Ish ketma-ketligi:

1 .O’yin og`zaki ko’rinishda o’tkaziladi.

2.Talabalar navbat bilan savolli kartalarni oladilar.

3. O’yinda hamma talabalar qatnashishi shart

4. Savollarga javob berish davomiyligi 3 daqiqa.

5. O’qituvchi tori berilgan javoblarni belgilab boradi

6. O’yinning davomiyligi 45 daqiqa.

7. To’ri javob berilmagan savollar muhokama qilinadi.

8.Talabalar quidagicha baholanadi:

Har bir savol uchun to’ri javob 20 balldan

1. 5ta to’gri javob uchun – 100 ball

2. 4ta tori javob uchun – 80 ball

3. 3 ta to’ri javob uchun - 60 ball

4. 2 ta to’ri javob uchun - 40 ball

5. 1 ta to’ri javob uchun – 20 ball

6. Olingan natijalar joriy bahoga qo’yiladi.

7. O’qituvchi o’quv jurnaliga o’yin o’tkazilganligi haqida belgilab qo’yadi
KIM KO’P? KIM TEZ? O’yini.


  1. Mehanik travma qanday turlarga ajratiladi?

Monotravma, politravma.

  1. Monotravma bu……?

1ta anatmo-funksional sigmentni jaroxatlanishi.

3. Ko’p sonli politravma bu…?

Ikki va undan ortiq anatomic-funksional a’zolarning shikastlanishi.

4. Politravma asoratlari…

Sinishlar natijasida magistral qon tomirlar va nervlarning shikastlanishi va h.k.

5. Ko’p sonli shikastlanish bu

Bir vaqtda 2 va undan ortiq azolarning shikastlanishi.

6. Omuxta shikastlanish bu…………?

Bir vaqtning o’zda turli omillar tasirida shikastlanish.
7. Qo’shilib kelgan shikastlanish bu Bir vaqtni o’zida 2 va undan ortiq bo’shliqlarda joylashgan ichki azolar va tayanchxarakat tizmining shikastlanishi.

9.Politravma uchun xarakterli…….

O’zaro boliqlik sindromi:qon ketish shokka olib keladi.bu bemor ahvolini og`irlashtiradi.

10. Politravma uchun xarakterli……

Davo nomutanosiblik holati: travmada narkotiklar ko’rsatma BMJ da qarshi ko’rsatma.

11.Politravma uchun xarakterli

0ir kasallik bo’lib umumiy qon ketishi, shok, toksemiya, trmbo- va yoli emboliya, UBS va h.k.

12.Politravma uchun xarakterli

Diagnostic xatolar: kranioabdominal travmada,umurtqa poonasi va qorin jarohatlarida va

boshqa aralash travmalarda klinik namoyon bo’lishga moyillik kuzatiladi

13. Politravmaning asosiy sabablarini ko’rsating...

avtotravma, balandlikdan yiqilish va h.k.

14. Oir politravmadan jarohatlanganlarni davolash qanday bosqichlarda olib boriladi?

reanimatsion, davolovchi, reabilitatsion

15. Politravmada nafas buzulishi nima bilan boliq…

Ko’krak qafasi travmasida(gemo-pnevmotoraks qovurlar sinishi)

16.Gemodinamik buzilishlar nima bilan boliq?
qon yo’qotish bilan.

17. Politravma bilan kelgan bemorga statsionarda bajarilishi kerak.

Diqqat va tez tekshirish, immobilizatsiya va gips boylamlarini tekshirish va kamchiliklarni to’rilash.

18.Nafas olish qiyinlashganda o’tkaziladigan choralar?

Og`iz bo’shlig`ini ko’rish: shilliqdan tozalash, qon, qusuq massasi, protez tishlardan tozalash kerak

19.Reanimatsiyada qanaqa chora-tadbirlar o’tkaziladi?

Shokga qarshi kurash

20.Ko’krak qafasini ko’rganda nimalarga etibor berish lozim.

Nafas ekskursiyasiga, jaroxat bor yoqligiga, jaroxatga havoso’rilishiga, bo’yin venasi bo’rtganligiga.

21.Gemotoraksda bajaris hlozim.

Plevra bo’shlini qondantozalash.

22.Pnevmatoraksda bajarish lozim?

Plevra bo’shlini xavodan tozalash.

23.Qaysi turdagi jaroxatlanishlar 1-gurux shoshilinch operatsiya talab qiladi?

Bemorlarni tez o’limiga olib keluvchi jaroxatlar.

24.Qaysi turdagi jaroxatlanishlar 2-gurux shoshilinch operatsiya talab qiladi?

Profus qon ketishsizva hafas olishi chuqur buzilgan bemor

25.Qaysi turdagi jaroxatlanishlar 3-gurux shoshilinch operatsiya talab qiladi?

Massiv qon ketishsiz tayanch harakat sistemasi og`ir jarohatlangan bemor
26. Qaysi turdagi jaroxatlanishlar 4-gurux shoshilinch operatsiya talab qiladi?

Qo’l va oyoqlarni travmatik shoksiz bir necha segmentidan singan bemor


27.Travmatik shokning 1-bosqich ko’satkichlari?

A/B 100 mm.sim.ust.puls 100/min.


28.Travmatik shokning 2-bosqich ko’satkichlari?

A/B 80-90 mm.sim.ust.puls 120/min.

29.Travmatik shokning 1-bosqich ko’satkichlari?

A/B 70-75 mm.sim.ust.puls 130/min.


30.Travmatik shokning 4-bosqichi uchun xarakterli xolat.

Terminal xolatdan klinik o’limga o’tish.


Baholash mezoni:


Maksimal ball 20-17,2

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball

a’lo

Yaxshi

o`rta

qoniqarsiz

yomon

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-36%

36% va undan kam



2.3 Mustaqil tayyorlanish uchun o`z-o`zini nazorat savollari.

  1. Politravma ko’rinishlari va klassifikatsiyasi?

  2. Politravma shikastlanishining mexanizmi?

  3. Politravma davolash usullari?

  4. Birlamchi tibbiy yordam nimadan iborat?

  5. Davolovchi gips bog`lam va skilet tortmalar qo’yishga ko’rsatma?

  6. Davolashda skelet tortma qo’yishga qarshi ko’rsatma?

  7. Sinishni davolashning rejaviy metodi qanday olib boriladi?



Baholash mezoni:


100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% ва ундан кам

10-8,6 а`lo

8,5-7,1-yaxshi

7-5,5-o`rta

5,4-3,7-qoniqarsiz

3,6 va undan kam yomon



3. Tahliliy qism

3.1 Grafikli organayzer:

3.1. Qo’shma shikastlar bo’yicha “T – jadval” diagrammasi chizmasi

T – jadval bitta konstepstiya (ma’lumot)ning jihati o’zaro solishtirish yoki ularni (ha/yo’q, ha/qarshi) uchun. Tanqidiy mushohada rivojlantiradi. T – jadval qoidalari tanishiladi. Yakka tartibda rasmiylashtiriladi. Ajratilgan vaqt oralig’ida tartibda (juftlikda) to’ldiradi, uning chap tomoniga sabablari yoziladi, o’ng tomoniga esa chap tomonda ifoda qarama – qarshi g’oyalar, omillar va shu kabilar. Jadvallar juftlikda (guruhda) taqqoslanishi to’ldirilishi. Barcha o’quv guruhi yagona T – tuzadi.




Qo’shma shikastlar

Monotravma

Ta’sir faktori bitta

Ta’sir faktori bitta

Ikki va undan ortiq tizim shikastlanadi

Bitta tizimda kuzatiladi

Shok holati bilan kechadi

Shok holati bo’lmasligi mumkin

Ikkilamchi asoratlar yuqori foizlarda kuzatiladi

Kam foizlarda bo’ladi

Gemodinamika korrekstiyaga muhtoj

Muxtojlik yo’q


Baholash mezoni:

Maksimal ball 15-12,9

12,75-10,65 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,55 ball

5,4-ball

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam


3.2.Nazorat uchun testlar va vaziyatli masalalar kompleksi .

1. Har xil faktorlardan olingan jarohatga nima deb aytiladi: mexanik, termik va radiastion.



A.Kombinirlashgan

B.Aralash

V.Ko’plab

G.To’g’ri javob yo’q

D.Hamma javob to’g’ri
2. Bitta anatomik maydonda ikki va undan ortiq ichki organlar jarohati nima deyiladi.

A.Kombinirlashgan

B.Aralasha

V.Ko’plab

G.To’g’ri javob yo’q

D.Hamma javob to’g’ri
3. Bir vaqtning o’zida ikki va undan ortiq anatomik maydondagi jarohatlar nima deiladi.

A.Kombinirlashgan



B.Aralash

V.Ko’plab

G.To’g’ri javob yo’q

D.Hamma javob to’g’ri


4. Travmatik shokda farqlanadi:

A.Erektil faza

B.Torpid faza

V. A va B

G.To’g’ri javob yo’q

D.Koma

5. Shokning torpid faza darajalari:



A.6

B.3


V.2

G.1


D.4
6. Shokning 2 darajasida sistolik AKB:

A. 100 mm Hg ust.



B.80 -90 mm Hg ust.

V.70 -75 mm Hg ust.

G.40mm Hg ust.

D.90mm Hg ust.

7. Kombinastiyalashgan jarohat deb ataladi:

A.2ta qo’l yoki oyoqning jarohati;

B.2 ta segmentning jarohati;

V.xar xil tashqi faktorlar ta’sirida olingan jarohat;

G.xar xil a’zolar sistemasining jarohati;

D.2 ta anatomo-funkstional soxaning jarohati;
8. Oyoq-qo’l yumshoq tukimalarining qisilishi ( Krash sindrom yoki SDR) qaysi holatda yuzaga keladi.

A. Oyoq yoki qo’lning og’ir predmet ostida bosilishida.

B.og’ir predmet urilganda

V.uzoq vaqt jgut kuyilganda (40 minutdan ortiq)

G.B. va V. to’g’ri

D.hamma javob to’g’ri.
9. Qo`shma jaroxatlarga quyidagilar kiradi

A. Ichki a’zolarning ikki va undan ko`p bo`shliqda jaroxati yoki ichki

a’zolarining tayanch-xarakat tizimi bilan birgalikdagi jaroxati

B. Ichkki a’zolarining ikki va undan ko`p bo`shliqda jaroxati

C. Xar xil jaroxatlovchi omillardan olingan shikastlanishi

D. 2 va undan ko`p anatomik strukturalarining bir segmentida jaroxati


10. Qaysi og`ir shikastlar bilan kelgan bemorlarni birinchi navbatda operatsiya qilish kerak.

A. Parenximatoz organlarining ko`p mikdorda qon ketishida

B. Qo`shma jaroxatlarda , profuziyasiz kon ketishida

C. Tayanch-xarakat apparati kup jaroxat sinishi bilan, kup kon ketmaganda

D. Kam segmentlar shikastlanganida, travmatik shoksiz


11. Qo`shma jaroxatlarni davolash nechta davrdan iborat?

A. Reanimastion, davolash, tiklanish,

B. Gospitalgacha bulgan davr

C. Gospital davr

D. Asoratlar davri

12 Politravmada, jarroxlik amaliyoti tezkorligi va hajmi bo`yicha jaroxatlanganlar nechta gruppaga bo`linadi?

A. 4

B. 3


C. 2

D. 5
Mavzuga oid vaziyatli masalalar.


1- vaziyatli masala.

Qabul bo’limiga bemor og`ir ahvolda olib kelingan. Anamnezda: bemor 5 metr balandlikdan yiqilib tushganligi aniqlandi. Obyektiv tekshiruvda es-hushi karaxt, savollarga aniq javob bermaydi, yorulikka qorachiq refleksi sust.A/V 80/60, puls 120 ta kuchsiz. O’ng son suyagida va chap boldir suyagida defarmatsiya aniqlandi. Qorin paypaslaganda qattiq.




  • Sizning taxminiy tashxisingiz.

  • Qanday yordam ko’rsatasiz?

  • Qanday qo’shimcha tekshiruvlar olib borasiz?

  • UASh taktikasi


2- vaziyatli masala.

Qabul bo’limiga sexda ishlaydigan ishchi olib kelindi. Anamnezda: 20 daqiqa oldin sexda gaz portlagani va uni tasirida 2- etajga tushib ketib jaroxatlanganli aniqlandi. Shikoyatlari:O’ng son suyagida,chap tovonda jaroxat va ko’krak qafasining oldingi yuqorigi qismida oriq borligi anqlandi. Obyektiv tekshirganda ko’krak qafasi va qorin devori oldini devorlari kuygan.o’ng tizza va chap oyoq tovon deformatsiyasi aniqlandi.




  • Sizning taxminiy tashxisingiz.

  • Qanday yordam ko’rsatasiz?

  • Qanday qo’shimcha tekshiruvlar olib borasiz?

  • UASh taktikasi


Baholash mezoni:


Maksimal ball 15-12,9

12,8-10,65 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,55 ball

5,4-ball

15-12,9 а`lo

12,8-10,65 yaxshi

10,5-8,25 o`rta

8,1-5,55 qoniqarsiz

5,4 va undan kam


100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam


4. Amaliy qism

4.1.Mavzuga oid manual ko’nikma:
Chap boldir suyagining ochiq sinishi, o’ng son suyagini yopiq sinishi, miya chayqalishi, bo’yin umurtqasi sinishiga shubha bo’lgan bemorga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
Amaliy ishning bajarilishi.

Maqsad: chap boldir suyagining ochiq sinishi, o’ng son suyagini yopiq sinishi,miya chayqalishi,bo’yin umurtqasi sinishiga shubha bo’lgan bemorga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish usulini o’rganish

Kerakli jihozlar: Valanter, kushetka, Kramer va Ditirexs shinasi, bint bog’lami.

Bajariladigan bosqichlar qadamlar:




№ bosqich

Muolaja

Bajarilmadi

To’liq bajarildi

1.

Narkotik analgetik yuborish.

0

20

2.

Chap boldir yarasiga aseptic boylam qo’yish.



0

20

3.

Shans yoqasi bilan bo’yin umurtqasini immobiizatsiya qilish.

0

20

4.

Ikkala oyoqni shinalar bila immobilizatsiyasi.

0

20

5.

Maxsus shifoxonaga bemorni transportirovkasi.

0

20




Jami




100



Baholash mezoni:



Makimal ball 40-34,4

34-28,4 ball

28-22 ball

21,6-14,8 ball

14,4 ball

a`lo

yaxshi

o`rta

qoniqarsiz

yomon


100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam





5. Bilim, ko’nikma va mahoratlarning nazorat shakllari

- Og’zaki javob

- Bahsda aktiv ishtirok etish- yozma javob natijalari

-Organayzer

-Test va vaziyatli masalalarini yechish

- Amaliy ko’nikmalarni bajarish

- OSKI savollari.

- Ko’rgazmali materiallar.



- Tarqatma materiallar.
5.1. Talabalar bilimi, ko`nikma va mahoratini baholashda qo`llaniladigan nazorat mezonlari




Baho

a`lo

yaxshi

o`rta

qoniqarsiz

yomon




O`zlashtirish % hisobida

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va undan kam

1.

1.1.

Nazariy qism:

Yangi pedagogic texnalogiya


20-17,2 ball


17-14,2 ball


14-11 ball


10,8-7,4 ball


7,2 ball

1.2.

Mustaqil uchun nazorat savollari


10-8,6 ball


8,5-7,1ball


7-5,5 ball


5,4-3,7ball


3,6 ball


2

2.1.

Tahliliy qism:

Organayzer


15-12,9 ball


12,75-10,65 ball


10,5-8,25 ball


8,1-5,55 ball


5,4 ball

2.2.

Тest

15-12,9 ball

12,75-10,65 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,55 ball

5,4 ball

3.

Аmaliy ko`nikma

40-34,4 ball

34-28,4

ball

28-22

ball

21,6-14,8 ball

14,4 ball


5.2 Politravma mavzusi bo`yicha talabalar bilmini joriy baholash mezonlari




O’zlashtirish % hisobida

Baho


Talabaning bilim darajasi

1

96-100%

A’lo

"5”


Politravma mavzusi bo`yicha savollarga to’liq va to’g’ri javob bera oladi. Javob dastur me’yoridanda yuqori, qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan holda yuqori sifatda va ijodiy yondoshgan holda berilgan. Mustaqil ravishda savolni tahlil qiladi va ijodiy fikrlaydi, xulosa qiladi.

Holatiy masalalarni eng yuqori darajada echadi. Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Masalalarni yuqori darajada tahlil qiladi. Mustaqil ishlarni to’liq va ortig’i bilan bajargan.

Amaliy ko’nikmalarni yuqori darajada va mustqil bajaradi.


2

91-95%

A’lo "5"

Politravma mavzusi bo`yicha savollarga to’liq javob beradi. Javob dastur me’yoridandan yuqori, qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan holda yuqori sifatda va ijodiy yondoshgan holda berilgan . Mustaqil ravishda savolni tahlil qiladi va ijodiy fikrlaydi, xulosa qiladi.

Holatiy masalalarni eng yuqori darajada echadi.Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Masalalarni yuqori darajada taxlil qiladi. Mustaqil ishlarni to’liq bajargan.

Amaliy ko’nikmalarni to’liq bajargan.


3

86-90%

A’lo

Politravma mavzusi bo`yicha savollarga to’liq, lekin 1-2 xatoliklar bilan javob berilgan. Mustaqil ravishda savolni tahlil qiladi. Holatiy masalalarni to’g’ri yo’nalishda, lekin bir qancha xatoliklar bilan yechadi Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Mustaqil ishlarni to’liq bajargan.

Amaliy ko’nikmalarni to’liq, lekin o’qituvchi ko’magida bajargan



4

81-85%


Yaxshi “4"


Politravma mavzusi bo’yicha savollarga to’liq, lekin 2-3 xatoliklar bilan javob berilgan. Javoblarni amaliyotda qo’llay oladi, savol mag’zini anglab yetadi, tassavurga ega.

Holatiy masalalarnito’g’ri echilgan, lekin mavzu darajasida etarli emas. Holatiy masalalarni echishda faol qatnashadi va to’g’ri yo’nalishda echadi.

Mustaqil ishlarni to’liq , lekin 1-2 ta kamchiliklar bilan bajargan

Amaliy ko’nikmalarni to’liq, lekin kamchiliklar bilan bajargan.



5

76-80%


Yaxshi “4"


Politravma mavzusi bo’yicha savollarga noto’liq javob berilgan. Talaba mavzuni biladi, ammo uni to’liq anglab yetmaydi.

Savol mag’zini tushinadi, javob beradi, tasavvurga ega. Interfaol o’yinlarda faol ishtrok etadi.

Holatiy masalalarni noto’liq echadi. Mustaqil ishlar etarli darajada bajarilmagan.

Amaliy ko’nikmalarni noto’liq, 2-3 ta xatoliklar bilan bajarilgan



6

71-75%



Yaxshi

“ 4”


Politravma mavzusi bo`yicha savolga to’g’ri, lekin noto’liq javob berilgan.Talaba mavzuni o’zlashtirgan, lekin savollarga to’liq javob bermaydi.

Savol mag’zini tushinadi, yetarli aniqlikda javob beradi, tasavvurga ega. Holatiy masalalarni noto’liq echadi. Mustaqil ishlar etarli darajada bajarilmagan, 3dan ortiq xatoliklar mavjud. Amaliy ko’nikmalarni noto’liq, 4 dan ortiq xatoliklar bilan bajarilgan.



7

66-70%

Qoniqarli “3”

Politravma mavzusi bo`yicha qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.

Talaba mavzuni o’zlashtirgan, lekin savollarga noto’liq,ba’zilariga javob beradi. Holatiy masalalarni to’g’ri echgan, lekin javob asoslanmagan. Mustaqil ishlar bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Mustaqil ishlar etarli darajada bajarilmagan, sifatsiz.

Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.


8

61-65%

Qoniqarli “3”

Politravma mavzusi bo`yicha qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.

Savollarga noto’liq, xatoliklar bilan javob beradi. Mavzuning ba’zi yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega, noaniq tushunchaga ega. Mustaqil ishlarni bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Mavzu asoslanmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.



9

55-60%

Qoniqarli “ 3”

Politravma mavzusi bo`yicha qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.

Savollarga noto’liq, xatoliklar bilan javob beradi. Mavzuning ba’zi yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega, noaniq tushunchaga ega. Holatiy masalalar va testlar noto’g’ri echilgan.

Mustaqil ishlar bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan, mavzu ochib berilmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.


10

50-54%

Qoniqarli “ 3”

Politravma mavzusi bo`yicha qo’yilgan savollarning 1/3 noto’liq va xatoliklar bilan javob berilgan.Talaba mavzuni bilmaydi va holatiy masalalar va testlar echilmagan. Interfaol o’yinlar xaqida tassavur va tushunchaga ega emas. Mustaqil ishlar noto’liq va kamchiliklir bilan bajarilgan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.

11

46-49%

Qoniqarsiz "2"

Politravma mavzusi bo`yicha qo’yilgan savollarning 1/4 noto’liq va xatoliklar bilan javob berilgan.Talaba mavzuni bilmaydi va holatiy masalalar va testlar echilmagan.Interfaol o’yinlarda mutloq ishtrok etmaydi. Mustaqil ishlar bajarilmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.

12

41-45%

Qoniqarsiz "2"

Politravma mavzusi bo’yicha 1/5 qo’yilgan savollarga javob beradi. Talaba mavzuni bilmaydi. Savollarga noto’liq va noto’g’ri javob beradi. Holatiy masalalar ko’plab xatoliklar bilan va noto’g’ri echilgan. Mustaqil ishlar qo’yilgan 1/5 masala bo’yichagina hal qilingan. Amaliy ko’nikmalar o’zlashtirilmagan, bajarilmaydi.

13

36-40%

Qoniqarsiz "2"

Politravma mavzusi bo’yicha 1/10 qo’yilgan savollarga, noto’g’ri yo’nalishda javob berilgan. Mavzuni bilmaydi, savollarga javobni almashtirib beradi. Mavzu mutloqo o’zlashtirilmagan, holatiy masalalar va testlar echilmagan. Amaliy ko’nikmalar o’zlashtirilmagan, umuman bajarilmaydi.

14

31-35%

Qoniqarsiz "2"

Politravma mavzusi bo`yicha savollarga mutloqo javob berilmaydi. Mavzuni bilmaydi. Holatiy masalalar va testlar echilmagan. Mustaqil ishlar va amaliy ko’nikmalar mutloqo bajarilmagan.


TMI- Qo`l-oyok periferik nervlari shikastlari va neyrogen deformasiyalar. Poliomielit.

Nazorat uchun savollar:

1. Qo`l-oyok periferik nervlari shikastlari turini aytib bering ?



2 Poliomielit turlarini aytib bering?

3. Qo`l-oyok periferik nervlari shikastlari sabablari?

4. Qo`l-oyok periferik nervlari shikastlari va neyrogen deformasiyalar. Poliomielit kuzatiladigan asoratlar?

6.Tavsiya etilayotgan adabiyotlar

  1. Юмашев Г.С. «Травматология и ортопедия» М., «Медицина» 1990. – 575с.

  2. Мусалатов Х.А. «Травматология и ортопедия» М., «Медицина» 1995. –530с.

  3. Мусалатов Х., Юмашев Г., Силин Л. «Травматология ва ортопедия» Т., «Iqtisod-Moliyа» 2007. –530с.

4. WWW.ejbjs.org WWW.jbjs org.uk WWW.traumatic.ru WWW.trauma.bd.ru

O’zRSSV sayti WWW.minzdrav.uz. TTA sayti - WWW.tma.uz. va kafedra sayti-E_mail: travmo_tma@mail.ru da keltirilgan mavzular bo’yicha ma’ruzalardan foydalanilgan
Download 368 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish