O’zbekiston respublikasi o’rta maxsus va oliy ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 247,89 Kb.
bet8/10
Sana14.07.2022
Hajmi247,89 Kb.
#797895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi O\'zbekiston tarixi Jumaboyev Lazizjonto\'g\'risi 3

3.2. IQTISODIY VA MADANIY HAYOT
Oʻzbekistonning sovet davri tarixi katta qurilishlar va sanoat korxonalari bunyod etilgan davrdir. Aynan shu davrda oʻzbek xalqi oʻzining fidokorona mehnati bilan OʻzSSRni Sharqdagi zamonaviy qishloq xoʻjaligi respublikasiga aylantirgan edi. Bu yillarda iqtisodiyot, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot sohalarida muayyan yutuqlarga erishildi.OʻzSSRda 1925—26 yillarda ishchilar soni 11 900 kishiga yetdi. Ularning 29,3% ni mahalliy millat vakillari tashkil etardi. Oʻzbekiston uchun sanoat qurilishini keng surʼatda jadallashtirish nihoyatda zarur edi. Chunki respublika iqtisodiyoti 20-asrning 30-yillari boʻsagʻasida ham agrar xususiyatga egaligicha qolayotgan edi. 1927 yilda OʻzSSR xalq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligining salmogʻi 62,6%, sanoatning salmogʻi 37,4% ni tashkil etar, shu bilan birga sanoat ishlab chiqarishning 90% qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan edi. 1928—1932 yillarda OʻzSSRda 289 ta sanoat korxonasi qurildi va ishga tushirildi, 79 ta korxona qayta tashkil etildi, sanoatning asosiy ishlab chiqarish fondlari 3 baravar, neft qazib chiqarish 2,5 baravar, metall ishlash sanoati mahsulotlari 6 baravar, sement ishlab chiqarish 3,5 baravar ortdi. Yengil sanoatning koʻnchilik, poyabzal ishlab chiqarish, tikuvchilik sohalari va ipgazlama ishlab chiqarish surʼatlari oshib bordi. Ana shu davrda Oʻrta Osiyoda paxtachilik mashinasozlik sanoatining toʻngʻichi boʻlgan "Tashselmash" va Quvasoy sement zavodi barpo etildi. "Chirchiqqurilish", Toshkent toʻqimachilik kombinati qurilishi tez surʼatlar bilan olib borildi. Fargʻona toʻqimachilik fabrikasi va yogʻ zavodi, Buxoro, Toshkent va boshqalar shaharlarda tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi.Sanoatning rivojlantirilishi energetika bazasini kengaytirishni talab qilardi. Fargʻona, Samarqand, Toshkent va boshqalar joylarda yangi elektr stansiyalari qurildi. 1932 yilda barcha elektr stansiyalarining soni 1928 yildagi 16 ta oʻrniga 49 taga yetdi, elektr quvvati ishlab chiqarish esa 7 baravardan ziyodroq oshdi. 1933—1937 yillarda OʻzSSRda barpo qilinadigan sanoat korxonalari respublikaga ancha manfaat keltirdi. Masalan, Chirchiqdagi azotli oʻgʻitlar zavodi va Toshkent toʻqimachilik kombinatini barpo etilishi Oʻrta Osiyo mintaqasida paxtachilikni rivojlantirdi. Umuman ikkinchi 5 yillik davrida 189 ta turli sanoat korxonalari va elektr stansiyalari barpo etildi. Ular orasida Fargʻonadagi yigirish-toʻqish fabrikasi, Xavdogʻ va Uchqizil neft konlari, Toshkent matbaa kombinati, Qoʻqon superfosfat zavodi, Buxorodagi issiqlik elektr stansiyalari, Qodiriya va Boʻrjar stansiyalari, Toshkent lak-boʻyoq zavodi va boshqalar bor boʻlib, ular nafaqat respublika, balkim Ittifoq ehtiyojlarini ham qondirgan. Urushdan oldingi uchinchi 5 yillik davri (1938—1942)da sanoat rivojlanishida siljish kuzatildi. Urushning boshlanishiga kelib, OʻzSSRda 134 ta sanoat korxonasi qoʻshimcha ravishda ishga tushirildi. Ular orasida Chirchiq elektr-kimyo kombinati, Toshkent toʻqimachilik kombinatining 2 navbati, Moʻynoqdagi yirik baliq-konserva zavodi bor edi. Chirchiq GES, Olmaliq mis eritish kombinati, Quvasoy GRESi, Tovoqsoy va Samarqand GESlarini qurish, Angrendagi koʻmir konini ishga tushirish jadal surʼatlar bilan bordi.Urush boshlanishi vaqtiga kelib respublikaning sanoat potenniali 1445 ta yirik va oʻrta sanoat korxonalarini hamda 19 mingta mayda korxonalarni oʻz ichiga olgan. Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi urush vositalarini va isteʼmol buyumlarini ishlab chiqaradigan tarmoqlar oʻrtasidagi nisbat jiddiy ravishda oʻzgardi. Yirik sanoat salmogʻi 1928 yildagi 16,3% dan 1940 yilda 32,8% ga koʻtarildi.Sanoatni kadrlar bilan taʼminlash jarayoni ziddiyatli xususiyatga ega boʻldi. Umuman, shiddatli industrlashtirish surʼatlari ishchilar va muhandis-texnik kadrlar bilan taʼminlashning miqdor jihatidan oʻsishiga obʼyektiv sharoit yaratdi. Masalan, yirik sanoatda ishchilar sinfining soni birinchi 5 yillikdagi 17,9 mingdan 62,4 ming kishiga yetdi yoki deyarli 3,5 baravar ortdi. 1937 yilga kelib sanoat ishchilarining umumiy miqdori 181 ming kishidan iborat boʻlgan.Sovet davlatining siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan yoʻqotishlar oʻrnini maʼmuriy-buyruqbozlik orqali majburlash va yuqoridan tashkil qilingan "sotsialistik musobaqa", "zarbdorlik", "staxanovchilik" va boshqalar bir qator ishchilar harakatlari vositasida "ommaning inqilobiy gʻayrat-shijoati"ni avj oldirish bilan qoplashga intildi.OʻzSSRda bolsheviklar partiyasi tomonidan 20-asrning 20-yillar oxiri — 30 yillar boshida amalga oshirilgan "madaniy inqilob" milliy madaniyatga oʻz hissasini qoʻshdi. 1929 yilda arab imlosiga asoslangan oʻzbek yozuvi lotin, 1940 yilda esa kirill imlosiga almashtirildi. Rus tili davlat va muomala tili sifatida oʻlkada rivojlandi. Sovet davrida qilingan harakatlar madaniyat sohasida yutuqlarga erishishga olib keldi. Savodsizlikni tugatish ishlari olib borildi, pedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlash maqsadida yangi maktablar, texnikumlar va institutlar ochildi. Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Zulfiya, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir kabi yozuvchi va shoirlar, Habib Abdullayev, Ibrohim Moʻminov, Obid Sodiqov, Yahyo Gʻulomov kabi olimlar, Olim Xoʻjayev, Razzoq Hamroyev, Shukur Burhonov, Lutfixonim Sarimsoqova, Halima Nosirova, Tamaraxonim kabi sanʼatkorlar yetishib chiqdi.


Download 247,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish