BAJARDI: 106-GURUH HAMZAYEVA G.
Tekshirdi: U.Shodiyev
ELEKTRON JADVALLARNI QAYTA ISHLASH
DASTURLARI
REJA
MICROSOFT EXCEL ELEKTRON JADVALINI YUKLASH VA UNING TUZILISHI.
JADVAL KATAKLARI USTIDA AMALLAR BAJARISH
MICROSOFT EXCEL ELEKTRON JADVALINING IMKONIYATLARI
MICROSOFT EXCELDA MATEMATIK FORMULALAR BILAN ISHLASH 5 MICROSOFT EXCELDA DIAGRAMMALAR HOSIL QILISH
6 MICROSOFT EXCEL DA RASMLAR BILAN ISHLASH
Jadval ko’rinishidagi hujjatlar ixtiyoriy tipdagi korxonada hujjat aylanishining katta qismini tashkil qiladi. Shuning uchun elektron jadvallar iqtisodiy axborot tizimlarini yaratish va ishlatishda juda katta ahamiyatga ega. Elektron jadvallarni yaratish, hisobga olish, saqlash, taxrir qilish, ishlov berish va ularni chop etilishini amalga oshiruvchi dasturiy vositalar majmuasini jadval protsessori deb atash qabul qilingan. Elektron jadval komp’yuter xotirasida joylashgan ikki o’lchamli massivning satrlari va ustunlarini o’zida ifodalaydi.
Super Calc, Visi Calc, Lotus, Quattro Pro kabi jadvallar protsessorlari dunyoda keng tarqalgan bo’lib, ularning bir necha versiyalari mavjud. Windows operatsion tizimida ishlatish uchun Exsel protsessori yaratilgan. Unda ishlash texnologiyasi Windows tizimining ixtiyoriy tadbiqlaridagi WIMP interfeysiga asoslangan.
Jadval protsessorlari ko’plab moliyaviy va ma’muriy masalalarni echish imkonini beradi. Masalan, oylik maoshni hisoblash va boshqa hisobga olish masalalari: sotuv hajmini, bozor o’sishini, daromadlarni bashorat qilish; foyz stavkalari va soliqlarni tahlil qilish; moliyaviy deklaratsiyalar va balans jadvallarini tayyorlash; sotish hajmini va strukturasini hisobga olish uchun hisobchi daftarini yuritish; smeta kal’kulyatsiyasi; pul cheklarini hisobga olish; byudjetga va statistikaga oid hisoblashlardir.
Microsoft Excel dasturi quyidagicha ishga tushiriladi:
Bosh menyudan «Programmi» tanlanadi;
Chiqqan menyudan Microsoft Excel tanlanadi;
Natijada dastur o’z ishini boshlaydi va uning ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
Microsoft Excel elektron jadvalini ikki o’lchovli jadval ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Unda qatorlar natural sonlar bilan (1,2,3, …65536), ustunlar lotin alifbosi harflari (A,B,C…AA,AB,…IB) kabi belgilanadi. Xar bir katak o’z koordinatasiga ega. Yuqoridagi rasmga e’tibor bering, A1 katagi ajratib ko’rsatilgan. Bu katakning koordinatasi 1-qator, A-ustun xisoblanadi.
Asosiy menyu
Asosiy menyudagi xar bir sarlavhada ma’lum funktsiyalar joylashtirilgan. Ular pastga ochiluvchi kichik menyular ham deb ataladi. Pastga ochiluvchi kichik menyular yana kichik menyularga bo’linadi. Misol tariqasida «vstavka» qo’yish kichik menyusini qarab chiqaylik.
Bundan tashqari barcha buyruqlarni bajaruvchi tezkor tugmalar yoki piktogrammalar panellari mavjud. Bular instrumentlar panellari deyiladi. Instrumentlar panellarida quyidagilar mavjud.
Standart piktogrammalar guruhi
Formatlash piktogrammalari guruhi
Boshqarish piktogrammalari guruhi
Diagrammalar chizish piktogrammalari guruhi
Turli figuralarni chizish piktogrammalari guruhi
Bulardan tashqari yana bir qancha piktogrammalar guruhi mavjud.
Ushbu rasmda keltirilgan ro’yxatdagi tanlangan piktogrammalar guruhi nomi qarshisida belgi qo’yilgan guruhlar bilan yuqorida tanishdik.
Shuningdek, Visual Basic, Web, WordArt, «Almashishlar buferi», «Tashqi qiymatlar», «Tasvirlarni rostlash», «Retsenziyalash», «Umumiy jadval tuzish» kabi piktogrammalar guruxlari nomini ko’ramiz. Ro’yxatning eng so’ngidagi
«Nastroyka» rostlash sarlavhasi xar bir guruh uchun yangi piktogrammalarni qo’shish va olib tashlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |