Mustaqil tayyorlanish uchun nazorat savollari:
1. K.D.Ushinskiy qachon va qaerda tug‘ilgan, qachon vafot etgan?
2. Xalqchillik g ‘oyasi nima? U nimaga tayanadi?
3. Ona tili va xalq madaniyati uyg'unligi.
4.
Ushinskining fizologiya va psixologiyaga bo4lish munosabatini tu-
shuntiring.
5. Bolalarni axloqiy tarbiyalash usullari va vositalari Ushinskiy talqinida.
6. Axloqiy tarbiyaning zaruriy sharti nima?
7.
Ushinskiy ta’limotida o ‘yinning maktabgacha bolalar hayotidagi
o 4rnini izohlang.
8. 0 4yinchoqlarning tarbiyaviy ahamiyati.
9. Tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan talablar.
10. Oila tarbiyasining asosiy mohiyati va huquqi.
11. Ushinskiyning dars va o'qitish usullarini izohlang.
12. Ushinskiy ta’limning o'zgarmas qonuni deb nimani biladi?
13. Ushinskiyning tarbiya san’ati haqidagi fikrlarini izohlang.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.
A. Zunnunov va
boshqalar. Pedagogika tarixi. — Т.: «Sharq», 2000.
2.
A. Zunnunov
va boshqalar. 0 ‘rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan
lavhalar. — Т.: «Fan», 1996.
3. Pedagogika tarixi / M.F.Shabaeva tahriri ostida. — Т.: « 0 ‘qituvchi»,
1985.
4.
K.
Hoshimov,
S.
Nishonova
. Pedagogika tarixi. — Т.: Alisher
Navoiy nomidagi 0 ‘zbekistan Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.
129
17-mavzu:
IQTISODIY RIVOJLANGAN XORIJIY
DAVLATLARDA TA’LIM TIZIMI (AQSH VA
YAPONIYA MISOLIDA)
Reja:
1. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlkatalardagi ta ’lim tizimi
tasnifl.
2. AQShda ta ’lim tizimi va uning o ‘ziga xos xususiyatlari
3. T a’limni «tabaqalshtirish» usullari
4. Yaponiya ta ’limining shakllanishi va uning o ‘ziga xos
xususiyatlari
5. Yaponiyada o ‘qituvchi kadrlar tayyorlash masalasi
Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta ’lim-
tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilgan
muvaffaqiyatlarni o'rganish orqali biz mustaqil 0 ‘zbekistonda
milliy ta ’lim tizimlarini yangidan tashkil qilishda boy manbalarga
ega bolamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi
va manfaatlari aks etib turishi kerak.
Bugungi ta ’lim tizimlarimizda, chet ellarda o ‘quv tarbiya
ishlarining yo‘lga qo‘yilishiga e’tibor va qiziqish tez sur’atlar bilan
o ‘sib bormoqda. Xalq ta ’limi muassasalarida chet el ta ’limini
o ‘rganish bilan sh u g ‘ullan u v ch i m uassasalar ham tashkil
topmoqda. Chet el ta ’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni
voqif qilishda BMTning 0 ‘zbekistondagi vakolatxonasi, elchixo-
nalar AQShning Tinchlik korpusi mutaxassislari, YuNESKO va
Y uN ISEFning vakolatxonalari va boshqa ko‘plab tashkilotlar
yaqindan yordam bermoqdalar. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda
ta ’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. 0 ‘quv
jarayonini tabaqalashtirib olib borish bo‘yicha AQShda juda ko‘p
tadqiqotlar olib borilmoqda. AQSh tizimidagi bunday ibratli
jihatlarni Vatanimiz ta ’lim tizimlarida qo‘llash yosh, mustaqil
R espublikada o ‘quv-tarbiya ishlarini isloh qilish jarayonini
tezlashtiradi.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |