Ozbekiston respublikasi oliy va



Download 7,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/175
Sana09.07.2022
Hajmi7,4 Mb.
#760025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI Алихонов

M uallif


I bob
UMUMTA’U M M АКТAB LARI DA MATEMATIKA
0 ‘QITISH MASALALARI
l- § . Matematika o ‘qitish metodikasi predmeti
M atem atika so‘zi qadimgi grekcha — 
mathema
so‘zidan olingan 
bo‘lib, uning m a’nosi «fanlarni bilish» demakdir. M atem atika fanining 
o'rganadigan narsasi (obyekti) materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy 
formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iborat. Hozirgi 
davrda m atem atika fani shartli ravishda ikkiga ajraladi:
1
) elem entar matematika, 
2
) oliy matematika.
Elem entar matematika ham mustaqil mazmunga ega b o ‘lgan fan 
b o ‘lib, u oliy matematikaning turli tarm oqlaridan, ya’ni nazariy arif- 
metikadan, sonlar nazariyasidan, oliy algebradan, m atem atik analizdan 
va geometriyaning mantiqiy kursidan olingan elem entar m a’lum otlar 
asosiga qurilgandir.
Oliy m atem atika fani esa real olamning fazoviy formalari va ular 
orasidagi miqdoriy munosabatlarni to ‘la ham da chuqur aks ettiruvchi 
m atem atik qonuniyatlam i topish bilan shug‘ullanadi.
Elem entar matematika fani maktab m atem atika kursining asosini 
tashkil qiladi. M aktab m atematika kursininng maqsadi o ‘quvchilarga 
ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda m atem atik 
bilim lar sistem asini m a ’lum usul (m etodika) orqali o ‘quvchilarga 
yetkaziladi. (M etodika so‘zi grekcha so‘z b o ‘lib, «уо‘1» degan m a’noni 
anglatadi.) M atematika metodikasi pedagogika va didaktika fanining 
asosiy bo'lim laridan biri bo‘lib, jamiyatimiz taraqqiyoti darajasida ta ’lim 
maqsadlariga mos keluvchi matematikani o ‘qitish, o'rganish qonuniyat- 
larini o'rganadigan mustaqil fandir.
M atematika metodikasi ta ’lim jarayoni bilan bog‘liq b o ‘lgan quyidagi 
uch savolga javob beradi:
1. N im a uchun matematikani o'rganish kerak?
2. M atem atikadan nimalarni o ‘rganish kerak?
3-t M atem atikani qanday o ‘rganish kerak?
, Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib, shveytsa- 
riyalik pedagog-matematik G. Pestalotsining 1803-yildayozgan «Sonni 
ko‘rgazmali o ‘rganish» asarida bayon qilingan. XVII asming birinchi
5


yarm idan boshlab m atem atika o ‘qitish metodikasiga doir masalalar 
bilan rus olimlaridan akademik S.E. Gurev (1760—1813), XVIII asrning 
birinchi va ikkinchi yarmidan esa N .I. Lobachevskiy (1792—1856),
I.N. Ulyanov (1831-1886). L.N. Tolstoy (1828—1910) va atoqli metodist- 
m atem atik S.I.Shoxor-Trotskiy (1853—1923), A.N. Ostrogradskiy va 
boshqalar shug‘ullandilar va ular m atem atika faniga ilmiy nuqtayi 
nazardan qarab, uning progressiv asoslarini ishlab chiqdilar. Masalan, 
A.N. Ostrogradskiy «Ong kuzatishdan keyin paydo bo‘ladi, ong real, 
mavjud olamga asoslangan» deb yozgan edi.
G eometriya rnctodikasidan materiallar (М атериалы по методике 
геометрии, 1884-yil, 
8
-bet.).
Keyinchalik matematika o'qitish metodikasining turli yo‘nalishlari 
bilan N.A. Izvolskiy, V.M. Bradis, S.E. Lyapin, I.K. Andronov, N.A. Gla­
goleva, I.Ya.Dempinan, A.N. Barsukov, S.I. Novoselov, A.Ya. Xinchin, 
N .F. Chetveruxin, A.N. Kolmogorov, A.I. Markushevich, A.I. Fetisov 
va boshqalar shug'ullandilar. 
^
1970-yildan boshlab maktab matematika kursining m azmuni yangi 
dastur asosida o'zgartirildi, natijada uni o ‘qitish metodikasi ham ish­
lab chiqildi. Hozirgi dastur asosida o ‘qitilayotgan maktab matematika 
fanining metodikasi bilan professorlardan V.M. Kolyagin, R.S. C her­
kasov, P.M . Erdniyev, J. Ikramov, N. G ‘aybullayev, T. T o‘laganov, 
A. A bduqodirov va boshqa m etodist olim lar shug'ullanganlar va 
sh u g 'u llanm o qdalar. M atem atika o 'q itish m etodikasi pedagogika 
universitetlarining III—IV kurslarida o ‘tiladi. U o ‘zining tuzilishi xusu- 
siyatiga ko‘ra shartli ravishda uchga bo‘linadi.

Download 7,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish