O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Dastur Etika xaqidagi tushuncha, oshpazlarni etikasi, odamlar bilan muloqat, ritorika qonuni va maslahatlari , to‘qnashuvlardan chiqib ketish, madaniyatning xilma-xilligi kabi ruknlarga bo‘lingan bo‘lib, har bir ruknga o‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyati va ko‘nikma imkoniyatlarini hisobga olgan holda, “Kasb etikasi va psixologiyasi” ning eng muxim mavzulari tanlab kiritildi.Mazkur dastur asosida yaratiladigan darslik va o‘rganiladigan mavzular talaba kamolotida asosiy vosita hisoblanib, ular orqali kasbiy ko‘nikma, malaka, amaliy ko‘nikmalar rivojlantiriladi va quyidagi natijalarga erishiladi:
-Etika haqida har bir talabaning o‘z xulosasi bo‘lishiga e’tibor qaratiladi;
-Kasbiy etikaning talablari orqali mas’uliyatni his qilishga, shu orqali kasbini tanishga o‘rgatiladi;
-o‘rganiladigan mavzu kommunikatsiya vositalari qanchalik ahamiyatga ega ekanligini anglatiladi;
-o‘rganishga berilgan ritorika talabalarlarning o‘zaro muloqatdagi mas’uliyatini, xis-tuyg‘ularini va e’tiqodining shakllanishi, kengayishini ta’minlashga qaratiladi. Shu orqali talabalarda o‘z xatti- harakatiga baho bera olish, o‘z-o‘zini anglash, o‘zgalarni tushunish, atrof-muhitga, atrofdagi odamlarga nisbatan e’tibor, insoniylik qadr-
qimmatini anglash va hurmat qilish hissi rivojlantiriladi va burch mas’uliyati shakllantirib boriladi.
|
Bilimlar
|
-Kasb etikasi va psixologiyasi to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar;
-Umumiy ovqatlanish korxonalarida kasb etikasi va psixologiyasi;
-Umumiy ovqatlanish korxonalarida xodimlarning ruhiyatiga ta’sir qiluvchi omillar;
-Hulq va ahloqiy norma ko‘rsatkichlari;
-Ishbilarmon odamlarning etik tamoyillari va me’yorlari;
-Mijozlarning turlari.Odamlar bilan muomala madaniyati;
-Nutq mahoratini egallash bo‘yicha maslahatlar;
-Odamlar bilan muomala qilishni bilish;
-Kommunikatsiya va verbal kommunikatsiya, ritorika haqidagi tushunchalar;
-Elektron yozishuvi etikasi;
-Telefon suhbatlarini olib borish etikasi;
-To‘qnashuvlar va ularni bartaraf etish yo‘llari;
-Madaniyatlarning hilma-xilligi;
|
Ko‘nikmalar
|
-Umumiy ovqatlanish korxonalarida ishchi xodimlarning va rahbarlar
o‘rtasidagi muomila madaniyatini shakllantirish;
-Mijozlarni kutib olish va ularga hizmat ko‘rsatish;
-Muomala madaniyatiga ega bo‘lish va uni qo‘llay bilish;
-Nutq mahoratini egallash;
-Kasbiy terminlarni to‘g‘ri ishlatish;
-Asabiy holatda o‘zini boshqara olish;
-Vaziyatga qarab kiyinish madaniyati va o‘zini tutish;
-Tahlil va tahmin qilish, natijalarni umumlashtirish;
-Turli mamlakatlarni madaniyatlarini o‘rganish;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |