Kerakli asbob va materiallar: Darslik va o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matni, daftar, ruchka, qalam, o’chirg’ich, xarita, boshlang’ich sinf darsliklari, videoproektor, monitor,ko’rgazmalar.
Topshiriqlar.
1. Tajriba o’quvchilarning mustaqil ishlashlarida yetakchi omillardan biri ekanligini tushuntiring.
2. O’quvchilarning mantiqiy fikrlarini rivojlantirishda tajriba-amaliy ishlarning ahamiyatini yoritib bering.
3. Tabiatshunoslik darslarida tajriba va o’quv tajriba maydonchasida o’tkazilgan amaliy ishlar natijalaridan foydalanishning metodik" xususiyatlari haqida ma'lumotlar tayyorlang.
4. 3-sinfda tirik tabiat burchagida yoki o’quv-tajriba maydonchasida o’simliklarni o’stirish bo’yicha tajriba rejasini tuzing.
5. 4-sinfda amaliy ishlar, tajribalar, ularni tashkil etish va o’tkazishning metodik xususiyatlarini tahlil qiling.
Savollar
I. Boshlang’ich sinflarda tajriba va amaliy darslar qanday ahamiyatga ega?
2. Tajriba deb nimani tushunasiz?
3. Tajriba — tabiatshunoslikni o’qitishning yetakchi uslubi ekanligi haqida nitna deya olasiz?
4. Oddiy tajribalarga nimalar kiradi?
5. Murakkab tajribalarga-chi?
6. Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari tizimidagi amaliy ishlar qanday ahamiyatga ega?
7. Amaliy uslublarning turlariga nimalar kiradi?
8. Amaliy ishlarga tayyorlanishning qanday bosqichlarini bilasiz?
9. Amaliy ishlaming asosiy turlari nimalardan iborat?
10. Sinfdagi amaliy mashg’ulotlarning ahamiyati va ularni olib borish tartibi haqida qanday fikrdasiz?
11. Amaliy ishlarni bajarishda o’qituvchining vazifalari nimalardan iborat?
12. Ekskursiyalarda amaliy ishlar va ularning bajarilishi, ahamiyati haqida nima deya olasiz?
13. Eksperiment nima va uning qanday turlari bor?
Tayanch iboralar: Tajriba, tabiatshunoslikni o’qitishda tajriba, sinfdagi amaliy mashg’ulotlar, ekskursiyalar, eksperiment.
17.AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: 1-2- sinflarda “Аtrofimizdagi olam” darsligini o’qitish metodikasi.(6-soat)
1 va 2 sinfning atrofimizda olam o‘quv dasturidan o‘rin olgan atrof olam predmetlari ularning xususilatlari, tevarak-atrof bilan tanishish, tabiat va odamlar meshnatidagi mavsumiy o‘zgarishlar kabi mavzular, vaqt taqsimoti, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar. 1- sinfda tabiatshunoslik materialini o’rganish metodikasi.O’quvchilar tabiatshunoslikni alohida predmet sifatida o’rganmasdilar, balki kuzatish va ekskursiyalar vaqtida, shu-ningdek, “O'qish kitobi”ga kiritilgan matnlar orqali tabiatshunoslik materiali bilan tanishar edilar. 1986- yildan boshlab, 1- sinf o’quvchilari yangi o’quv predmeti — “Atrofimizdagi olam”ni o’rgana boshladilar. Bu o’quvchilar bilan ilk mashg’ulotlardan boshlab, ya'ni savod o’igatishning alifbe davridayoq o’qituvchi o’quvchilar e'tiborini o’z joyidagi tabiat obyektlarini o’lka-shunoslik yo’nalishida kuzatishlariga qaratadi. Kuzatishlar ikkinchi yarim yillikda o’qish va nutqni rivojlantirish bilan parallel holda olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi
Vaqti
|
2-soat (80-daqiqa)
|
Mashg’ulot shakli
|
Amaliy
|
Mashg’ulot vositasi
|
Shaqiriq, munozara, muammoli izlanish
|
Ta’lim vositasi
|
Proyektr, darslik, ma’ruza matni
|
Dars bosqichlari
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
|
1-bosqich Kirish (5-daqiqa)
|
1.Mashg’ulotning tashkiliy qismi amalga oshirilad, mavzu, rejasi uy vazifasi va topshiriq e’lon qilinadi
|
.Eshitadi, yozadi, javob beradi
|
|
2-bosqich Asosiy bosqich(70-daqiqa)
|
1.Mazu haqida tushuncha beriladi.Тезкор сўров техникaсини қўллaб, тaлaбaлaр билимлaрини фaоллaштирaди
2. Mavzu yuzasidan misollar, savol-javoblar keltirilib izohlanadi. Uyga berilgan topshiriq tekshiriladi, mustahkamlanadi.
3. Chaqiriq uslubida amaliy mashg’ulotda o’rganilgan amaliy bilimlarni savol-javob orqali aniqlanadi
|
Bajaradi, yozadi, ma’lumot oladi, javob beradi, bilib oladi, mustaxkamlaydi.
|
|
3-bosqiq Yakuniy bosqich(5-daqiqa)
|
1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarini e’lon qilish, uyga vazifa berish, mashg’ulotga yakun yasash
|
Yozadi, topshiriq oladi,baho oladi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |