O`zbekiston respublikasi oliy va


MBBT funksional imkoniyatlari



Download 180,89 Kb.
bet4/4
Sana22.01.2022
Hajmi180,89 Kb.
#399140
1   2   3   4
Bog'liq
971-19 Qurbanov Elmurod Malumotlar bazasi

4. MBBT funksional imkoniyatlari

Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishini taqozo qiladi. Informatsion texnologiyalarda axborotlarni kompyuterlarda qayta ishlash kun sayin rivojlanmoqda va jamiyatning barcha jabhalariga kirib bormoqda. Shu bois, kompyuterda ma’lumotlarnining saqlanishi va u bilan bog’liq bilimlarga ega bo’lish muhim hisoblanadi.

Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so’ngra undan keyin foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda. Kompyuterdagi Ma’lumotlar - Ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Ular maxsus dasturlar - Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yordamida boshqariladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – (MBBT-DVMS-Data Base Management System) Ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash hamda boshqarish haqidagi universal dasturlar vositasidir.

Ma’lumotlar bazasi (MB-DV-Data Base) Ma’lum bir sohaga tegishli bo’lgan Ma’lumotlar to’plamidir. Ma’lumotlar bazasi MBBT orqali qayta ishlanadi. Bugungi kunda ma’lumot (berilgan)lar muhim hayotiy milliy resurslar sifatida qo’llaniladi. Bu resurslarii shunday tashkil etish lozimki, unan foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Shunday qilib, Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularii ma’lum bir texnologiya asosida yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim muammo hisoblanadi. Bu muammoni yechishga harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Bu texnologiyaning asosini Ma’lumotlar bazasi(MB) va banklari(MBn) tashkil etadi. Ma’lumotlar bazasi va banklaridan foydalanish o’zaro bog’langan ma’lumotlar to’plamlariga kirishni, ulardan foydalanish hamda ishlashni avtomatlashtiradi, ma’lumotlarni yangilash, keraksiz bo’lganini yo’qotishni avtomatlashtirishni ta’minlaydi.

Ma’lumotlar bazasini normal ishlatish uchun u quyidaga xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:

1. MB dagi ma’lumotlarning bir nusxali bo’lishi. Aks holda xotirada saqlanadigan ma’lumotlar ikki nusxada bo’ladigan bo’lsa, bu qarama-qarshilikka olib keladi.

2. Ma’lumotlarni birgalikda ishlata olish imkoni, ya’ni MB ga ko’p foydalanuvchilar yoki ko’pgina dasturlar tomonidan murojaat qilish imkoni bo’lishi kerak.

3. MB ni kengaytirish imkoni, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritish va MB tarkibiga yangi ob’ektni kiritish imkoni bo’lishi kerak.

4. MB bilan ishlash qulayligi, ya’ni MB ning tarkibi dasturlovchi va foydalanuvchi uchuny oddiy, tushunarli shaklda bo’lishi kerak, bu MB ustida bajarilayotgan amallar oddiy ko’rinishga ega bo’lishi kerak.

5. MB ga effektiv murojaat qilish vaqti qancha kam bo’lsa, MB bilan ishlash unumdorligi shuncha yuqori bo’ladi.

6. MB ning o’zaro mosligi, ya’ni ma’lumotlarning fizikaviy saqlanganligi va mantiqiy mosligi (ma’lumotlar bir-biriga mantiqiy qarama-qarshi bo’lishi mumkin emas) hamda ma’lumotlarning faolligi.

Ma’lumotlar banki (MBn) deb, ma’lumotlarni markazlashtirgan tartibda yig’ish va kollektiv tarzda undan foydalanishni ta’minlovchi dasturlar, til hamda tashkiliy vositalar tizimiga aytiladi. MB ning komponentalariga MB va MBBTlari kiradi. MBn istalgan ma’lumotlar to’plamiga tegishli bo’lishi mumkin, jumladan, mustaqil fayllar, MB va axborot qidiruv tizimlari.

MB larni keng miqyosda ishlatilishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi:

- operativligi bilan (ma’lumotlarga tez va operativ kirish imkoniyati bilan);

- qulayligi bilan (istalgan talabga javob ola olishligi, ma’lumotlarni takomillashtirish va o’zgartiruvchi effektiv usullarning mavjudligi);

- himoyalanganligi va yaxlitligi bilan ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish mumkin emasligi hamda EHM texnik vositalarning nosozligidan himoyalanganligi.



Xulosa

Ba'zan, MB ishlatilishi samaradorligini oshirish maqsadida uning tuzilishi ham o`zgartirilib turiladi. Bu holda MB ning iеrarxik va tarmoqli modеllari vujudga kеladi.



MB ni tashkil qilish, uni to’ldirish, nusxasini olish kabi vazifalarni bajarish uchun maxsus dastur ta'minoti bo`lishi lozim. Bunday dastur ta'minoti MB (yuqorida qayd qilganimizdеk) dеyiladi. Mazkur tizimlar bir vaqtning o`zida bir nеcha foydalanuvchiga xizmat ko`rsata oladi, ya'ni ma'lumotlardan bir vaqtda bir nеcha kishining foydalanishi mumkin. Bunday MB larni tashkil qilishda yuqori darajadagi dasturlash tillari: Qipper, Paradox, FoxPro lar mavjud. Bu MB lardan Windows muhitida ishlash imkoniyatiga ega Microsoft Works 3.0, yangi tеxnologiya asosida ishlay oladigan «kliеnt - server»-SQL Windows Solo kabilarni kеltirish mumkin. Ammo, bu tillarda ishlab chiqilgan MB juda qimmat bo`lgani uchun Microsoft firmasi Microsoft Office tarkibida (kichik va o‘rta biznеs xodimlari uchun juda qulay bo`lgan va birmuncha arzon) Microsoft Access (Access 2.0 va Access-9x) ni ishlab chiqib amaliyotga tadbiq qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. M.M. Aripov, J.O’. Muhammadiyev. Informatika, information texnologiyalar. Toshkent 2005- y.

  2. Б.Ю. Ходиев, А.А. Мусалиев, Б.А. Бегалов. Введение в информационные системы и технологии -Учебное пособие. Т. -«ТГЭУ» 2002.-156с.

  3. Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik S.S.G‘ulomov umumiy tahriri ostida. Darslik. T.: Iqtisodiyot, –2009.

Download 180,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish