O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
QURILISH – TEXNOLOGIYA FAKULTETI
Kimyoviy texnologiya
kafedrasi
M.Abdullayev, B.Xayitov,
Qurilish kimyosi fanidan
laboratoriya mashg`ulotlari o`tkazish uchun
USLUBIY KO`RSATMA
Namangan – 2018
Qurilish kimyosi fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish bo’yicha 5340200–Bino va inshootlar qurilishi (sanoat va fuqaro binolari), 5340300-SHahar qurilishi va ho’jaligi, 5340400-Muhandislik kommunikatsiyalarini qurilishi va montaji (Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya), 5340500-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun uslubiy ko’rsatma Namangan muhandislik-qurilish instituti Kimyoviy texnologiya kafedrasining 2018 yil “___”_________dagi majlisida ma’qullangan (bayonnoma № ____) va NamMQI uslubiy kengashining 2018 yil “___” avgustdagi majlisida ko’rib chiqilgan va chop etish uchun tavsiya etilgan (bayonnoma № ___).
-
Taqrizchi:
| |
|
| Sattarov T. |
NamDU Umumiy kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.n.
|
|
|
So`z boshi
Respublikamizda ham keng miqyosdagi ilmiy, amaliy, ta`lim-tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, «Ta`lim to`g`risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning ikkinchi sifat bosqichida mamlakatimiz ta`lim tizimida yuqori samarali innovatsion ta`lim texnologiyalarini o`zlashtirish va ularni amalda qo`llash jadal suratda amalga oshirildi hamda keyingi bosqichda ta`lim tizimini yanada mukammal rivojlantirish ustida ishlar olib borilmoqda. Bu albatta pedagoglar tayyorlash jarayonida ham ustivor vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki tayyorlanayotgan kadrlarning kasb-mahorati va bilim saviyasining yuqori darajada bo`lishi talab etiladi, bu esa kelajakda, maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlanayotgan oliy ta`lim bitiruvchilarining rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko`rsatishlarini taqazo etadi. Ayniqsa, atrof muxit muhofazasi, transport, qurilish, qishloq xo`jaligi kabi ta`lim yo`nalishlarida talabalarga kimyo fannidan o`tilgan ma`ruzalavrni laboratoriya mashg`ulotlari asosida mustaxkamlash kelajakda ularda tadqiqot o`tkazish, ijodiy fikrlash ko`nikmalarini hosil qiladi.
Ushbu uslubiy ko`rsatma kimyo fani bo`yicha o`kuv yuklamasida 38 soatlik laboratoriya darslari bo`lgan barcha ta`lim yo`nalishlarining amaldagi dasturlari asosida tayyorlangan bo`lib, undagi har bir laboratoriya ishi mavzusiga tegishli qisqa nazariy ma`lumotlar, ishni bajarish uchun kerakli asbob va uskunalar, shuningdek kerakli reaktivlarni tegishli tartibda ajratilgan holda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |