O`zbekiston respublikasi oliy va


“Budjet kodeksi”, 6-modda



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/229
Sana18.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#386224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

“Budjet kodeksi”, 6-modda.

 


 

 

11 



      

 

timsolida)  qatnashadi.  Ikkinchidan,  bu  munosabatlar  umumdavlat  ehtiyojlarini 



qondirishga  mo’ljallangan  markazlashgan  pul  mablag’lari  fondining  shakllanishi 

va ishlatilishi bilan bog’liq. 

Budjet  munosabatlari  juda  xilma-xildir,  chunki  ular  ko’p  pog’onali  va 

kengqamrovli  taqsimlash  jarayonining  turli  yo’nalishlarida  (iqtisodiyot  sektorlari, 

ijtimoiy  faoliyat  sohalari,  mamlakat  hududlari  o’rtasida)  sodir  bo’ladi.  Bu 

munosabatlar ob’ektiv xarakterga ega, chunki har yili davlat ixtiyorida: 

 

kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun; 



 

mamlakat fuqarolarining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun; 



 

mudofaa vazifalarini xal etish uchun; 



davlat  boshqaruvining  umumiy  xarajatlarini  qoplash  uchun  zarur  bo’lgan  milliy 

daromadning bir qismi to’planishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, davlatning o’z 

funktsiyalarini  bajarishi  uchun  ma’lum  darajada  moddiy  va  moliyaviy  bazaning 

zarurligi  budjet  munosabatlarining  ob’yektiv  zarur  va  mavjud  bo’lishini  taqozo 

etadi.  Budjet  munosabatlari  davlat  ixtiyoridagi  yirik  markazlashgan  pul  fondi 

ko’rinishida moddiy-buyum shaklini oladi. 

Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ixtiyorida markazlashish darajasini 

aks ettiruvchi davlat budjetining hajmi qator omillarga bog’liq: 

 

iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga; 



 

davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga; 



 

korxona, tashkilot va muassasalardagi xo’jalik yuritish usullariga; 



 

jamiyat  tomonidan  hal  etilayotgan  iqtisodiy  va  ijtimoiy  vazifalarning 



xarakteriga, 

 



iqtisodiyotda  va  ijtimoiy  soha-tarmoqlarda  amalga  oshirilayotgan  tarkibiy 

o’zgarishlarning ko’lamiga va boshq. 



Sodda  shaklda  budjet  bu  hujjat  yoki  hujjatlar  yig`indisi,  ya’ni  tashkilotning 

(oila,  korporatsiya,  hukumat)  moliyaviy  holati  va  kelgusi  rejalari,  ya’ni 

daromadlar,  xarajatlar  va  maqsad  hamda  natijalar  to`g`risidagi  ma’lumotlarni 


 

 

12 



      

 

o`z  ichiga  oluvchi  rejalar  sifatida  qaraladi.  Tarixan,  budjet  so`zi  charm  karmon, 



hamyon,  sumka  va  hamyonchadir.  Asosan,  inglizchada  bu  termin  hukumat 

ehtiyojlari va resurslarini Parlament bayonotiga Moliya Vaziri ko`tarib boradigan 

charm sumka sifatida tasvirlangan

.

1



 

Davlat  budjeti  davlat  moliyasining  markaziy  bo’g’ini  bo’lishi  bilan  bir 

qatorda  moliya  tizimining  ham  asosini  tashkil  etadi.  Davlat  budjetining  iqtisodiy 

tuzilishi  va  mazmuni  bevosita  davlatning  funktsiya  va  majburiyatlaridan  kelib 

chiqadi. Chunki davlat jamiyatni boshqarish uchun o’z oldiga bir nechta vazifalarni 

qo’yadiki,  u  vazifalarni  moliyaviy  mablag’lar  bilan  ta’minlashda  budjet 

mablag’lari xizmat qiladi. 

Davlat  budjeti  yaxlit  hukumatga  xizmat  qilishi  bilan  bir  qatorda,  moliyaviy 

resurslarni 

tarmoqlararo  qayta  taqsimlashda,  hududlararo,  mulk  shakllariaro 

qayta taqsimlashda 

ham bevosita ishtirok etadi. 

Masalan,  tarmoqlararo  qayta  taqsimlashda  har  qanday  iqtisodiy  tizimda  ham 

ayrim  tarmoqlar  uchraydiki,  ularning  daromadlari  o’z  xarajatlarini  qoplay 

olmasada,  lekin  ular  ishlab  chiqarayotgan  tovarlar,  ko’rsatayotgan  xizmatlar  va 

bajarayotgan  ishlar  umumjamiyat  ahamiyatiga  molik  bo’lgan  tadbirlar  bilan 

bog’liqdir.  Bunday  tarmoqlar  tarkibiga:  energetika,  transport  va  boshqalar  kirishi 

mumkin.  Ushbu  tarmoqlarga  budjet  orqali  yuqori  rentabelli  tarmoqlarning 

moliyaviy resurslari qayta taqsimlab beriladi. 

Davlat  o’z  funktsiyalarini  bajarishi  uchun,  shuningdek,  iqtisodiy-ijtimoiy 

rivojlanishning  har  bir  bosqichi  strategik  maqsadlarini  amalga  oshirish  uchun 

mamlakatda  yaratilgan  moliyaviy  resurslarning  ma’lum  bir  qismini  o’z  qo’lida 

to’plamog’i  ob’ektiv  zaruriyat  ekanligi  yuqorida  ta’kidlangan  edi.  Lekin 

mablag’larni  davlat  moliyasi  orqali  qayta  taqsimlash  ko’lami  ko’p  jihatdan 

mamlakat  iqtisodiyotining  ahvoli  va  rivojlanish  darajasiga,  davlatning  iqtisodiy 

jarayonlarga  aralashish  ko’lamiga,  ijtimoiy  sohadagi  davlatning  majburiyatlari 

                                                           

1

Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace 



USA, 2016. 

p. 15

 

 




 

 

13 



      

 

ko’lamiga,  aholini  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlash  dasturlarining 



qamrovliligiga bog’liq. 

Davlat 


budjetiningkassaliijrosidag’aznachiliktiziminingbanktizimidanfarqishundaki, 

avvalo,  budjetijrosijarayonidag’aznachilikikkioqimdagipulmablag’larinito’playdi. 

Daromadlarvaxarajatlarbirhisobraqamdanqilinadi, 

bundaytartibmavjudmablaglarbilanmoliyalashtirishjarayoninitezlashtirishgaimkonb

eradi.  

 

 



 

 

 



 

 

Budjetning  kassa  ijrosi  deganda  har  bir  budjetning  daromadlari  mazkur 



budjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg’arilishi tushuniladi. Shuningdek, ushbu 

budjetdan  mablag’  bilan  ta’minlanuvchi  barcha  tashkilotlarga  pul  mablag’lari 

ushbu  kassa  orqali  beriladi. 

Budjet  ijrosi  shunday  jarayonki,  u  moliya  yili 

mobaynida to’liq va o’z vaqtida, har bir manba bo’yicha daromadlarni tushishini, 

shuningdek,  korxona  va  tashkilotlarni  tasdiqlangan  budjet  xarajatlari  smetasi 

chegarasida  moliyalashtirilishini  ta’minlaydi.  Davlat  budjeti  g’azna  ijrosi  kassa 

birligi,  budjet  tashkilotlarini  moliyalashtirish  hisobini  yuritish,  budjet  tiniqligi, 

budjet  majburiyatlarini  limiti,  shartnomalarni  ro’yxatga  olish  kabi  tamoyillarga 

asoslanadi.  Budjet  mablag’larini  taqsimlovchilari,  taqdim  qilingan  mahsulotlar, 

bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitobni amalga oshiruvchilar 

ya’ni budjetdan mablag’ oluvchilardir yoki budjet tashkilotlaridir.  

Davlat  budjeti  ijrosi    budjet  jarayonidagi  asosiy  bosqichlardan  biri 

hisoblanadiki,  gaznachilikda  belgilangan    istiqbol  ko’rsatkichlari,  tasdiqlangan 

rejalar va ishlab chiqilgan dasturlarning amaliyotdagi ijrosi qattik nazorat qilinadi. 

Budjet  jarayoni  -budjet  tizimi  budjetlarini  shakllantirish,  tuzish,  ko'rib 

chiqish,  qabul  qilish,  tasdiqlash  va  ijro  etish,  ularning  ijrosini  nazorat 

qilish,  budjet  tizimi  budjetlarining  ijrosi  to'g'risidagi  hisobotlarni 

tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar 

jarayoni.


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish