Mualliflar.
1-BOB. BUDJET TIZIMI, UNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI.
Yoki ilmli bo`l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo`l,
loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo`l,
ammo to`rtinchisibo`lma, chunki kasodga uchrab halok bo`lasan
MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY
1.1.
Budjet tizimi fani predmetining mazmuni.
Ma’lumki, Davlat budjeti iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etishda hal
qiluvchi omildir, boshqacha qilib aytganda, budjet - islohotlarning eng muhim
dastaklaridan biri vazifasini o’taydi, chunki kirimga qarab chiqim qilish
iqtisodiyotning oltin qoidasi hisoblanadi.
Davlat budjeti orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashda, respublikamizda qabul qilingan
ijtimoiy dasturlarni, birinchi navbatda, aholining ijtimoiy nochor tabaqalarini
aniq tarzda qo’llab-quvvatlash, sog’lom avlodni tarbiyalash asosida aholi
farovonligini oshirishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatning ta’sirchanligi va
aniq tarzda moliyaviy qo’llab-quvatlashni kuchaytirishda mahalliy budjetlarni
samarali ijrosining ahamiyati katta. Bozor iqtisodiyotida davlatning moliyaviy
resurslarni boshqarish ahamiyati beqiyos hisoblanadi, shu sababli respublikamizda
Davlat budjeti ijrosini amalga oshirishda g’aznachilik tizimiga o’tish zaruriyati
paydo bo’lmoqda.
Budjettizimimamlakatmoliyatiziminingmuhimbo’g’inibo’lib,uning
muvaffaqiyatli tashkil etilishi samarali budjet siyosatining asosini tashkil etadi.
Davlatmoliyasitizimidagitubislohotlarnatijasidabudjetningg’aznaijrosigao’tilishish
uningdek, budjetning o’rta muddatli istiqbolini belgilashga o’tish chora-tadbirlari
7
mamlakatimizda izchillik bilan amaliyotga joriy etilmoqda. Jahon andozalari va
xalqaro budjet amaliyotining yangi qat’iy talablari va mezon lari asosida davlat
budjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilash tizimiga o’tishning joriy etilishi,
rivojlanganmamlakatlardasamaraliamalqilayotgannatijaviylikkaasoslanganbudjetla
shtirishamaliyotgajoriyetilishibudjettizimioldigahamulkanvazifalarqo’yadi.
Milliyiqtisodiyotnisamaraliboshqarishvatartibgasolishda,
ijtimoiy-
iqtisodiyrivojlanishnita’minlashda,
harbirdavrningustuvorahamiyatgaegabo’lgantaraqqiyotvazifalarinimuvaffaqiyatlib
ajarishdadavlatningboshqaiqtisodiyinstrumentlariqatori,
mamlakatbudjettizimihammuhimahamiyatkasbetadivategishlitarzdanafaqatayrimjo
riy,
operativ,
balkishubilanbirgakompleksvastrategikvazifalarnihamo’zzimmasigaoladi.
“Budjet tizimi” fanini o’qitishning maqsadi - kelgusida yuqori malakali
iqtisodchi-mutaxassislar bo’lib etishadigan bakalavrlar, magistrantlar budjet
tizimining tashkiliy-huquqiy asoslari, budjet jarayoni, turli darajadagi budjetlarni,
budjet daromadlari va xarajatlarini, budjet holatini boshqarish, budjet tizimida
g’aznachilikni rivojlanishi,budjet nazorati haqida haqida nazariy bilimlar berish,
ularda davlatning hozirgi davrdagi budjet tizimidagi islohotlarning asosiy
yo’nalishlari bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib
chiqib fan o’z predmetini o’rgatish uchun quyidagi vazifalarni qo’yadi:
budjet tizimi va uning printsiplarini o’rganish;
budjet tizimi qonunchilik asoslarini o’rganish;
budjet tasnifi (klassifikatsiyasi)ni o’rganish;
“Budjet tizimi” fanini o’qitishning maqsadi - talabalarga byudjet tizimi
byudjetlari haqida nazariy bilimlar berish, ularda mamlakatda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichida O’zbekiston
Respublikasi budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari va ularni hayotga tadbiq
etish yo’llari bo’yicha asosiy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
8
budjet tizimini boshqarishni o’rganish;
budjet tizimi budjetlarini o’rganish;
davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari daromadlari va
xarajatlarini o’rganish;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari daromadlari va
xarajatlarini o’rganish;
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini
o’rganish;
davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari loyihasini
tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlashni o’rganish;
xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ularni
ro’yxatdan o’tkazishni o’rganish;
budjet tizimi budjetlarini ijro etish tartibini o’rganish;
budjetlararo munosabatlarni o’rganish;
davlat budjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag’ jalb
qilishni o’rganish;
davlat moliyaviy nazoratini o’rganish.
Mazkur fanning boshqa fanlar singari o’ziga xos predmeti va vazifalari
mavjud. «Budjet tizimi» fanining predmeti O’zbekiston Respublikasida Budjet
tizimi mexanizmlari va dastaklarini o’rganishdir.
«Budjet tizimi » fani budjet tizimining mohiyati va mamlakatimizda davlat
budjeti va budjet tizimi yuzasidan yetarli ma’lumotlar beradi. Mazkur fanda budjet
tizimi, uning vazifalari, davlat budjeti daromadlari va xarajatlari ijrosi,
g’aznachilik tizimida qarzlarni boshqarish, mahalliy budjetlar moliyaviy
mablag’larini boshqarish masalalarining nazariy jihatlari yoritiladi.
O’zbekistonda yoshlardan zamonaviy kadrlar tayyorlash taraqqiyotimizning
muhim omilidir. Bozor iqtisodiyotining nazariy asoslarini chuqur o’rgatib, uning
zamonaviy yutuqlari va xorijiy mamlakatlar tajribasini umumlashtirib, davr
taqozosi sharoitida ishlay oladigan, raqobatga bardosh beradigan mutaxasssislarni
tayyorlashni talab etiladi, bu ishlar o’z-o’zidan yuz bermaydi, albatta.
9
Bumamlakatimizda davlat budjetini boshqarish sohasida olib borilayotgan
islohotlar budjet mablag’lari ishlatilishining moliyaviy nazoratini amalga oshirish
mazmunini tubdan o’zgartirishni talab qiladi va moliyaviy nazorat oldiga prinsipial
jihatdan yangi vazifalarni qo’yadi.
O’zbekiston demokratik davlat qurishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yar ekan,
bunda davlat Budjetini shakllantirish muhim o’rin tutadi. Respublikamizda
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning doimiy iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy, ma’naviy va ekologik vazifalarini bajarishi uchun mablag’lar
markazlashtiriladi.
“Budjet tizimi” fani institutda o’rganiladigan boshqa iqtisodiy fanlar bilan
uzviy bog’liqdir. “Budjet tizimi” fani bakalavriat bosqichida o’rganilgan “Moliya”,
“Budjet tasnifi”, “Budjet hisobi”, “G’aznachilik asoslari”, “G’aznachilikda
moliyaviy nazorat”, “Moliyaviy nazorat”, magistraturaning “Davlat moliyasini
boshqarish” kabi fanlardan olingan nazariy asoslarga tayanadi.
Shu bilan birga, “Budjet tizimi” fani magistraturadagi qator maxsus fanlarni
o’zlashtirish uchun nazariy-uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi.
“Budjet tizimi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan
bog’liqligi
“Davlat moliyasini boshqarish” fani
“G’aznachilikda moliyaviy nazorat” fani
“Budjet tasnifi” fani
“Budjet hisobi” fani
“Moliya” fani
“G’aznachilikasoslari” fani
10
Do'stlaringiz bilan baham: |