O`zbekiston respublikasi oliy va


Sog’liqni saqlash xarajatlari



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/229
Sana18.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#386224
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

Sog’liqni saqlash xarajatlari. 

Ma’lumki, tibbiy xizmatlar ancha qimmat 

turadigan  ne’mat  bo’lib,  har  bir  kishi  o’z  hayoti  davomida  iste’mol  qilishi 

mumkin  bo’lgan  tibbiy  xizmatga  haq  to’lash  uchun  qancha  mablag’  yig’ib 




 

 

56 



      

 

qo’yish lozimligini avvaldan bilmaydi. Lekin bir guruh fuqarolar birlashib, yoki 



butun bir jamiyat bu maqsadga mo’ljallangan mablag’ni jamg’arishi mumkin.  

Shu  munosabat  bilan  sog’liqni  saqlash  tizimini  aralash  moliyalashtirish 

shakliga  o’tish  masalasi  islohotlarning  markazida  turgan  masala  sifatida 

qaralishi mumkin. 

Ma’lumki,  tibbiy  xizmatlar bir qator o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Bular 

quyidagilar: 



 

 



Tibbiy  xizmatlarning  ko’pchiligi  ijtimoiy  ne’mat  xisoblanadi, 

shuningdek, ular “tashqi effekt” xususiyatiga ega

 

Tibbiy xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj hamda ularning oqibatlari doimo 



noaniqlik bilan bog’liq;  

 



 Informatsion asimmetriyaning mavjudligi. 

Mana  shu  o’ziga  xosliklarning  mavjudligi  davlatning  sog’liqni  saqlash 

tizimiga aralashuvini taqozo qiladi. Davlatning sog’liqni saqlash sohasidagi 

majburiyatlari sifatida quyidagilarni aytib o’tish lozim: 

 

Davlat daromadlari shakllanishining barqarorligini ta’minlash orqali 



sog’liqni  saqlash  sektori  uchun  resurslarning  mamlakat  miqyosida 

safarbar etilishini ta’minlash; 

 

Turli  mulk  shakllaridagi  tibbiyot  muassasalari  faoliyatining 



me’yoriy-huquhiy bazasini yaratish; 

 



Aholiga  davlat  tomonidan  kafolatlangan  bazaviy  tibbiy  xizmatlar 

paketiga  kirgan  asosiy  tibbiy  xizmatlarni  taqdim  etish  va  ularni 

moliyalashtirish yuzasidan javobgarlik; 

 



Tibbiy  xizmatlarning  sifat  standartlarini  joriy  qilish  va  ularga  rioya 

etilishini nazorat qilish; 

 

Ijtimoiy  jihatdan  himoyaga  muhtoj  aholi  qatlamlariga  tibbiy 



xizmatlar ko’rsatish va ularni moliyalash va sh.k. 


 

 

57 



      

 

Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash 



xarajatlari bir qancha  manbalardan  qoplanishi  mumkin,  ya’ni  sog’liqni  saqlash 

sektorini moliyalashtirishning asosiy manbalari quyidagilar:



 

 



Davlat budjeti; 

 



Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta; 

 



Xususiy tibbiy sug’urta; 

 



To’g’ridan-to’g’ri  to’lovlar  (iste’molchilarning  tibbiy  xizmatlarni  sotib 

olishdagi xarajatlari). 

Moliyalashtirishning  har  bir  manbasi  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega, 

jumladan:

 

1.

 



Davlat budjeti: 

 



Budjetdan  moliyalashtirish  tibbiyot  muassasalarining  ishlab  chiqarish 

quvvatlari asosida amalga oshiriladi; 

 

Ijtimoiy adolat ta’minlanadi; 



 

Barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlar kafolatlanadi



 

Boshqarish va nazorat qilish uchun nisbatan oddiy va arzon; 



 

Moliyalashtirish tizimi maqbul va qulay. 



2.  Majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta: 

 



Ijtimoiy adolatning ta’minlanishi; 

 



Barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi; 

 



Mablag’larni to’plash va mijozlarni himoya qilish uchun xarajatlarning 

ortib borishi; 

 

Ish byeruvchilar tomonidan norozilik kelib chiqishining mumkinligi. 



3.  Xususiy tibbiy sug’urta: 

 



ajratmalarning aksariyat hollarda iste’molchilarning to’lash qobiliyatiga 

emas, ularning ehtiyojiga bog’liqligi; 

 

tabaqalashgan tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi; 



 

xarajatlar hajmining oshib borishi; 




 

 

58 



      

 



 

butun 


sog’liqni 

saqlash 


tizimini 

qo’llab-quvvatlash 

uchun 

mablag’larning etarli emasligi; 



4.  To’g’ridan-to’g’ri to’lovlar: 

 



adolatli emasligi; 

 



risklarni  umumlashtirmasligi  va  keng  taqsimlash  imkoniyatiga  ega 

emasligi; 

 

butun tizimni etarli resurslar bilan ta’minlay olmasligi. 



O’zbekistonda  sog’liqni  saqlash  xarajatlari  hozirgi  kunga  qadar  asosan 

davlat  budjeti  hisobidan  moliyalashtirilib  kelinmoqda.  Bu  mablag’larning  ham 

qariyb 65-70 foizi xodimlarning ish haqiga sarf etilmoqda. Shunga qaramasdan, 

soha  xodimlarini  moddiy  rag’batlantirish,  sohaning  moddiy-texnik  bazasini 

mustahkamlash,  yangi  texnika  va  texnologiyalarni  joriy  qilish  uchun  asosan 

budjet  mablag’larining  o’zi,  davlat  resurslarining  chegaralanganligi  bois,  etarli 

emasligini  amaliyot  isbotlab  turibdi.  Shuning  uchun  ham  sog’liqni  saqlashni 

isloh  qilishning  dolzarb  yo’nalishlaridan  biri  –  tarmoqni  moliyalashning  ko’p 

kanalli tizimini joriy etish ekanligi e’tirof etildi.  

Uzoq 


yillar 

mobaynida 

davlat 

budjetining 

ijtimoiy 

sohalarni 

moliyalashtirishda  yagona  manba  bo’lib  kelganligi  hech  kimga  sir  emas. 

Sog’liqni saqlash tizimi ham klassik ijtimoiy soha sifatida bir necha o’n yilliklar 

davomida  to’lig’icha  budjetga  qaram  soha  bo’lib  kelgan.  Hozirgi  kunda  ham 

davlat  sog’liqni  saqlash  tizimi  xarajatlarining  aksariyat  qismini  moliyalashga 

budjet  mablag’lari  safarbar  etilmoqda.  Xususan,  soliqni  saqlash  sohasiga 

ajratilgan  budjet  mablag’lari  davlat  budjetidan  amalga  oshirilgan  jami 

xarajatlarning: 

Sog’liqni  saqlash  muassasalari  aholiga  tibbiy  xizmatlarni  taqdim  etuvchi 

tashkilotlar  tizimini  tashkil  qiladi.  Bu  muassasalarni  qurish,  mavjudlarini 

saqlash,  moddiy-texnikaviy  jihatdan  ta’minlash,  kadrlar  masalasini  hal  qilish 

kabilar  tarixan  davlat  mablag’lari  evaziga  amalga  oshirilib  kelingan.  Sog’liqni 

saqlash  tizimining  joriy  va  kapital  xarajatlarini  moliyalashtirishda  davlat 




 

 

59 



      

 

budjetining  ahamiyati  hali  ham  katta.  Davlat  budjetining  ijtimoiy-madaniy 



sohalarni  saqlash  xarajatlari  tarkibida  sog’liqni  saqlash  xarajatlari  xalq 

ta’limidan keyin 2-o’rinni egallaydi.  

Sog’liqni  saqlash  muassasalari  bo’yicha  eng  katta  o’rinni  kasalxonalar, 

ikkinchi  ambulatoriya  poliklinika  muassasalari,  shuningdek,  tez  va  shoshilinch 

tibbiy yordam muassasalari egallaydi.  

Sog’liqni saqlashga qilinadigan xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuni va 

muassasa turlariga ko’ra to’rt asosiy guruhga birlashtirish mumkin: 

 



Ambulatoriya-poliklinika 

muassasalari, 

sanitariya-epidemiologiya 

nazorati xizmati va boshqa muassasalar

 

Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar; 



 

Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar; 



 

Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari. 



Davlat tibbiyot va farmatsevtika muassasalari guruhlari: 

I. 


Ambulatoriya-poliklinika 

muassasalari, 

sanitariya-epidemiologiya 

nazorati xizmati va boshqa muassasalar: 

1. Qishloq vrachlik punktlari va ularning filiallari (bo’limlari)  

2. Shaharlardagi poliklinikalar (bolalar poliklinikasidan tashqari) 

3. Statsionar o’rinlari bo’lmagan dispansyerlar 

4. Skrining - markazlar 

5. Respublika bolalar va o’smirlar reproduktiv sog’lomlashtirish markazi 

6. Salomatlik instituti va uning filiallari 

7.  Sanitariya-epidemiologiya  nazorati  xizmati  muassasalari  (respublika, 

viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, karantin 




 

 

60 



      

 

va o’ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi markazi va uning filiallari, dezinfeksiya 



stantsiyalari) 

8. Tibbiyot statistikasi byurosi 

II. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar: 

9. Ilmiy-tekshirish institutlari va oliy tibbiyot o’quv yurtlari klinikalari 

10. Respublika kasalxonalari, tibbiyot-sanitariya qismlari 

11. Respublika (viloyat, shahar) pyerinatal markazi 

12.  Viloyat,  shahar  va  tuman  kasalxonalari,  jumladan,  tug’ruqxonalar, 

tug’ruqxona majmualari 

13.  Shahar  va  tuman  markaziy  kasalxonalari,  qishloq  uchastka 

kasalxonalari 

14. Sud-tibbiy ekspertiza byurosi va uning filiallari 

15. Patologoanatomik markazlar va ularning filiallari 

16. Qon quyish stantsiyalari 

17. Sanatoriylar 

III. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar: 

18. Ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, klinikalar, dispansyerlar va markazlar: 

18.1. Sil kasalliklari 

18.2. Yuqumli kasalliklar 

18.3. Onkologik kasalliklar  

18.4. Tyeri-tanosil kasalliklari 

18.5. Endokrinologik kasalliklar 



 

 

61 



      

 

18.6. Ruhiy kasalliklar 



18.7. Ruhiy-asab kasalliklari  

18.8. Narkologik kasalliklar 

19.  Respublika  neyroxirurgiya,  onkologiya  (jumladan  xospislar), 

allergologiya, suyak xastaligi va jarohat oqibatlarini davolash, yiringli xirurgiya 

va qandli diabet asoratlarini davolash, bolalar ortopediyasi tibbiyot markazlari 

20.  Fiziatriya  va  pulmonologiya,  epidemiologiya,  mikrobiologiya  va 

yuqumli  kasalliklar,  virusologiya,  endokrinologiya  va  parazitologiya  ilmiy-

tadqiqot institutlari klinikalari 

21. OITSni davolash markazi va uning filiallari 

22. Bolalar kasalxonalari va poliklinikalari 

23. Bolalar uylari 

24. Leprozoriylar  

IV. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari: 

25.  Respublika  shoshilinch  tibbiy  yordam  markazi  -  uning  viloyatlardagi 

filiallari,  tumanlar  (shaharlar)  markaziy  kasalxonalaridagi  shoshilinch  tibbiy 

yordam bo’limlari 

26. Tez tibbiy yordam stantsiyalari 

  Ijtimoiy  sohalar  faoliyatini  rejalashtirishning  bir  necha  o’n  yilliklar 

davomida  shakllangan  tartiblarga  muvofiq,  sog’liqni  saqlash  muassasalari 

faoliyatini rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 

1.

 

Aholi  soni  va  aholining  tibbiyot  muassasasidagi  o’rinlarga  ehtiyoj 



me’yorlari  asosida  tibbiy  muassasaning  ishlab  chiqarish  quvvatlari  (u  yoki  bu 

profil yo’nalishlari bo’yicha o’rinlar - koykalar soni) ni aniqlash; 




 

 

62 



      

 

2.



 

Mazkur  muassasa  uchun  o’rnatilgan  namunaviy  shtat  normativlari 

bo’yicha zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish; 

3.

 



Koykalar soni va tuzilishi (terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko’ra ish 

hajmini rejalashtirish; 

4.

 

Shtatlar  jadvali,  ishlab  chiqarish  quvvatlari  va  koykalar  ishining 



ko’rsatkichlari  (koyka-kunlar  soni)  ga  asoslanib  tibbiyot  muassasasini  saqlash 

uchun moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash. 

Demak,  sog’liqni  saqlash  sohasidagi  har  bir  muassasaning  ishi  operativ 

tarmoq ko’rsatkichlari, masalan:  

 

kasalxonalardagi o’rtacha yillik o’rinlar soni (jami va o’rinlar profillari 



bo’yicha),  

 



bir yilda o’rinlarning ishlash kunlari soni,  

 



o’rin-kunlar miqdori,  

 



barcha toifadagi xodimlar bo’yicha o’rtacha yillik shtatlar birligi soni,  

 



ambulatoriya-poliklinikalarda  vrach  qabullari  (kasalni  ko’rish)  soni 

bilan tavsiflanadi.  

Xarajatlarni  rejalashtirishda  shu  narsa  muhimki,  davolash-profilaktika 

muassasasi aholiga tibbiy yordamni asosan ikki shaklda ko’rsatadi. Kasalxonaga 

muqim  yotqizib  «statsionar»  (turg’un)  davolash  va  ambulatoriya-poliklinikada 

yordam ko’rsatish. Turg’un davolash muassasalarining asosiy ko’rsatkichlaridan 

biri  -  o’rin-kunlar  soni  bo’lsa,  ambulatoriya-poliklinika  muassasasining  asosiy 

ko’rsatkichini  vrach  lavozimlari  soni  va  vrach  qabullari  soni  tashkil  qiladi. 

Shunga qarab xarajatlarni hisoblash usuli tanlanadi. 

Kasalxonaning joriy saqlash xarajatlarini hisoblashda o’rinlarning o’rtacha 

yillik  soni  asos  qilib  olinadi.  Bu  miqdor  yangi  o’rinlar  ochilishi  muddatlariga 

qarab quyidagi formula bilan aniqlanadi: 




Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish