Kompaniyalar to’laydigan soliq turlari:
-
Eng kam muqobil soliq(minimum alternative tax MAT).
Bu soliq Hindistonda nol stavkali/soliqdan ozod kampaniyalarni soliqqa
tortishda samarali foydalanilmoqda. Bunda kuzatilishicha ko’p kompaniyalar
hisob-kitob daftarlarida ko’p miqdordagi foydalar va juda ko’p dividendlar
ko’rsatilsa ham, turli imyitozlardan foydalangan holda oz miqdorda soliq
to’laganlar yoki to’lamaganlar. Shunday qilib MAT kompaniyalarning
daromadidan minimal foizda soliq olinib daromad solig’ini takomilashtirishni
nazarda tutgan edi. Dastlab barcha soliq to’lovchilar uchun MAT deb
tanishtirilgan soliq keyinchalik AMT deb qo’llanildi.MAT dasturi faqat
korparativ soliq to’lovchilar uchun amal qiladi. AMT esa nokorparativ soliq
to’lovchilar uchun. Ya’ni MATdan kompaniyalar foydalanadi, AMTdan esa
kompaniyalardan boshqa soliq to’lovchilar uchun mo’ljallangan.
1
Iqtisodiyotda
tub
tarkibiy
o’zgarishlarni
amalga
oshirish,
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida jismoniy shaxslardan
undiriladigan soliqlarning davlat budjetining daromadlaridagi salmog’ini
nazariy va amaliy ma’lumotlarga tayangan holda o’rganish muhim hisoblanadi.
Soliq-budjet siyosatida keyingi yillarda jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig’i stavkasining o’zgarish tendentsiyasini kuzatishimiz mumkin.
2015- yilning 1- yanvaridan e’tiboran respublikamizda 4 pog’onali soliq
stavkalarini qo’llash tartibi joriy etilib, bu jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig’ini hisoblashda eng kam ish haqining bir baravarigacha bo’lgan
eng quyi pog’onadagi miqdoriga «0» darajali stavkani qo’llash tartibini nazar
tutadi. Boshqacha aytganda, fuqarolarning eng kam ish haqining bir
baravarigacha daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalarining
bosqichma-bosqich pasaytirilib borilishi O’zbekiston Respublikasi soliq
tizimidagi islohotlarning eng e’tiborli jihatlaridan biri hisoblanadi.
1
Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace
USA, 2016.
p. 15
14
O’zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga ko’ra jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-
jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofotlar va boshqa daromadlariga
solinadigan tabaqalashgan progressiv soliq stavkalari;
-
jismoniy shaxslarning dividend va foiz tariqasida oladigan daromadiga
soliq stavkasi (10%);
-
norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga to’lov manbaida
solinadigan soliq stavkalari (faoliyat va daromad manbaiga qarab tegishlicha
6%; 10%; 10%; 20%);
-
imtiyozli soliq stavkalari.
1998-1999 yillarda jismoniy shaxslar daromadlaridan soliq besh pog’onali
15%, 25%, 35%, 40% va 45% shkala bo’yicha olingan bo’lsa, 2001-2014
yillardan boshlab uchta pog’onali shkala bo’yicha undirilgan. Yuqorida
ta’kidlab o’tganimizdek, Prezidentimizning 2014- yil 4- dekabrdagi PQ-2270-
sonli qaroriga muvofiq 2015- yil 1- yanvardan boshlab jismoniy shaxslar
olinadigan daromad solig’i 4 pog’onali shkala asosida soliqqa tortilishi belgilab
qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasining 2012- yil 25- dekabrdagi “Soliq va budjet
siyosatining 2013- yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi,
shuningdek, soliq hisobotini taqdim etish davriyligi qisqartirilishi munosabati
bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-343-sonli qonuni va O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2012- yil 25- dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori
bilan 2013- yilning 1- yanvaridan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig’i va qat’iy belgilangan soliq eng kam ish haqining 1- yanvar
holati bo’yicha hisoblanishi belgilab qo’yildi. Jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig’i bo’yicha endilikda qabul qilingan tartibga ko’ra, eng kam ish
haqi miqdori o’zgarganda ham jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
shkalasi o’zgarmaydi. Masalan, 2016 -yilning 1- yanvar holatiga eng kam ish
15
haqi miqdori 130240 so’mga, 2017- yilning 1- yanvar holatiga eng kam ish haqi
miqdori 149775 so’mga teng.
Korporativ soliqlar sof korporativ jamg'armalarga baza sifatida
foydalaniladi. Yagona daromad solig`i bazasi asosga ko'ra xarajatlardan oldin
daromad hisobga olinsa, ba'zi istisnolar va chegirmalardan tashqari korporativ
daromad soliqlari faqatgina xarajatlar amalga oshirilgandan keyingi sof
foydadan to'lanadi. Bunga qo'shimcha qilish mumkinki, ba'zi chegirmalar
kapital yo'qotishlar, faoliyatdagi yo'qotishlar, kapital investitsiyalarining
qadrsizlanishi, xayriya badallari va tadqiqot va rivijlanish xarajatlari uchun
hisobga olinadi. Bu chegirmalar qanday qilib hisobga olinishi murakkab
masaladir, ya'ni korporatsiya qanchalik darajada kapital investitsiyalarini
qadrsizlantirdi. Federal korporativ soliq stavkalari tez sur'atlarda 15%dan 35%ga
sof jamg'armalar o'sishi bila oshdi.
Federal korporativ daromad solig`idan tushumlar YaIMga nisbatan foizda
har bir OECD davlatidan, Turkiyani inobatga olmaganda haqiqatda past
bo'ladi.Ko'pchilik shtatlar korporativ daromad soliqqa ega shuningdek, garchi
shu yaqin yillarda shtat darajasida korporativ daromad solig`ining ahamiyati
kamaygan bo'lsa-da, 2010-yilda korporativ daromad soliqlari umumiy shtat
daromadiga nisbatan taxminan 5%ni tashkil qildi, ikki dekadaga oldinga
nisbatan taxminan bir yarim darajada.
Korporativ daromad solig`idan yig'ilgan summaning umumiy miqdoriga
qo'shimcha tarzda mamlakatlar bo'yicha umumiy stavka tuzilmalari jihatidan bu
soliqlarni solishtirish mumkin. 2010-yilda ikkala umummilliy va shtat/mahalliy
hukumat korporativ soliqlarini inobatga olganda AQSh korporativ soliq
stavkalari 39,2% da, OECDning boshqa mamlaktlaridan, 39,5% stavkaga ega
bo'lgan Yaponiyadan tashqari, balandroq edi. Korporativ daromadni milliy
hukumat darajasida soliqqa tortishni qaraydigan bo'lsak, faqatgina Fransiya
(34,4%da) va Belgiya (34%da) bilan AQShdagi eng yuqori (32,7%) stavkadan
balanddir.
16
Daromad solig’i soliq to’lovchilarning daromadidan undirilsa, mol- mulk
soligi uning mol mulkiga nisbatan undiriladi.Mol- mulk solig’i 1957-yildagi
mol-mulk solig’i to’g’risidagi qonun orqali tartibga solinadi.Mol-mulk solig’i
asosiy vositalar qiymatiga nisbatan undiriladi. Asosiy vositalar mol-mulk solig’i
tog’risidagi qonunning 2-ea bo’limida ta’rifi keltirilgan.Mol-mulk solig’i
qonunda asosiy vosita hisoblangan mulk shakllari mavjud mulkdorlardan
undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |