135
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy
muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy
tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga,
mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya
siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish uchun Kodeksda
belgilangan mablag‘larni jamlaydi. O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va
taraqqiyot jamg‘armasini boshqarish Kengashi O‘zbekiston Respublikasi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining yuqori boshqaruv organi bo‘lib, uning
tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi
direktsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining
ijro etuvchi organi va mablag‘larini taqsimlovchidir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotga davlat
kapital qo‘yilmalarini safarbar etishda davlatning aniq maqsadlarga
mo‘ljallangan fondlari muhim ahamiyatga ega . Shunday fondlardan biri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 11 may Farmoni bilan tashkil
qilingan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidir. Mazkur jamg‘arma
iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va
texnikaviy qayta qurollantirish loyihalari amalga oshirilishini ta’minlash,
mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishga erishish, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiyaviy
siyosatni amalga oshirish maqsadida tuzilgan.
Dastlab Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot
vazirligi hamda Markaziy bankining taklifiga binoan Ustav kapitali 1,0 mlrd.
AQSh dollari miqdorida bo‘lgan davlat maqsadli fondi sifatida tashkil etildi.
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil
etildi va yuridik shaxs huquqlariga egadir.
136
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy
muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy
tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga,
mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek samarali tarkibiy va investitsiya
siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish uchun ushbu
Kodeksda belgilangan mablag’larni jamlaydi.
.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro
etuvchi direktsiyasi O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot
jamg’armasining ijro etuvchi organi va mablag’larini taqsimlovchidir.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro
etuvchi direktsiyasi O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga:
-
har yili 1 iyulgacha O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot
jamg’armasining kelgusi yil uchun daromadlari va
xarajatlari loyihasini;
-
yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi daromadlari va
xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: