32
ekin naviga, mevalarning pishish darajasiga, hosilni yig‘ish muddatiga, o‘stirish
agrotexnikasi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Pomidor ho‘l sabzavot sifatida iste’mol qilinadi, shuningdek, pomidor
sharbatini qaynatib tomat pyure, tomat-pasta, tomat sharbati mahsulotlari olinadi.
Pomidor
navlari shakliga
qarab olchasimon, noksimon, uzunchon,
olho‘risimon, yapasqi holatlarda bo‘lib, yuzasi esa silliq, qirrali bo‘lishi mumkin.
Urug‘donlari qanchaligiga qarab pomidorlar urug‘doni kam va urug‘doni ko‘p
bo‘ladi.
O‘zbekistonda ekiladigan asosiy pomidor navlariga Talalixin-186, Temno-
krasniy-2077, Maykopskiy, Vostok-36, Volgogradskiy-595, Progressivniy, YUsupov
navlari kiradi.
Pomidorlar qaysi maqsadda foydalanishiga qarab yangiligida ovqatga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatiladigan, butun holatda konservalashga va tuzlashga
mo‘ljallangan turlariga bo‘linadi. Bu uchchala turiga ham qo‘yiladigan talablar
GOST 1725-85 standartida keltirilgan. Bu standart talabi bo‘yicha pomidor yangi,
butun, toza, sog‘lom, kasalliklarga chalinmagan, pishib o‘tib ketmagan, oftob
urmagan, mexanik shikastlanmagan, boldoqsiz, shakli esa aynan shu botanik navga
mos bo‘lishi kerak.
Hidi va ta’mi o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi talab etiladi.
Pomidorlarning sifatini baholashda qayd etiladigan ko‘rsatkichlardan biri ularning
pishganlik darajasi hisoblanadi. Standart talabi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molga
mo‘ljallangan pomidorlar yaxshi pishib etilgan, qizil yoki pushti rangda bo‘lishi
kerak.
Pomidorlar uchun ham muhim ko‘rsatkichlardan yana biri pomidor katta
ko‘ndalang kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich tabiiy sharoitda
etishtiriladigan pomidorlarning hamma navlari uchun 4 sm dan, uzunchoqsimon,
mayda pomidor navlari uchun esa 3,0 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Pomidorlar
massasida o‘lchamlar bo‘yicha standart talabiga javob bermaydigan pomidorlar
miqdori 5% dan ko‘p bo‘lmasligi standartda ko‘rsatib qo‘yilgan. SHuningdek,
pomidorlarni iste’molchilarga sotish jarayonida yoriqlari bitmagan, ko‘m-ko‘k,
ezilgan, chirigan, kasalliklarga chalingan, qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan
zararlangan, so‘lib qolgan, muzlagan, ezilib pishib ketgan pomidorlar bo‘lishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. SHuningdek, standart talabi bo‘yicha pomidor mevasiga yopishib
qolgan qum, tuproqlar bo‘lishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: