O‘zbekiston respublikasi oliy va


Takrorlash uchun savollar



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Ho‘l mevalar va sabzavotlarning rangi va sifati orasidagi bog‘liqlikni tushuntiring. 
2. Meva va sabzavotlar sirtining holati mahsulotlarning tovarlik va estetik 
xususiyatlariga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
3. Ho‘l mevalar va sabzavotlarning katta-kichikligining sifatiga qanday ta’sir 
ko‘rsatishini tushuntiring. 
4. Meva-sabzavotlarning pishganlik darajasi bilan sifati orasidagi bog‘liqlikni 
tushuntiring. 
 
Ho‘l mevalarning sifat ekspertizasi 
 
Urug‘li mevalar 
  
Olma. Tez pishar olma navlarining sifati GOST 16270-70 ga, kech pishar olma 
navlarining  sifati  esa  GOST  21122-75  standarti  talabiga  javob  berishi  kerak.  Bu 
Davlat standartlari talabi bo‘yicha tez pishar olmalar sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 1-
chi va 2-chi tovar navlariga  bo‘linsa, kech pishar  olma  navlari  esa oliy, 1-chi, 2-chi 
va  3-chi  tovar  navlariga  bo‘linadi.  Olmalarni  tovar  navlariga  ajratishda  asosiy 
ko‘rsatkich  tekshirish  uchun  namuna  sifatida  olingan  olmalarning  eng  katta 
ko‘ndalang  kesimining  diametri  hisoblanadi.  Masalan,  kech  pishar  olmalarning 
dumaloq shaklli oliy navida ko‘ndalang kesimining diametri 65 mm dan, 1-navida 60 
mm dan, 2-navida 50 mm dan, 3-navida esa 40 mm dan kam bo‘lmasligi talab etiladi. 
Bundan  tashqari  olmalarning  sifatini  belgilaydigan  asosiy  ko‘rsatkichlarga  ularning 
tashqi  ko‘rinishi,  pishib  etilganlik  darajasi,  hidi,  ta’mi  kabi  ko‘rsatkichlari    kiradi. 
Chirigan, shishgan, eti qoraya boshlagan olmalar sotishga ruxsat etilmaydi. 


 
14 
 
Nok.  Nok  issiqsevar  daraxt,  mevasi  olmaga  nisbatan  ancha  nozik,  shuning 
uchun  saqlashga  va  tashishga  chidamsizroq  meva  hisoblanadi.  Nokni  asosan  ho‘l 
meva  sifatida  iste’mol  qilinadi  va  undan  kompot,  murabbo,  sukat  kabi  mahsulotlar 
tayyorlashda ham foydalaniladi. 
 
Nokning  kimyoviy  tarkibida  quyidagi  moddalar  mavjud  (%):  suv  82-85%, 
qand  6,5-13,  kraxmal  0,3,  kletchatka  0,6-0,9,  pektin  moddalari  0,2-0,3,  organik 
kislotalar  0,1-0,5,  mineral  moddalar  0,3-0,7,  oshlovchi  moddalar  0,02-0,17. 
Shuningdek, nok mevalari tarkibida S
1
,V
1
,V
2
 va boshqa vitaminlar ham uchraydi.  
 
Nokning  shakli  yassi-yumaloq,  yumaloq,  tuximsimon,  ovalsimon  bo‘ladi. 
Po‘stlog‘ining  rangi  asosan  bir  xil,  yashil,  sarg‘ich-yashil,  sariq  ranglarda  bo‘ladi. 
Mag‘zi esa oq, krem, pushti rangli, konsistensiyasi qattiq, donador, mayda donador, 
dag‘alroq,  yopishqoq,  mayin,  uqalanuvchan,  moysimon,  og‘izda  tezda  eriydigan 
holatlarda bo‘ladi. 
 
Nok  ham  pishib  etish  muddatiga  qarab  yozgi,  kuzgi  va  qishqi  navlariga 
bo‘linadi. 
 
Yozgi  navlari  iyul-avgust  oylarda  pishib  etiladi,  ular  saqlashga  deyarli 
yaramaydi  (saqlanish  muddati  10-20  kun).  YOzgi  navlariga  Vilyams  yozgi  navi, 
Zuhra, Lastochka, Podarok, Rano kabi navlari kiradi. 
 
Kuzgi  navlari  avgust  oyining  oxiri,  sentyabr  oyining  boshlarida  daraxtdan 
uziladi.  Ular  ikki-uch  oylar  saqlangandan  keyin  yaxshi  pishib  etiladi.  Mevalar 
tashishga yaroqli. Kuzgi navlarga Lesnaya krasavitsa, Kuzgi qizil nashvati, Paxtakor, 
Medovaya navlarini kiritish mumukin. 
 
Qishgi  navlari  sentyabr  oyining  oxiri  va  asosan  oktyabr  oyida  daraxtdan 
uziladi.  Daraxtdan  uzilganda  mevalar  qattiq  konsistensiyaga  ega  bo‘lib,  ularning 
ta’mi  va  hidi  ham  kam  seziluvchan  bo‘ladi.  Qishgi  nav  mevalar  bemalol  4-5  oy 
saqlanadi  va  ularni  uzoq  masofalarga  ham  ham  tashish  mumkin.  Qishgi  navlarga 
Qishgi  Dekanka,  Royal  Zimnyaya,  Olive  de  Serr,  Qishgi  nashvati,  Kofe  kabi 
navlarini kiritish mumkin. 
 
Yangi  uzilgan  tezpishar  noklar  sifatiga  ko‘ra  1-chi  va  2-chi  tovar  navlariga 
(GOST 21714-76), kechpishar noklar esa 1-chi, 2-chi va 3-chi tovar navlariga (GOST 
21713-76) bo‘linadi. 
 
Nok mevalarining 1-chi va 2-chi tovar navlari bitta pomologik navdan tashkil 
topib,  shakli  va  rangi  bo‘yicha  aynan  shu  pomologik  navga  xos,  pishib  etilganlik 
darajasi  bir  xil,  ombor  zararkunandalari  bilan  zararlanmagan  va  kasalliklarga 
chalinmagan  bo‘lishi  kerak.  Nok  mevalari  uchun  ham  tovar  navlarini  belgilashda 
asosiy ko‘rsatkichlardan biri meva katta ko‘ndalang kesimining diametri hisoblanadi. 
Bu ko‘rsatkich birinchi tovar navlarida 55 mm dan, ikkinchi tovar navlarida 45 mm 
dan,  uchinchi  tovar  navlarida  esa  35  mm  dan  kam  bo‘lmasligi  yuqorida  keltirilgan 
standartlarda qayd etilgan. 
 
Behi.  Behi  daraxti  issiqsevar,  mevasi  katta,  tukchalar  bilan  qoplangan,  shakli 
olmaga  yoki  nokka  o‘xshash  bo‘ladi.  Mevasining  eti  zich,  ta’mi  tishni 
qamashtiruvchi,  hidi  hushbo‘y  va  yoqimli  bo‘ladi.  Behidan  yuqori  sifatli  murabbo, 
marmelad, kompot, jem singari mahsulotlar tayyorlanadi. 
 
Behi  mevalarining  o‘rtacha  kimyoviy  tarkibi  quyidagicha  (%):  suv  81-85, 
umumiy  qand  5-12  (fruktoza  ko‘proq),  organik  kislotalar  0,5-0,9  (asosan  olma  va 


 
15 
limon kislotalari), kletchatka 1,5, pektin moddalari 0,5-1,5, oshlovchi moddalar 0,44-
0,66,  mineral  moddalar  0,8  (temir  va  mis  ko‘proq).  SHuningdek,  behi  tarkibida 
S
1
,V,V
2
 va boshqa vitaminlar uchraydi. YAngi uzilgan behi mevasidan kamqonlik va 
boshqa  kasalliklarda  foydalaniladigan  tarkibida  temir  moddasi  ko‘p  bo‘lgan 
ekstraktlar tayyorlanadi. 
 
Behilar pishish muddatiga qarab ertapishar va kechkipishar turlariga bo‘linadi. 
Behilarning ertapishar navlari sentyabr oyida, kechkipishar navlari esa oktyabr oyida 
yig‘ib-terib olinadi. Ularning kechkipishar navlarini 4-8 oy saqlash mumkin. Saqlash 
jarayonida  behi  mevasi  biroz  yumshaydi,  taxirligi  kamayadi  va  o‘ziga  xos  xushbuy 
hid  paydo  qiladi.  Shu  sababli,  murabbo,  jem  va  boshqa  mahsulotlar  olish  uchun 
uzoqroq saqlangan mevalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
 
Xo‘jalik  botanik  belgilari  bo‘yicha  behilar  ham  ikki  pomologik  guruhga 
(GOST  21715-76),  sifati  bo‘yicha  esa  1-chi  va  2-chi  tovar  navlariga  bo‘linadi. 
Ularning  sifatini  aniqlashda  tashqi  ko‘rinishi,  katta-kichikligi,  pishib  etilganlik 
darajasi va ruxsat etiladigan chetlanishlar darajasi kabi ko‘rsatkichlariga katta e’tibor 
beriladi. Eng katta ko‘ndalang kesimining diametri 1-navida kamida 60 mm, 2-navida 
esa  kamida  45  mm  bo‘lishi  kerak.  Respublikamizda  behilarning  Non  behi,  Baxri, 
Turush, shirin, Samarqand kabi navlari etishtiriladi.  
 
 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish