7
Oziq-ovqat mahsulotlar ekspertizasi fanining ob’ektlari materiallashgan oziq-
ovqat xom ashyolari va oziq-ovqat tovarlari hisoblanadi. Mazkur fan bo‘yicha
nazariy bilimlarni bayon etishda oziq-ovqat tovarlari quyidagi guruhlarga bo‘linib,
ularning sifatini ekspertiza qilishning o‘ziga xos-xususiyatlari bayon etiladi: don, un,
yorma, non va makaron mahsulotlarining ekspertizasi; ho‘l va qayta ishlangan meva-
sabzavot mahsulotlarining ekspertizasi; yog‘larning ekspertizasi; sut va sut
mahsulotlarining ekspertizasi; go‘sht va go‘sht mahsulotlarining ekspertizasi; baliq
va baliq mahsulotlarining ekspertizasi. SHunday qilib, oziq-ovqat tovarlari ekspertiza
faoliyatining asosiy ob’ekti sifatida qaraladi.
Oziq-ovqat
tovarlarining
iste’mol
qiymatini
belgilovchi
muhim
ko‘rsatkichlaridan biri ularning inson hayoti, sog‘ligi uchun xavfsizligi eng muhim
hisoblanadi. Shu sababli ham bugungi kunda hayotiy faoliyatimizda qo‘llanilib
kelinayotgan «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi (1993 y.), «Mahsulotlar
va xizmatlarni
sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi (1993 y.), «Iste’molchilarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida»gi (1996 y.), «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi
to‘g‘risida»gi (1997 y.) Qonunlarining qabul qilinishi buning yaqqol namunasidir.
Oziq-ovqat tovarlari bilan ishlaydigan sub’ektlarga esa tovarshunos-ekspertlar,
marketologlar, sotuchilar, sotuvchi menejerlar, omborxona xodimlari, oziq-ovqat
laboratoriyasi xodimlari kabilarni kiritish mumkin.
Oziq-ovqat
mahsulotlar
ekspertizasining predmeti bo‘lib oziq-ovqat
tovarlarining iste’mol qiymati, shuningdek uni bilish va ta’minlash uslublari
hisoblanadi. Faqatgina oziq-ovqat tovarlarining iste’mol qiymatigina ularning
tovarligini belgilaydi, ya’ni ular iste’molchilarning aniq bir ehtiyojlarini qondiradi.
Agar oziq-ovqat tovarlari qiymati bo‘yicha iste’molchi ehtiyojini qondirmasa, u
holda bu tovarga talab shakllanmaydi va undan foydalanilmaydi.
Oziq-ovqat
mahsulotlari
ekspertizasi
fani
ekspertlar,
tijoratchilar,
marketologlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashda kerak bo‘ladigan birdan-bir
fan bo‘lmasdan u tabiiy-ilmiy, matematik, standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish asoslari kabi umumixtisoslik fanlari bilan birgalikda o‘rganiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi sifat ekspertizasi, gigienik ekspertiza va
fitosanitariya ekspertizasi singari ekspertiza turlarini o‘z ichiga oladi. Oziq-ovqat
tovarlarining sifat ekspertizasining yakuniy xulosasi bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va
shu asosda muvofiqlik sertifikati beriladi.
Gigienik ekspertizaning maqsadi oziq-ovqat tovarlarining kishilarning hayoti,
sog‘ligi va iste’molchilarning mol-mulki uchun xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.
Oziq-ovqat mahsulotlariga gigienik talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a)
kimyoviy, radiatsion, mikrobiologik, xavfsizlik ko‘rsatkichlarini;
b) baliq va nobaliq suv jonivorlarining parazitologik xavfsizlik ko‘rsatkichlarini;
v)
oziq-ovqat
qo‘shimchalarining ruxsat etilgan konsentratsiya (PDK)
ko‘rsatkichlarini va hokazolarni.
Davlat sanitariya xizmati organlari tomonidan oziq-ovqat tovarlari va xom
ashyolariga berilgan gigienik sertifikati oziq-ovqat mahsuloti, texnologiya, uskuna va
boshqa jarayonlar amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos ekanligini
tasdiqlaydigan hujjatdir. Gigienik sertifikati oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
8
chiqarishga joriy etishda, chet el tovarlarini mamlakat ichkarisiga olib kirishda
majburiy hujjat hisoblanadi.
Gigienik sertifkatni berish uchun asosiy hujjat akkreditatsiyadan o‘tgan sinov
laboratoriyalari tomonidan beriladigan sinov bayonnomasi hisoblanadi. SHuningdek,
oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rab-joylash uchun ishlatiladigan materiallar, idishlar ham
gigiena sertifikatiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Fitosanitariya ekspertizasi o‘simlik mahsulotlarining karantin xavfsizligini
aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Fitosanitariya ekspertizasining maqsadi qishloq xo‘jalik zararkunandalarining
tarqalishining oldini olishdan iboratdir. Fitosanitariya ekspertizasining natijasi bo‘lib,
ekspertiza dalolatnomasi yoki fitosanitariya sertifikati hisoblanadi. O‘simlik
xomashyolariga fitosanitariya sertifikatisiz muvofiqlik sertifikati berish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: