O‘zbekiston respublikasi oliy va


Fiziologik-biokimyoviy  jarayonlar



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Fiziologik-biokimyoviy  jarayonlar.  Meva  va  sabzavotlarni  saqlaganda  ro‘y 
beradigan  eng  muhim  fiziologik-biokimyoviy  jarayonlarga  ularning  kimyoviy 
tarkibining o‘zgarishi va nafas olish kiradi. 
 
Kimyoviy  tarkibining  o‘zgarishi.  Bu  jarayonlarni  ham  biokimyoviy 
jarayonlarga  kiritish  mumkin,  chunki  dastlab  meva  va  sabzavotlar    tarkibida 
boradigan o‘zgarishlar xilma-xil fermentlar ta’sirida ro‘y beradi. 
 
Meva  va  sabzavotlarni  yig‘ishtirib  olingandan  keyin  nafas  olish  uchun  sarf 
bo‘ladigan  uglevodlar  miqdorining  o‘zgarishi  ayniqsa  ahamiyatlidir.  Ko‘pchilik 
mevalarda  va  sabzavotlar  tarkibida  bo‘ladigan  polisaxarid  kraxmal  gidrozlanib 
glyukozaga  parchalanadi.  Natijada  meva  va  sabzavotlar  tarkibida  umumiy  qand 
miqdori  oshadi.  SHuningdek,  saxaroza,  protopektin,  gemitsellyuloza,  organik 
kislotalar  miqdori  ham  kamayadi,  lekin  suvda  eriydigan  pektin  miqdori  ortadi. 
Protopektinnning  suvda    eriydigan  pektinga  aylanishi  natijasida  mevalar  yumshab 
qoladi. Lekin, uglevodlarning gidrozlanish tezligi bu o‘zgarishlarning xarakteri meva 
va sabzavotlarning turiga, naviga, saqlash sharoitiga, pishganlik darajasiga va boshqa 
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, olmalarning qishgi navini uzoq saqlaganda invert 
qandining  miqdori  ortsada,  saxaroza  miqdori  deyarli  o‘zgarishsiz  qoladi.  Umumiy 
qand  miqdorining  ortishi  nafaqat  kraxmalning  qandga  aylanishi  natijasida  ro‘y 
beradi,  balki  gemitsellyuloza  va  pektin  moddalarining  gidrozlanishi  natijasida  ham 
qand miqdori ortadi. 
 
Loviya, gorox, qand olish uchun qo‘llaniladigan makkajo‘xorilarni saqlaganda 
esa teskari, ya’ni qandning kraxmalga aylanish holatini kuzatish mumkin. 
 
Kartoshkani  saqlaganda  esa  kraxmalning  gidrozlanib  qand  hosil  qilishi  va 
aksincha, qandning kraxmalga aylanish kabi jarayonlar ro‘y beradi. 
 
Meva va sabzavotlarni saqlaganda aslida umumiy kislotaligi kamayadi. Lekin, 
ba’zi  bir  tur  organik    kislotalar  miqdori  va  trikarbon  kislotalarining  Krebs  siklida 
ishtirok  etishi  natijasida  ortishi  mumkin.  Mevalarda  kislota  miqdorining  o‘zgarishi 
ularda RN ko‘rsatkichining ortishiga sabab bo‘ladi. Meva va sabzavotlarda kislotalar 
miqdorining  kamayishini  ularning  nafas  olish  jarayoniga  sarf  bo‘lishi  bilan  ham 
tushuntiriladi. 
 
Mevalarni saqlaganda ularning sifatiga pektin kompleksidagi o‘zgarishlar ham 
katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Pektin  moddalari  miqdorining  kamayishi  ham  nafas  olish 
jarayoni  bilan  izohlanadi.  Pishib  etilib  ketgan  mevalarda  esa  pektin  moddasi 
poligalakturon kislotasigacha parchalanishi kuzatiladi. 
 
Meva  va  sabzavotlarni  saqlaganda  ularning  tarkibidagi  kletchatka  miqdori 
deyarli o‘zgarmaydi, lekin polifenol moddalarining miqdorining kamayishi natijasida 
ularning ta’m ko‘rsatkichlari ham bir muncha o‘zgaradi. 
 
Meva  va  sabzavotlarni  saqlaganda  ularning  tarkibidagi  vitaminlarda  ham 
ma’lum  darajada  o‘zgarishlar  bo‘ladi.  Masalan,  S  vitamini  miqdori  saqlash  
jarayonida  uzluksiz  ravishda  kamayib  boradi.  Pigmentlardan  esa  xlorofill  miqdori 
kamayib, karotinoidlar miqdori esa ortadi. 


 
36 
 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish