(mln.AQSH dol. hisobida).
И.А.Каримов. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. Т.: Ўзбекистон, 1992. 24-27 бетлар.
MDH bilan
+267.0
+807,7
+2372,9
Xorijiy davlatlar bilan
- 186.6
+3261,7
+1873,7
______
Manba: Respublika makroiqtisodiyot va statistika vazirligi ma‘lumotlari.
Hozirgi sharoitda, eng avvalo, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanish
sur‘atlaridagi salbiy jarayonlarni bartaraf etish lozim. Ayniqsa, bu milliy
iqtisodiyot asosiy tarmoqlarining rivojlanishida, tashqi savdoning o‘sish
sur‘atlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Tashqi savdoni rivojlanishida so‘nggi yillarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Ijobiy o‘zgarishlarga: eksport-import bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni
ro‘yxatga olish amaliyotini soddalashtirilishi; tashqi iqtisodiy aloqalar import
kontraktlarini dastlabki ro‘yxatga olishning bekor qilinishi; qo‘shimcha qiymat
solig‘idan tashqari barcha turdagi soliq va yig‘imlarni to‘lashdan ozod qilingan
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan raqobatbardosh tayyor
iste‘mol tovarlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha
choralarning qo‘llanilishi; Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ), Markaziy Bank (MB)
va Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) o‘rtasida tashqi savdo amaliyotlarida
ayriboshlashning yagona elektron tizimining yaratilishi; joriy xalqaro amaliyotlar
bo‘yicha milliy valyutani (so‘mni) erkin ayirboshlash, konvertastiyaning kiritilishi;
yuridik shaxslar, shuningdek eksport-import amaliyotlarini amalga oshirish
huquqiga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olingan
jismoniy shaxslar uchun yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilishda
bojxona to‘lovi stavkasi nolga tenglashtirilishi bo‘ldi.
Eksport tarkibida sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. energiya va neft
mahsulotlaridan tashqari tovarlarning barcha guruhlari bo‘yicha 2010 yilga
nisbatan eksport hajmining ko‘payishi kuzatildi. Yuqori qo‘shimcha qiymatga ega
bo‘lgan mahsulotlar (mashina va uskunalar, engil sanoat mahsulotlari, boshqa
tayyor buyumlar) mavqei yaxshilandi. Shu tariqa, avtomobilsozlik sanoati
mahsulotlari hisobiga mashina va uskunalarni eksport qilish hajmi 2,1 marta oshdi.
Yil davomida respublikaning asosiy eksport tovarlariga qulay baho kon‘yunkturasi
kuzatildi. Paxta va oltinning jahon bozorlarida yuqori baholar saqlanib turdi. Xitoy,
Avstraliya va Afrikaning bir qator hududlarida kam paxta hosili olinishi oqibatida,
jahon bozorida bir tonna paxta tolasining bahosi ko‘tarildi. Paxta xom ashyosini
eksport hajmi 2009 yilga nisbatan 46,4%, rangli va qora metallar 52,7%,
oziqg‘ovqat mahsulotlar 77,1% ga oshdi. eksportdagi paxta tolasining ulushi 2,7
foiz darajaga oshdi va 11,3%ni tashqil etdi, energetik resurslarning ulushi esa 19,8
foiz darajaga kamaydi. Rangli va qora metallar ulushi 6,8%ni tashqil etdi va 2009
yilga nisbatan 1,8% oshdi.(2- jadval).
Respublikamiz tashqi savdosida nafaqat miqdoriy o‘zgarishlar yuz berib
qolmasdan, balki tarkibiy o‘zgarishlar ham amalga oshirildi. Asta sekinlik bilan
eksport tovarlari tarkibida xom-ashyo emas tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli
darajada oshib bormoqda, shu bilan birga import tarkibi ham o‘zgarib brmoqda.
Asosiy e‘tibor mashina va asbob- uskunalar, yangi texnologiyalar va ―nou-xau‖
keltirishga qaratilmoqda.
2- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: