O’zbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi


 Investitsiya mohiyati va shakllari



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/62
Sana19.07.2021
Hajmi2,99 Mb.
#123081
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Bog'liq
tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari

1. Investitsiya mohiyati va shakllari 

 

«Investitsiya»  atamasi  lotin  tilidagi  «invest»  so‘zidan  kelib  chiqqan  bo‘lib 



«qo‘yish»,  «mablag‘ni  safarbar  etish»,  «kapital  qo‘yilmasi»  ma‘nosini  beradi. 

Keng  ma‘noda  investitsiya  mablag‘ni  ko‘paytirib  va  qaytarib  olish  maqsadida 

kapitalni  safarbar  etishni  bildiradi.  Ko‘pgina  hollarda  «investitsiya»  tushunchasi 

iqtisodiy  va  boshqa  faoliyat  ob‘ektlariga  kiritiladigan  moddiy  va  nomoddiy 

ne‘matlar  hamda  ularga  doir  huquqlar  tarzida  tariflanadi.  Investitsiya  deyilganda 

barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati 

ob‘ektlariga yo‘naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi 

zarur.  Investitsiya  kiritishdan  asosiy  maqsad  daromad  olish  va  ijobiy  ijtimoiy 

samaraga erishishdir. 

O‘zbekiston  Respublikasida  investitsiya  xususida  qonuniy  hujjatlar  1991 

yildan  boshlab  qabul  qilingan  bo‘lib,  ular  o‘tgan  vaqt  ichida  ancha 

takomillashtirildi.  O‘zbekiston  Respublikasining  ―Investitsiya  to‘g‘risida‖gi 

qonunida  ko‘rsatilishicha,  ―investitsiya  bu  -  iqtisodiy  samara  (foyda,  daromad) 

olish  yoki  ijobiy  ijtimoiy  natijaga  erishish  uchun  sarflanadigan  pul  mablag‘lari, 

banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), 

texnologiyalar,  mashinalar  asbob-uskunalar,  litsenziyalar  va  samara  beradigan 

boshqa  har  qanday  boyliklardir‖.Bu  iqtisodiy  tarif  investitsiyaning  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitiga  mos  kelishini  to‘laligicha  tasdiqlaydi.  Jumladan,  unda, 

birinchidan,  investitsiyaning  o‘ziga va investitsiya  faoliyatining  ob‘ektlariga  keng 

ta‘rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara 




olishga  muqarrar  bog‘liqligi  ta‘kidlab  o‘tilgan.  Demak,  investitsiyaga  bozor 

munosabatlaridan  kelib  chiqib  berilgan  ta‘rifning  o‘zidayoq  investitsiya 

jarayonning  hajmi,  asosiy  bosqichlari,  yani  jamg‘armalar  (resurslar),  qo‘yilma 

mablag‘lar  (sarf-xarajatlar),  samara  (daromad,  foyda)  aniq  va  ravshan  ko‘rsatib 

o‘tilgan.  Xuddi  shu  kabi  yondashuv  investitsiya  faoliyatning  bozor 

munosabatlariga o‘tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy  moddiy va aqliy 

boyliklarni  qayta  taqsimlashning  vertikal  va  gorizontal  usullaridan  bir  xilda 

foydalanishni ta‘minlab beradi. 

Investitsiyalarning iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadigan bo‘lsak, bu 

o‘rinda  ―investitsiya‖  tushunchasining  moliyaviy,  mulkiy  va  intellektual  (aqliy) 

qimmati  takror  ishlab  chiqarishning  dastlabki  va  asosiy  tushunchasi  bo‘lib 

maydonga  chiqishini  unutmaslik  kerak.  Ko‘pgina  iqtisodchi  olimlar  va 

amaliyotchilarning  asarlarida  investitsiya  va  u  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  boshqa 

muammolar  to‘g‘risida  fikrlar  bor.  Masalan,  professor  ye.  V.  Mixaylovaning 

fikricha,  investitsiya  bu  sub‘ekt  ixtiyoridagi  barcha  moliyaviy,  moddiy  va  boshqa 

boyliklarni  kelajakda  iqtisodiy  samara  olish  uchun  biror  ob‘ektga  sarflashdir.  Bu 

o‘rinda  investitsiyaning  mohiyati  bilan  mazmunini  bozor  iqtisodiyotiga 

moslashtirib ochib berishga harakat qilingan. 

Investitsiya  to‘g‘risida  O‘zbekiston  Respublikasida  qabul  qilingan  qonunda 

ko‘rsatilishicha, investitsiya bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy 

ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan 

omonatlar,  paylar,  qimmatli  qog‘ozlar  (aktsiya,  obligatsiyalar),  texnologiyalar, 

mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday 

boyliklardir. 

 

2-chizma. Investitsiya turlari 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  har  bir  investitsiya  turining  o‘ziga  xos  o‘rni 

bo‘ladi.  

Moliyaviy  investitsiyalar  tarkibiga  mahalliy  va  xorijiy  mamlakatlarning  pul 

birliklari,  banklardagi  omonatlar,  depozit  sertifikatlar,  aktsiyalar,  obligatsiyalar  va 

boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. 

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, yani binolar, asbob-uskunalar, 

inshootlar,  kommunikatsiyalar  va  boshqa  turdagi  asosiy  ishlab  chiqarish 

fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. 

Aqliy  (intellektual)  investitsiyalar  miqdori  juda  rang-barangdir,  ya‘ni  ular 

mulkiy  huquqlar  shaklidagi  investitsiyalar,  aqliy  mehnatga  oid  shakldagi 

 

Investitsiyalar 



Moliyaviy 

investitsiyalar 

Moddiy 

investitsiyalar 

Aqliy 

(intellektual) 



investitsiyalar 


investitsiyalar  va  tabiiy  resurslardan  foydalanish  shaklidagi  investitsiyalardan 

iborat.Mulkiy  huquqlar  guruhiga  kiradigan  investitsiyalarning  turlari  bozor 

munosabatlarining  nechog‘lik  rivojlanganligiga,  milliy  bozorlarning  o‘ziga  xos 

tomonlariga  qarab  har  xil  bo‘ladi.  Aqliy  mehnatga  oid  haq-huquqlar  shaklidagi 

investitsiyalar  tarkibiga  mualliflik  huquqlari,  ―nou-xau‖,  kashfiyotlar,  tovar 

belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi. 

Hududiy 

joylashtirilishi 

bo‘yicha  investitsiyalar  ichki  va  tashqi 

investitsiyalarga bo‘linadi. 

Tarkibiy  tuzilishiga  ko‘ra  investitsiyalar  yalpi  va  sof  investitsiyalarga 

ajratiladi. Yalpi investitsiyalar - bu ishlab chiqarish vositalarining iste‘mol qilingan 

qismini  qoplash  hamda  ularni  qo‘shimcha  o‘sishi  maqsadida  ishlab  chiqarish 

jamg‘armalari va aholi mablag‘lari qo‘yilmalaridir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, 

yalpi  investitsiyalar  o‘z  ichiga  amortizatsiya  va  sof  investitsiyalarni  oladi.  Sof 

investitsiyalarni  aniqlash  uchun  yalpi  investitsiyalardan  amortizatsiya  ajratmalari 

chiqarib  tashlanadi.  Yalpi  investitsiyalar  va  amortizatsiya  o‘rtasidagi  nisbatga 

qarab iqtisodiyotning ahvoli qanday ekanligini, ya‘ni yuksalish, yo turg‘unlik yoki 

pasayish  davrini  boshidan  kechirayotganligini  aniqlash  mumkin.  Agarda,  yalpi 

investitsiyalar  amortizatsiyadan  ortiq,  ya‘ni  sof  investitsiya  yuqori  bo‘lsa, 

iqtisodiyot  yuksalishda  bo‘ladi,  chunki  uning  ishlab  chiqarish  quvvatlari  o‘sadi. 

Yalpi  investitsiya  va  amortizatsiya  bir-biriga  teng  bo‘lgan  chog‘da  iqtisodiyotda 

turg‘unlik  holati  vujudga  kelishi  mumkin.  Bu  vaziyatda  sof  investitsiyalar  nolga 

teng  bo‘lib,  iqtisodiyotda  shu  yili  qancha  kapital  iste‘mol  qilingan  bo‘lsa,  uni 

qoplash uchun shuncha kapital qo‘yilmalar kerak bo‘ladi. 

Qo‘yilish  ob‘ektiga,  yo‘naltirilayotgan  sohalar  va  ularni  ishlatishdan 

olinadigan natijalarga  qarab  investitsiyalar  real  va  moliyaviy  shakllarga  ajratiladi. 

Real  investitsiyalar  –  pul  mablag‘larini  korxonaning  moddiy  va  nomoddiy 

aktivlariga  sarflanishidan  iborat.  Moliyaviy  investitsiyalar  tarkibiga  mahalliy  va 

xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli 

qog‘ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. 

Xususiy  investitsiyalar  nodavlat  yuridik  shaxslarining  va  fuqarolarning 

mablag‘larini  tadbirkorlik  faoliyati  ob‘ektlariga  qo‘yilishini  anglatadi.  Davlat 

investitsiyalari  -  bu  davlat  tomonidan  milliy  daromadning  davlat  byudjeti 

mablag‘lari ko‘rinishida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun sarflayotgan 

mabalag‘laridir. Xorijiy investitsiyalar - bu chet yel investorlari tomonidan yuqori 

darajada  daromad  olish,  samaraga  erishish  maqsadida  mutloq  boshqa  davlat 

iqtisodiyotining,  tadbirkorlik  va  boshqa  faoliyatlariga  safarbar  etadigan  barcha 

mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir. 

 


Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish