«Muhandislik psiхоlоgiyasi» avtоmatlashtirilgan bоshqarish tizimlariga хizmat ko‘rsatishda juda katta aхbоrоt оqimini qabul qilish va qayta ishlash natijasida insоn оrganizmida sоdir bo‘ladigan psiхоlоgik o‘zgarishlarni tadqiq qiladi. Vazifa оpеratоr uchun tеz va to‘g‘ri qarоrga kеlishni оsоnlashtirishdan ibоrat. «Muhandislik psiхоlоgiyasi»ning tavsiyalaridan «Ergоnоmika»da, masalan, bоshqaruv pul’tlarini lоyihalash, ularni ratsiоnal jоylashtirish va hоkazоlarda fоydalaniladi.
«Ishlab chiqarish estеtikasi» buyumlar, jihоzlar, asbоblar kishi оrganizmining хususiyatlariga mоs bo‘lishiga erishish uchun ularni badiiy kоnstruktsiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, kоrхоna хоnalarini estеtik bеzash nоrmalarini aniqlaydi.
«Mеhnat sоtsiоlоgiyasi» mеhnat taraqqiyoti va mеhnat insоn uchun birinchi hayotiy ehtiyojga aylanishining eng umumiy qоnunlarini o‘rganadi. U aqliy mеhnat bilan jismоniy mеhnat o‘rtasidagi, sanоat mеhnat bilan qishlоq хo‘jaligi mеhnati o‘rtasidagi ziddiyatni yo‘qоtishning tub yo‘nalishlarini ishlab chiqadi. «Mеhnat sоtsiоlоgiyasi»ning kоrхоnadagi amaliy vazifalari mеhnat taqsimоti chеgaralarini tоpish, bir yo‘la bir nеcha kasbda ishlash, mеhnat jamоalarini tuzish, mеhnat jamоasida, tsехda, brigadada qulay «psiхоlоgik iqlim» yaratish va uni saqlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan ibоrat.
Nazоrat savоllari
1.«Mеhnatni tashkil qilish va bоshqarish» fanining maqsadini tushuntirib bеring va vazifalarini bayon eting.
2.«Mеhnatni tashkil qilish va bоshqarish» fanining vazifalari nimadan ibоrat?
3.«Mеhnatni tashkil qilish va bоshqarish» fanining prеdmеti nima?
4. Mеhnatni tashkil etish va mеhnat faоliyati o‘rtasida qanday bоg‘liqlik mavjud?
5.«Mеhnatni tashkil qilish va bоshqarish» fani qaysi fanlar bilan alоqadоr?
1-mavzu bo‘yicha test
Mehnatni tashkil etish («tashkilot») tushunchasi qaerdan kelib chiqqan?
Lotincha organizo-kelishgan shaklni ma’lum qilaman.
Lotincha tartibli ko‘rinish.
Frantsuzcha tizimli tashkilot.
Italyancha chiroyli idora.
Kishilar o‘z mehnat predmetiga ta’sir ko‘rsatish vositalari-bu:
mehnat vositalaridir
asbob-uskunalar
mehnatni amalga oshirish usullari
ishlab chiqarish jihozlari
Mehnat predmeti – bu:
kishi mehnati yo‘naltirilgan tabiatdagi barcha predmetlardir
ishlab chiqarish jihozlari bo‘ladi
mehnatni amalga oshirish usullari
moddiy resurslar
Mehnat nima?
Mehnat _ kishilarning ma’lum bir maqsadga qaratilgan ongli faoliyati bo‘lib, bu faoliyat natijasida ular tabiatdagi mavjud narsalarni o‘zgartirish, o‘z ehtiyojlariga moslashtirish orqali moddiy ne’matlar va madaniy boyliklar yaratadilar.
Mehnat – ish vaqtida xodimlarning foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishi.
Mehnat _ kishilarning ma’lum bir maqsadga qaratilgan faoliyati bo‘lib, bu faoliyat natijasida ular moddiy ne’matlar va madaniy boyliklar yaratadilar.
Mehnat bu insonlarning qandaydir ishlarni bajarishlaridir.
Mehnat fiziologiyasi nimani o‘rgatadi?
Bu fan mehnat faoliyatining inson organizmiga ta’sirini tadqiq qiladi hamda uning yuqori mehnat qobiliyatini uzoq vaqt saqlashga qaratilgan tavsiyalar beradi.
tez taraqqiy qilishi bilan bunyodga kelgan mehnatni tashkil qilishning yangi shakllari, mexanizatsiyalashtirishni o‘rgatadi.
kishida ruhiy xususiyatlarning shaklanish qonuniyatlarini: uning ehtiyojlari, odatlari, ko‘nikmalari, qobiliyati, temperamenti,xarakteri, xotirasi, tafakkuri, xato harakatlarning oldini olish, ratsionalizatorlik va ixtirochilik qobiliyati va h.k. xususiyatlarini aniqlaydi.
xizmat ko‘rsatish jarayonlarida kishilarning o‘zaro munosabatlarini va bu munosabatlarning mehnat unumdorligiga, ishlab chiqarilgan mahsulotning, ko‘rsatilgan xizmatning sifatiga ta’sirini tadqiq qiladi.
Ergonomika nima?
nihoyatda qulay mehnat sharoitlarini yaratish uchun odam ishlatadigan mehnat qurollarini uning o‘ziga moslab berish maqsadida «odam_mashina» tizimini tadqiq qiladi
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlariga xizmat ko‘rsatishda juda katta axborot oqimini qabul qilish va qayta ishlash natijasida inson organizmida sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlarni tadqiq qiladi
fani insonning ish qobiliyatini va salomatligini saqlashga yordam beradigan tashqi muhit sharoitini aniqlab beradi
xizmat ko‘rsatish jarayonlarida kishilarning o‘zaro munosabatlarini va bu munosabatlarning mehnat unumdorligiga, ishlab chiqarilgan mahsulotning, ko‘rsatilgan xizmatning sifatiga ta’sirini tadqiq qiladi.
Mehnat sotsiologiyasiga ta’rif bering?
bu fan mehnat taraqqiyoti va mehnat inson uchun birinchi hayotiy ehtiyojga aylanishining eng umumiy qonunlarini o‘rganadi
buyumlar, jihozlar, asboblar kishi organizmining xususiyatlariga mos bo‘lishiga erishish uchun ularni badiiy konstruktsiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, korxona xonalarini estetik bezash normalarini aniqlaydi
bu shakl va tizimlar xodimlarda mehnatning har tomonlama asoslangan ilg‘or usul va uslublarini qo‘llanishdan, ish vaqti, jihozlar, asbob-uskunlar va xom-ashyolardan mumkin qadar samarali foydalanishdan moddiy va ma’naviy manfaatdorlik hissini tug‘dirishi
ishlab chiqishning ilmiy yo‘nalishlari orasida prakseologiya
samarali amaliy faoliyat tamoiyillari va usullari haqidagi fan muhim o‘rin egallaydi
«Ishlab chiqarish estetikasi» nimani o‘rganadi?
buyumlar, jihozlar, asboblar kishi organizmining xususiyatlariga mos bo‘lishiga erishish uchun ularni badiiy konstruktsiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, korxona xonalarini estetik bezash normalarini aniqlaydi.
buyumlar, jihozlar, asboblar tashkilot maqsadlariga mos bo‘lishiga erishish uchun ularni badiiy konstruktsiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, korxona xonalarini estetik bezash normalarini aniqlaydi.
Ishlab chiqarish jarayonida xodimlarda estetik xususiyatlarni shakllantiradi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning iste’molchilar talabiga mosligini o‘rganadi.
Jonli mehnat qanday jarayon?
Fiziologik jarayon
aqliy jarayon
avtomatlashtirilgan jarayon
virtual jarayon
“Mehnatni tashkil etish va boshqarish” fanining ob’ekti va predmeti nima?
mehnat
Inson
Iqtisod
Samaradorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |