Nazоrat savоllari. 1. “Ish jоyi” dеganda nimani tushunasiz va uning qanday turlari mavjud?
2. Ish jоyini tashkil etishga qanday talablar qo‘yiladi?
3. Ish jоylarini rеjalashtirishga qo‘yiladigan talablar nimalardan ibоrat?
4. Ish jоyini uskunalash va jihоzlashning mоhiyatini tushuntirib bеring?
5. Ish jоylarini tashkil etishda antrоpоmеtrik ma’lumоtlarni va ish jоylariga bo‘lgan estеtik talablarni tushuntiring?
5-mavzu bo‘yicha test
Ish joyi deb nimaga aytiladi?
mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat predmetlari bilan etarli ta’minlangan maydoni.
ishlab chiqarish hududi.
yuqori unumli va samarali ish qilishga maksimal darajada moslashtirish
sharoitlar yaratilishini hamda mehnatni tashkil etishning boshqa elementlarini amalga oshirish
Seriyali turdagi ishlab chiqarishning eng muhim xususiyatlariga taalluqli bo‘lmagan javobni ko‘rsating:
ish joylarining butun ko‘pchiligida maxsus asbob-uskunalar ishlatilishi
tuzilishi jihatidan bir xil bo‘lgan xiyla keng xildagi mahsulotning ozmi-ko‘pmi katta seriyalarda ishlab chiqarilishi vaqti-vaqti bilan takrorlanib turishi
universal mashinalar bilan birgalikda maxsus asbob-uskunalar qo‘llanishi
ish joylarini ularning har biriga turkum-turkum qilib tayyorlanadigan qismlarni (detallarni) ishlatishdagi bir qancha jarayonni doimiy ravishda birkitib qo‘yish yo‘li bilan predmetli ixtisoslashtirish
Ish joylarini rejalashtirish uch xil va ular qaysilar?
umumiy rejalashtirish, xususiy rejalashtirish va ichki rejalashtirishdan iborat.
umumiy rejalashtirish, xususiy rejalashtirish va tashqi rejalashtirish
asosiy rejalashtirish, xususiy rejalashtirish va tashqi rejalashtirish
umumiy rejalashtirish iqtisodiy rejalashtirish va ichki rejalashtirish
Tashkiliy jihozlar deganda nima tushuniladi?
Bunda ish joyida bajariladigan mehnat operatsiyalarining uzluksiz davom etishini, samaradorligini, sifatli va qulayligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tashkiliy jihozlar tushuniladi.
Bunda ish joyidagi shunday zarur texnologik operatsiyalarni samarali va sifatli qilib bajarish ana shu vositalar yordamida ta’minlanadi.
Yordamchi uskunalarga transportyorlar, aravachalar, yuk ko‘taradigan har xil moslamalar va ish joyi doirasida ko‘chirib yurishni osonlashtirishga mo‘ljallangan boshqa asboblar kiradi
moslamalar va instrumentlar (qirqish, tekshirish, o‘lchash asboblari va yordamchi qurollar) kiradi
Ishchilar soniga ko‘ra ish joyi quyidagi turlarga bo‘linadi:
yakka va brigada ish joylari
ommaviy, seriyali ish joylari
brigada, umumiy ish joylari
umumiy, yakka ish joylari
Ish joyiga bir xil mehnat funktsiyalari va turli ishlar yoki qismlarning biriktirib qo‘yilishi-bu:
ish joyining ixtisoslashtirilishidir
seriyali ishlab chiqarishni joriy etish tushuniladi
yakka ishlab chiqarishni joriy etish hisoblanadi
uzluksiz ishlab chiarishni joriy etish
Ish joylarini rejalashtirish turlari quyidagilardan iborat:
umumiy, xususiy va ichki
umumiy va seriyali
ommaviy va yakka
umumiy va qisman
Ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti
bu-ish joyini normal saqlashga ketgan vaqt
ish joyini tashkil etishga ketgan vaqt hisoblanadi
buzilishlarni oldini olishga ketgan vaqt
mahsulot yetkazib berishga ketgan vaqt
Ish joyini normal holda saqlashga ketgan vaqt-bu:
xizmat ko‘rsatish vaqtidir
operativ vaqt hisoblanadi
asosiy vaqt tushuniladi
yordamchi vaqt tushuniladi
Ish joylarini tashkiliy texnik sharoitlarini tahlil qilish, u asosida norma belgilash – bu:
tajriba tariqasida normalashdir