Muammoli o„qitish texnologiyasi
Muammoli o‗qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj.Dyunning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30- yillarida tarqala boshladi. Dj.Dyun o‗qitish uchun quyidagilarni asos qilib belgiladi: ijtimoiy, konstruksiyalash, badiiy ifodalash, ilmiy- tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: so‗z, san‘at asarlari, texnik qurilmalar, o‗yinlar va mehnat.
Bugungi kunda, muammoli o‗qitish deganda mashg‗ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan o‗quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o‗quvchilar kasbiy bilimlarga, ko‗nikmalarga, malakalarga ega bo‗ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli o‗qitish, o‗qitishning shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu erda shaxs sub‘ekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi - pedagogik jarayonda o‗ziga xos qiziqish uyg‗otishdir.
-
-
Muammoli vaziyatlar kiritilib, an‘anaviy, bayon etish o‗quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, o‗quvchini uni echishga yo‗naltiradi, echimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o‗qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo‗lishi individual
holat bo‗lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
“SWOT-tahlil” metodi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, baxs –munozaralar o‗tkazishda yoki o‗quv seminari yakunida, yoki o‗quv rejasi asosida biron bir bo‗lim o‗rganib bo‗lingach qo‗llanilishi mumkin. Bu texnologiya tinglovchilarni o‗z fikirlarini himoya qilishga, erkin fikirlash va o‗z fikrini boshkalarga o‗tkazishga , ochiq xolda baxslashishga , o‗quv jarayonida egallagan
bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni baxslashish madaniyatiga o‗rgatadi.
Namuna: yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulining SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushiring.
S
|
yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulining afzallik tomonlari
|
Bir vaqtning o‗zida tekshiri-luvchi moddaning ham chinligi, ham to‗zalagi va ham miqdorini
aniqlashga imkon beradi..
|
W
|
yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulining kamchilik tomonlari
|
Asbob qimmat turadi...
|
O
|
yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usulidan
foydalanishning imkoniyatlari
|
Internet bilan bog‗langan...
|
T
|
To‗siqlar (tashqi)
|
Elektr bo‗lmasa ishlamaydi...
|
“Keys-stadi” metodi
Keys-stadi interaktiv ta‘lim metodi sifatida tinglovchilar tomonidan eng afzal ko‗riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi o‗qituvchi va tinglovchilarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Buning sababi sifatida ushbu metod tinglovchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni
o‗zlashtirishda hamda amaliy ko‗nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‗lish imkoniyatini berishida ko‗rish mumkin. O‗z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) tinglovchilarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta‘sir o‗tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan ―ulg‗ayishiga‖ xizmat qilishi, ta‘lim
olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‗qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‗rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan‘anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi.
“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |