Indikatorning rang o‟zgartirish pH oralig‟i
Indikatorning nomi
|
Rang o‘zgarishi
pH oralig‘i
|
Rangning
o‘zgarishi
|
Metil binafsharang
|
0,1-1,5
|
Sariq-yashil
|
Krezol qizili (purpurovыy)
|
1,2-2,8
|
Qizil-sariq
|
Timol ko‘ki
|
1,2-2,8
|
Qizil-sariq
|
Tropeolin 00
|
1,4-3,2
|
Qizil-sariq
|
Metil binafsharang
|
1,5-3,2
|
Yashil-binafsha
|
Dimetil sarig‘i
|
3,0-4,0
|
Qizil-sariq
|
Metil zarg‘aldog‘i
|
3,0-4,4
|
Qizil-sariq
|
Bromfenol ko‘ki
|
3,0—4,5
|
Sariq-binafsha-havorang
|
Kongo qizili
|
3,0-5,2
|
Ko‘k binafsha-qizil
|
Bromkrezol ko‘ki
|
3,8-5,4
|
Sariq-ko‘k
|
Metil qizili
|
4,2-6,2
|
Qizil-sariq
|
Lakmoid
|
4,0-6,4
|
Qizil-ko‘k
|
Alizarin qizili S
|
3,7-5,2
|
Sariq-binafsha
|
Bromkrezol qizili (purpurovыy)
|
5,2-6,8
|
Och sarg‘ish-qizil binafsha
|
Bromtimol ko‘ki (yoki yashili)
|
6,0-7,6
|
Sariq-ko‘k
|
Neytral qizili
|
6,8-8,0
|
Qizil-sariq
|
Fenol qizili
|
6,8-8,4
|
Sariq-qizil
|
Krezol qizili
|
7,2-8,8
|
Sariq-qizil
|
α-naftolftalein
|
7,3-8,7
|
Sarg‘ish-ko‘k
|
Krezol qizili (purpurovыy)
|
7,6-9,2
|
Sariq-binafsha
|
Timol ko‘ki
|
8,0-9,6
|
Sariq-ko‘k
|
Fenolftalein
|
8,2-10,0
|
Rangsiz-qizil
|
Timolftalein
|
9,3-10,5
|
Rangsiz-ko‘k
|
Alizarin sarig‘i R
|
10,1-12,1
|
Sariq-qizil zarg‘aldoq
|
Malaxit yashili
|
11,4-13,0
|
Yashil-rangsiz
|
lndigokarmin
|
11,6-14,0
|
Ko‘k-sariq
|
Kuchsiz kislotalarni titrlash Nikotin kislotasining miqdorini aniqlash
Kuchsiz kislotalarni kuchli asoslar bilan titrlaganda hosil bo‘lgan tuz gidrolizlanib, eritmada ishqoriy muhit hosil qilganligi uchun ishqoriy sharoitda rang o‘zgartiruvchi indikatorlardan (fenolftalein) foydalaniladi.
Aniqlash tartibi:
0,3 g atrofidagi (aniq tortma) nikotin kislotani 100 ml hajmli kolbaga solib, 25 ml yangi haydalib, sovitilgan suvda eritiladi. So‘ngra fenolftalein ishtirokida 0,1 mol/l natriy gidroksid bilan titrlanadi. E=M.m. 1 ml 0,1 mol/l natriy gidroksid 0,01231 g nikotin kislotasiga to‘g‘ri keladi. Nikotin kislotasining foiz miqdori 99,5% dan kam bo‘lmasligi kerak. Nikotin kislotasining foiz miqdori quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
V K
X
T 100
a
ml;
V — titrlash uchun sarf bo‘lgan 1 mol/l natriy gidroksid eritmasining hajmi,
K — tuzatish koeffitsienti;
T—nikotin kislotaning titri, 0,01231.
Benzoy kislotaning miqdorini aniqlash
Benzoy kislota suvda erimaydi, spirtda oson eriydi. Spirtli sharoitda benzoy kislota tuzlari kam gidrolizlanadi.
Aniqlash tartibi:
0,2 g atrofidagi (aniq tortma) benzoy kislota 100 ml hajmli kolbaga solib, 20 ml fenolftalein ishtirokida neytrallangan spirt qo‘shib eritiladi, so‘ngra fenolftalein indikatori ishtirokida 0,1 mol/l natriy gidroksid eritmasi bilan qizil rang hosil bo‘lguniga qadar titrlanadi. E=M.m. 1 ml 0,1 mol/l natriy gidroksid eritmasi 0,01221 g benzoy kislotaga to‘g‘ri keladi. Benzoy kislotaning dori moddadagi foiz miqdori 99,5% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Barbitalning miqdorini aniqlash
Barbital suvda erimaydi, spirtda eriydi, tuzlari spirtda erimaydi. Barbital kuchsiz kislota xossasiga ega bo‘lib, dissotsiatsiyalanish konstantasi K=l,3·10-8 ga teng. Uni ishqor bilan titrlaganda hosil bo‘lgan tuz, suvli eritmada gidrolizlanishi natijasida ekvivalent nuqtani aniqlab bo‘lmaydi.
Barbitalning spirtli eritmasini ishqor bilan titrlaganda indikator sifatida timolftalein olinadi. Ekvivalent nuqtada, ortiqcha ishqor bo‘lganida muhit rN=9,3—10,5 atrofida bo‘lib, shu sharoitda indikator timolftalein o‘z rangini o‘zgartiradi.
Aniqlash tartibi:
Ikkita bir xil 100 ml hajmli kolbaga 10 ml dan 0,1 mol/l natriy gidroksid eritmasi bilan timolftalein bo‘yicha neytrallangan spirt solinadi. Birinchi kolbaga 0,5 g atrofida (aniq tortma) barbital, ikkinchi kolbaga esa 20 ml yangi haydalib, sovitilgan tozalangan suv solinadi. Nazorat kolbasidagi suyuqlik ko‘k rangga o‘tguniga qadar 0,1 mol/l natriy gidroksid eritmasi biian titrlanadi. Nazorat kolbasidagi suyuqlik rangiga solishtirilgan holda bir xil rang hosil bo‘lguniga qadar tekshiruv kolbasidagi eritma 0,1 mol/l natriy gidroksid bilan titrlanadi. E=M.m. 1 ml 0,1 mol/l natriy gidroksid 0,01842 g barbitalga to‘g‘ri keladi. Barbitalning dori moddadagi foiz miqdori 99,5% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Teoflllinning miqdorini aniqlash
Teofillin purin hosilasi bo‘lgan dori moddalar qatoriga kirib, kuchsiz kislotali xossasiga ega, uning dissotsiatsiyalanish konstantasi K0= 1,7·10-9 ga teng.
Teofillinning miqdorini aniqlashdan avval 0,1 mol/l kumush nitratning eritmasidan qo‘shiladi, so‘ngra ajralib chiqqan nitrat kislotani 0,1 mol/l natriy gidroksid bilan titrlanadi.
Aniqlash tartibi:
0,4 g atrofida (aniq tortma) avvaldan quritilgan teofillin 100 ml qaynagan suvda eritib sovitiladi. So‘ngra 25 ml 0,1 mol/l kumush nitrat va 1-1,5 ml fenol qizili eritmasidan qo‘shib, qizil-binafsha rang hosil bo‘lguniga qadar 0,1 mol/l natriy gidroksid bilan titrlanadi. 1 ml 0,1 mol/l natriy gidroksid 0,01802 teofillinga to‘g‘ri keladi. Teofillinning dori moddadagi foiz miqdori 99,0 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Fenilsalitsilatning miqdorini aniqlash
Fenilsalitsilatda karboksil guruhi fenol qoldig‘i bilan birikkan bo‘lgani sababli, uni avval aniq konsentratsiyasidagi 0,5 mol/l natriy gidroksid eritmasi bilan gidrolizlab, reaksiyaga kirishmay qolgan ortiqcha miqdordagi ishqorni esa 0,5 mol/l xlorid kislotasi bilan titrlanadi. Indikator sifatida bromkrezol qizili (rN=5,5-6,8) olinadi.
Aniqlash tartibi:
1 g atrofida (aniq tortma) fenilsalitsilat, 100 ml hajmli kolbaga solinib, 25 ml 0,5 mol/l natriy gidroksid eritmasi qo‘shilgach vertikal sovitgichga ulab, yog‘simon tomchi qolmaguniga qadar qaynab turgan suv hammomida qizdiriladi (1 - 1,5 soat). So‘ngra sovitilib, ortiqcha miqdordagi ishqorni 0,5 mol/l xlorid kislotasi bilan titrlanadi. Indikator sifatida bromkrezol qizili (purpurovыy) olinadi. Bir vaqtning o‘zida nazorat tahlili olib boriladi. E=M.m. 1 ml 0,5 mol/l natriy gidroksid 0,01071 g fenilsalitsilatga to‘g‘ri keladi. Fenilsalitsilatning dori moddasidagi foiz miqdori 99,0% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Kuchli kislota va kuchsiz asosdan iborat tuzlami titrlash
Kuchsiz asos va kuchli kislotadan iborat bo‘lgan dori moddalar miqdorini alkalimetrik usul yordamida titrlash orqali aniqlash mumkin (papaverin gidroxlorid, morfin gidroxlorid, atropin sulfat, dibazol gidroxlorid va h.z.) Bu dori moddalar ishqor eritmasi bilan titrlanganda hosil bo‘ladigan organik asoslar indikator rangining ekvivalent nuqtadan avvalroq o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday holatlarda titrlash spirt ishtirokida yoki suv bilan aralashmaydigan organik erituvchi (xloroform, efir) ishtirokida olib boriladi.
Atropin sulfatning miqdorini aniqlash
Atropin sulfat kuchsiz asos Kv = 4,35 va kuchli kislotadan tashkil topgan tuz bo‘lgani sababli uning miqdorini aniqlash spirt-xloroform aralashmasi ishtirokida, ishqor eritmasi bilan titrlash orqali amalga oshiriladi.
Aniqlash tartibi:
0,5 g atrofida (aniq tortma) atropin sulfat 100 ml hajmli kolbaga solinib, 10 ml fenolftalein ishtirokida neytrallangan spirt va 20 ml xloroform aralashmasidan qo‘shib, 0,1 mol/l natriy gidroksid bilan qizil rang hosil bo‘lguniga qadar titrlanadi. E=1/2 M.m. 1 ml 0,1 mol/l natriy gidroksid eritmasi 0,03384 g suvsiz atropinga to‘g‘ri keladi. Atropin sulfatning dori moddadagi foiz miqdori 99,3% dan kam bo‘lmasligi kerak. Uning foiz miqdori quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
V K
X
T 100
200
a (100 d )
ml;
V— titrlash uchun sarf bo‘lgan 1 mol/l natriy gidroksid eritmasining hajmi,
K— 0,1 mol natriy gidroksid eritmasining tuzatish koeffitsiyenti;
T — atropin sulfatning titri g/ml, 0,03384;
a — tahlil uchun olingan atropin sulfatning og‘irligi, g;
d — atropin sulfat tarkibidagi namlik, %.
Asoslarni titrlash (Atsidimetrik usul)
Atsidimetrik usul farmatsevtik tahlilda keng qo‘llanilib, bu usul bilan asosan asos xossasiga ega bo‘lgan organik moddalarning va kuchli asos kuchsiz kislotadan tashkil topgan tuzlarning miqdori aniqlanadi. Titrant sifatida xlorid yoki sulfat kislotalarning titrlangan eritmalari olinadi. Kislotali sharoitda o‘z rangini o‘zgartiradigan indikatorlar, metil zarg‘aldog‘i yoki metil qizilidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |