O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta
Urgut tuman 1-son Xidirova M
(2.2-ilova) Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi. yANGI Mavzu: Bezak beruvchi elementlar bilan ishlash. Reja: 1.Kiyimning estetik talablarga mos bo’lishi 2.Kiyimni bezatishda chok turlari 3.Kiyimga rangli iplar yordamida gul solish O’quvchilar faoliyatini faollashtirish: (2.3-ilova) Tezkor so’rov usuli orqali bilimlarni faollashtiradi. Tezkor so’rov uchun savollar Munchoq tikish san’ati ko’proq qaysi xalqlarda keng tarqalgan ? Biser tikish choklarini aytib bering. Murakkab syujetli tasvirlar qanday gazlamalarga tikiladi? Biser tikish san’ati qachondan ma’lum? Yangi o’quv materiali bayoni: (2.4-ilova) Nazariy darsning asosi bayon qilinadi. Biser va undan yasalgan buyumlar qadimdan mavjud. Qadimgi Misrda biser va munchoqdan taqinchoqlar to’qishgan, qazishmalar paytida arxeologlar shu ashyodan to’qilgan buyumlarni topishgan. Biser arabchadan “busra”-, ya’ni mayda munchoqni anglatgan. U qadimda turli xalqlarda turlicha ashyolardan yasalib, turlicha buyumlarni bezashda ishlatilgan. Asosan biser shishadan yasalgan, lekin metall, chinni, turli ‘lastmassalardan, yog’ochdan, fil suyaklaridan xam biser yasashda qadimda keng foydalanib kelingan. Masalan Hindistonda eramizdan oldingi III-II asrlarda misdan ishlangan munchoqlar to’ilgan. Afrika, kolumb bosib olgunga qadar bo’lgan Amerikada, Hindistonda qadimdan kumush va tilla biserlar yasalgan. Yevro’ada metall biserlar 19-asrga kelib mashhur bo’ldi. Eng qadimgi, diametri 9 mm bo’lgan yashil rang shishadan yasalgan munchoq Misrdan to’ilgan. Eramizdan oldingi XVI asrda shisha bilan ishlash Misrda eng rivojlangan payti bo’lgan. Misr munchoqlari assortimenti turlicha bo’lgan: maydadan kattagacha turli ranglarda va turli shakllarda bo’lgan. SHakli bo’yicha gullar, barglar, sharchalar, stilizatsiya qilingan chig’anoqlar shaklida bo’lgan. Biser va munchoqlarni bezaklar yaratishda yordamchi material sifatida ishlatilgan. Misr munchoqlari ko’pgina mamlakatlarda mashhur bo’lgan. Venetsiya xam ko’p asrlar davomida shisha ishlab chiqarish bo’yicha Yevro’a markazi bo’ldi. Venetsian biserlari butun dunyo bo’ylab tarqalgan. Uni oltin, mo’yna, qullarga almashganlar. XIV asrda Bogemiyada (janubiy CHexiyada) xam shisha ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Keyinchalik Germaniya va Frantsiyada xam shisha ishlab chiqarish ustaxonalari paydo bo’ldi. Bizning mamlakatimizda biser ishlab chiqarilmagan bo’lsa-da, uni Buyuk ipak yo’li orqali mamlakatimizga olib kelingan va xalq amaliy san’atida keng ishlatilgan. Munchoqlar — etnik taqinchoqlarning asosiy tarkibi hisoblanadi. O'zbekiston hududida munchoqlardan yaratilgan bunday taqinchoqlarni bolalarimiz ko'p sevib taqib yurganlar. Hozirgi kunda Qashqadaryo va Surhondaryo vohalarida bolalar, momolar bo'ynida milliylik aks etgan munchoqlarning turli-tumanini ko'rishimiz mumkin. Liboslarda zardo'zi va kashtalarga aralashtirib munchoqlar tikish urf bo'lgan. Odatda munchoqlar qimmatbaho organik moddalardan tashkil topgan, sekin-asta texnika rivojlanib, biser ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgandan so'ng shisha va polimerlardan ko'plab miqdorda turli-tuman shakllardagi biserlar yaratilgan. Biserlar o'lchami millimetrlarga teng bo'lishi mumkin, ba'zi hollarda esa santimetrdan oshishi, hattoki bir necha santimetrlarga teng bo'lishi mumkin. Hozirgi kunda biserlarning shisha, plastik va toshlardan yaratilgan turlarini ko'p uchratishimiz mumkin, biroq biserlarning suyaklardan, shoxlar, metallar, chig'anoqlar, durlar, korall, qimmatbaho toshlar, sintetik materiallar, yog'och, sopol, qog'oz va boshqa mah sulotlardan tayyorlangan turlarini ham uchratishimiz mumkin. Biserlar bilan liboslarni bezatish san'ati hozirgi kunda juda rivojlanib bormoqda, biser-munchoqlarining xilma-xilligi undan liboslarni bezatishda turlicha chok usullaridan foydalanish, shuningdek ulardan bejirim aksesuarlar, taqinchoqlar, turli-tuman zargarlik buyumlarini yasash imkoniyatini beradi. Biserlardan keng assortimentga ega buyumlar yaratish, liboslarni bezatish uchun rang uyg'unliklarini to'g'ri topish, naqsh kompozitsiyasini moslab tanlashda dizaynerlardan katta mahorat talab etiladi. Liboslarga biser-munchoqlarini tikish uchun ko'p hollarda libos to'liq tikib olinadi va bezak uchun joy qoldiriladi. Biser-munchoqlari bilan bezatish chog'ida buyumga yo'l-yo'lakay naqsh tanlanib tikib ketilishi bilan birga, murakkab, rang-tasvirli kompozitsiyalarni ham avvaldan chizib olib tiksa bo'ladi. Biser-munchoqlarini libos bo'lagiga avvaldan chizib olingan kompozitsiyadan foydalanib tikishda, ushbu kompozitsiyaning shakllar o'yini, ranglarni libosga moslab to'g'ri tanlanishi, munchoqlar katta-kichikligiga qarab, sxema chizib olinishi talab etiladi. Barcha tikish oldidan qilmadigan ishlar nihoyalangach biser tikish ishlari boshlanadi. Tikish uchun maxsus ingicha ignalar tanlanadi, ignalar biserlar teshigidan silliq o'tib, ularni ipga tizishga mo'ljallanadi. Biser tikish chok turlari: Birinchi usul — «oldinga ketuvchi igna» choki, biser munchoq ignaga sanchilgandan so'ng, igna matoni teshib, kirib chiqadi, bunda biser-munchoq mato yuzasida qoladi. Ikkinchi usul — «orqaga ketuvchi igna» choki, bunda biser-munchoqlar bir-biriga mahkamroq holda birikib turadi, ya'ni biser chokimiz zichroq bo'ladi. Uchinchi usul - biser bilan surat maydonini to'liq holda qoplash uchun ignaga bir necha biser-munchoqlar qadab olinib xuddi kashta tikayotganday matoga tikib chiqish mumkin. To'rtinchi usul — «biriktirib tikish» usuli, biserdan ip terib (bunda, leska — shaffof ip ishlatiladi) ikki tomoni mahkamlanadi. Matoga surat konturi qalam yoki mel bilan chizib olinadi, so'ng biser terilgan ip naqsh bo'ylab yotqizilib chiqiladi va uchi yopiq ignalar (bulavkalar) bilan qotiriladi. So’ngra bir yo ikki biser-muncnoq bilan biser terilgan ip shu ipga perpendikular ravishda matoga biriktirib tikib chiqiladi. Beshinchi usul — bu chok turi ko'proq murakkab suratli kashtalar tikish uchun qo'llaniladi, bunda kashta yuzidagi har bii biser-munchoq diagonal chok yordamida biriktiriladi, matoning teskari tomonida esa chok vertikal ko'rinishda bo'ladi. Ushbu chok turlaridan foydalangan holda biser-munchoqlarni libosga qadab tikiladi. Shuni aytib o'tish joizki, biser tikish uchun naqshlar libosning shakliga, vazifasiga (kundalik yoki oqshom libosi), uning egasining, yoshiga, libos tikilgan mato suratiga, mato zichligiga va pishiqligaga juda bog'liqdir. Agarda libos matosining guli ma'lum bo'lsa (adras, gipyur va h.k.) biser-munchoqlar mato gulini va rangini xiyol takrorlab tikilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Murakkab syujetli (guldastalar, kapalaklar, mushukchalar va h.k.) tasvirlar sidirg'a gazlamalarga tushirilgani ma'quldir. Bunda albatta libos kompozitsiyasi qonun qoidalarini o'zlashtirgan holda, ijodga keng fantaziya va erkinlik berib, me'yor o'lchamlariga rioya qilinib libosimizdagi jilodor go'zallikka erishish mumkindir. Download 3,95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |