Qaytarma manjetni tikish
Yeng manjeti bitta bo’lakdan iborat bo’lsa, uni o’ngini ichkariga qaratib yon tomoni biriktirib tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi, ip gazlamada qo’lda yorib to’g’rilanadi. Manjet o’ngiga ag’dariladi va ikki bukib dazmollanadi. Manjet qirqimlarini yeng uchi qirqimlariga to’g’ri keltirib, manjetni yengining teskarisiga qo’yib ulanadi, chok qirqimlari yo’rmalanadi. Chok haqini yeng tomonga bukib, biriktirma chokdan 0,1-0,2 sm masofada yengga bostirib tikiladi. Manjet ustki va ostki bo’lakdan iborat bo’lsa, ularning o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va yuqori tomoni 0,5-0,6 sm kenglikdagi ag’darma chok bilan tikiladi. Manjetning yon tomoni biriktrib tikiladi, choklar yorib dazmollanadi yoki tekislab dazmollanadi yoki tekislab qo’yiladi va o’ngiga ag’dariladi-da, ustki bo’lak manjet bo’lakdan 0,1-0,2 sm kenglikda kant chiqarib dazmollanadi. Tayyor manjet yuqorida aytilgandek yengga ulanadi, yeng uchi dazmollanadi.
1-rasm. Yenglarning chizmali ko’rinishi.
1. Bukish texnologiyasi; 2-ulanma manjet; 3-qaytarma manjet.
Bukib tikiladigan Yeng uchlari andaza yordamida bo‘rlana-di. Yeng uchiiimg qirqimi teskariga 0,7-1 sm bukilib va bu-kish chizig‘i bo‘ylab yana bukib 0,1-0,2 sm kenglikda bostirib tikiladi (5.5.1-rasm, a). Ipak va jun gazlamadan tikilgan bo‘lsa yopiq qirqimli qilib yashirin baxyali mashinada bukib tikiladi. (5.5.1-rasm, b). Yeng uchi qaytarmali bo‘lsa, belgi chiziq qaytarma kengligidan 2 baravar ortiq kenglikda chok haqi qo‘shib belgilanadi. Yeng qirqimi teskari belgi chiziq bo‘ylab bukiladi va sirma qaviq bilan ko‘klanadi yoki ko‘klanmay maxsus igna bilan qadab qo‘yiladi. Bukish haqi 0,5-0,7 sm. Keyin esa teskariga bukiladi va ziyidan 0,1-0,2 sm. kenglikda bostirib tikiladi (5.5.1-rasm, v).
Yeng uchida bukish haqi qoldirmay bichiladigan Yenglarning uchiga mag‘iz qo‘yib tikiladi. Mag‘iz ag‘darma chok bi-lan Yeng uchiga tikiladi, chok haqi mag‘iz tomonga qaytari-lib, ag‘darma choqdan 0,1-0,2 sm. oraliqda mag‘izga bosti-rib tikiladi. Qalin gazlamadan tikiladigan bo‘lsa ochiq qirqimi yo‘rmalanadi va maxsus yashirin baxyali mashina-da tikiladi (5.5.1-rasm, g). Yeng uchini mag‘iz chok bilan tikishda, mag‘iz buklagich yordamida bukilib, 1 ta baxyaqa-tor bilan tikiladi (5.5.1-rasm, d). Yeng uchiga elastik tas-ma qo‘yilsa, Yeng uchi yopiq qirqimli qilib bukilib, bir yo‘la ichiga elastik tasma qo‘yib tikiladi (5.5.1-rasm, e). Yeng uchiga bezak yoki asosiy gazlamadan bichilgan beyka maxsus moslama yordamida, qirqimlari ichkariga 0,7 sm. bukilib, bostirib tikiladi (5.5.1-rasm, j).
Do'stlaringiz bilan baham: |