O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta



Download 3,95 Mb.
bet111/232
Sana16.03.2022
Hajmi3,95 Mb.
#496793
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   232
Bog'liq
Urgut tuman 1-son Xidirova M

QIRQMA CHO’NTAK TIKISh
Qopqoqli qirqma cho’ntaklar. Bunday cho’ntak qopqogi yarimavtomat mashinada tayyorlanadi yoki universal mashinada tikiladi. Cho’ntak qopqoqni
turgunlashtirish uchun unga qotirma (yelimli yoki yelimsiz) qo’yiladi. Yelim qotirma pressda yopishtiriladi, yelimsiz qotirma cho’ntak qopqoqni agdarma chok bilan tikayotganda qo’shib tikiladi. Cho’ntak qopqoqni universal mashinada tikish uchun avra va astar gazlama detallarining o’ngini ichkariga qaratib, aylana yoki uchli joylarida avradan 0 ,2—0, 3 sm solqi hosil qilib, astar tomondan agdarma chok solinadi. Bunda detalning astari avrasidan ko’ra 0 ,4—0, 6 sm ensiz bo’lishi kerak. Keyin burchak joylar 0 ,2—0, 3 sm kenglikda chok haqi qoldirib qirqib tashlanadi. Cho’ntak qopqoqni yarimavtomat mashinada tikish uchun detallarni maxsus qisqichlar bilan qisib, belgilangan konturi bo’ylab agdarma chok solish bilan birga, ortiqcha chok haqi qirqiladi. Cho’ntak qopqoqni o’ngiga agdarib, maxsus qolip yordamida dazmollab, zarur bo’lsa bezak baxyaqator yuritiladi. Cho’ntak qopqoqni yelimlab yopishtiradigan apparatda ishlov berish uchun, avra va astar gazlamalarni qolip yordamida teskari tomoniga bukib presslanadi, avraning bukilgan ziyiga yelim plyonka qo’yiladi yoki yelim kukun sepiladi. Detallarni avradan kant hosil qilib juftlanadi va presslab birlashtiriladi. Mag’iz cho’ntak xaltaga 0 ,7—1 sm kenglikdagi chok bilan ulanadi. Chokni cho’ntak xalta tomonga qaratib to’grilanadi.
Ko’rinmani cho’ntak xaltaga universal mashinada bostirma chok bilan ulanadi. Bunda uning qirqimlarini 0,7 sm kenglikda ichkariga bukib, uning bukilgan ziyidan 0 ,1—0, 2 sm narida baxyaqator yuritiladi. Baxyaqator yuritish uchun esa cho’ntak xalta bilan ko’rinmaning yuqori qirqimlari bir-biriga to’grilanib juftlanadi.
Cho’ntak xalta mayda pul soladigan ichki cho’ntakli qilib tayyorlanadigan bo’lsa, o’ng cho’ntak xaltasining yuqori qismidan xaltaning eni bo’ylab 8 sm, bo’yi bo’ylab 4 sm, o’lchamdagi bo’lak qirqib olinadi. Cho’ntak xalta o’ngiga ichki cho’ntak ulanadigan joy belgilanadi. Qirqib olingan joyning gorizontal qirqimini 0,7 sm kenglikda cho’ntak xaltani teskarisiga bukib, shu bukilgan joyning 1 sm pastidan 2- marta yana o’sha tomonga bukiladi. Birinchi bukilgan ziydan 0,1 sm narida baxyaqator yuritib tikiladi. Cho’ntak xalta teskarisiga ichki cho’ntak xaltasini qo’yib, belgilangan chiziq bo’ylab tikiladi. Ichki cho’ntak ogzining ikki yoni qaytma baxyaqator bilan puxtalanadi. Ko’rinmaning ostki qirqimi ichki cho’ntak ustki ziyiga, ustki qirqimi esa cho’ntak xalta qirmiga to’g’rilab, ko’rinmani cho’ntak xaltaga bostirib tikiladi Old bo’lakdagi vitachkalarni tikib va dazmollab bo’lgandan keyin, cho’ntak qo’yiladigan joylarni yordamchi andaza bo’yicha uchta chiziq (uzunasiga 1 ta, ko’ndalangiga 2 ta chiziq) o’tkazib belgilab olinadi. Gulli yoki yo’l-yo’l gazlamalarda cho’ntak bilan old bo’lak guli yoki yo’li to’g’ri keladigan qilib belgilanadi. Qopqog’i old bo’lakka ulanadigan chiziq cho’ntak qopqok, astarida andaza bo’yicha belgilanadi. Old bo’lakning teskari tomoniga bo’ylama qo’yib, uni old bo’lakka maxsus mashinada ko’klanadi. Bunda belgilangan chiziq bo’ylab yuritilgan baxyaqator bo’ylama enining o’rtasidan o’tishi, bo’ylamaning bir uchi bort qotirmaning qirqimidan 2 si o’tishi, 2 uchi esa yon qirqimigacha yotishi kerak. Ko’klamaslik uchun bir tomoniga yelim kukun sepilgan bo’ylama ishlatish mumkin. Cho’ntakni bo’ylamasiz ham tiksa bo’ladi. Bunda cho’ntak xaltaning o’rish iplari cho’ntak og’zi chizig’iga parallel turishi kerak. Cho’ntak qopqoq old bulakning o’ngiga ulanadi. Bunda qopqoqdagi va old bo’lakdagi belgi chiziqlarni, qopqoqning old qismidagi va old bo’lakdagi gullar yoki yo’llar bir-biriga to’g’rilab, qopqoqning ishlanmagan qirqimi kiyimining past tomoniga qaratib qo’yib ulanadi. Cho’ntak xaltaga ulangan mag’izning o’ngi old bo’lak o’ngiga qaratib qo’yilib, uni mashinada 0 ,5—0, 6 sm kenglikdagi chok solib tikish bilan bir vaqtda cho’ntak qopqoq ulangan baxyaqator bilan mag’izni o’layotgan baxyaqator oraligida old bo’lak baxyaqatorlarning ikki tomondagi uchlariga 1 sm dan yetkazmay qirqilib (mag’izni ulagan baxyaqatorning ikki uchi cho’ntak qopqoqning yon tomonlari to’g’risida bo’lishi kerak), ko’ndalang kesim hosil qilinadi. Keyin old bo’lak ko’ndalang kesim uchlaridan boshlab baxyaqatorlar tomonga, ularga 0,1 sm yetkazmay qiyalatib qirqiladi .Cho’ntak xaltani teskari ag’darib, qopqoq bilan magzini ulagan choklar to’g’rilanadi. Mag’iz ulangan chokni yorib to’g’rilanadi. Modelda mo’ljallangan kenglikda ramka qilib, cho’ntakning bu ostki ziyi o’ngi tomondan magiz ulangan chok ustidan baxyaqator yuritiladi (42- rasm). Cho’ntakning ostki ziyini kantli qilinadigan bo’lsa, uni mag’izdan 0,3 sm kenglikdagi kant hosil qilib ko’klanadi. Modelda mo’ljallangan baxyaqator yuritiladi. Modelga qarab mag’izni ikki buklangan holda ulash ham mumkin. Bunda mag’izning ziyini magiz teskari tomoniga ramkaning enidan 0,5—0,7 sm kengroq qilib bukiladi. Cho’ntak qopqoq ulangan baxyaqator bilan mag’iz ulangan baxyaqator orasida tayyor ramka kengligiga teng joy qoldiriladi/ Cho’ntakni «Dyur kopp» firmasining 7 4 6—7/ye 17 yarim avtomatida tikish ham mumkin. Bunda cho’ntak qopqoq, magiz ikkita parallel baxyaqator yuritib, bir vaqtning o’zida old bo’lakka ulanadi va cho’ntak og’zi qirqilali Chuntak qopqoq va magizni ulab olgandan keyin ko’rinma ulangan chuntak xalta cheti cho’ntak qopqoq ulangan chokka ulanib, chuntak xalta yonlari biriktirib tikiladi. Ayni vaqtda magiz tortibroq turib va qiyalatib qirqilgan burchaklarini to’grilab turib cho’ntak ogzining ikki uchini 2 ta qaytma baxyaqator bilan mahkamlanadi. Cho’ntak xaltaning yon choklari orasidagi masofa cho’ntak og’ziga ko’ra 1,5— 2 sm kengroq bo’ladi. Modelda mo’ljallangan bo’lsa, cho’ntakning yuqori ziyi bo’ylab cho’ntak qopqoq ulangan chokka parallel baxyaqator yuritiladi. Maxsus mashinada cho’ntak ogzi o’ngidan ikki uchi cho’ntak qopqoq yon ziylariga parallel baxyaqator yuritib puxtalanadi. Cho’ntak dazmol yoki pressda dazmollanadi. Kantli va ramkali qirqma cho’ntaklar . Cho’ntak mag’zi va ko’rinmasi avra gazlamadan bichiladi. Ko’rinma va magizni 0,7 sm kenglikdagi chok solib cho’ntak xaltasiga biriktirib tikiladi. Old bo’lak o’ngida cho’ntaklar o’rni belgilanadi: magiz yalang qavat bo’lsa, uchta (uzunasiga bitta va cho’ntak ogzi ikki uchida ko’ndalangiga bittadan) chiziq bilan, magiz ikki buklangan bo’lsa, 4 ta (uzunasiga ikkita va cho’ntak ogzi ikki uchida ko’ndalangiga bittadan) chiziq bilan belgilanadi. Old bo’lakning teskarisiga bo’ylama qo’yiladi.



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish