Dasturning asosiy vazifasi:
-akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Informatika va axborot texnologiyalri kursining o’qitilish izchilligini ta’minlash;
-o’qituvchilar ta’lim berish jarayonining bir me’yorda bo’lishiga erishish;
-o’qituvchining ish rejalarini tartibga tushirish;
-oliy o’quv yurtiga kirish uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir.
Dasturni tuzishda quyidagi g’oyalar asos qilib olindi:
-umumiy o’rta ta’limning 6-9-sinflarida Informatika va axborot texnologiyalari ma’lum darajada mantiqan yakunlangan kursining yuzaga kelganligi, bu bosqich bitiruvchilarini akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida Informatika va axborot texnologiyalaridan bilim olishning uzluksiziligi va uzviyligini ta’minlash zaruriyati;
-o’quvchilarni hozirgi zamon fizika bilimlari bilan qurollantirish, uning amaliy tatbig’iga doir tajribalar o’tkazish, tajriba natijalarini qayta tahlil qilib xulosalar chiqarish, tabiat va texnikada kechadigan informatik jarayonlar mohiyatini bilishga, ularning texnik tatbiqlarini o’rganishlari zarurligi;
-fizika kursining o’qitishni hozirgi zamon talablari darajasiga ko’tarish va rivojlangan mamlakatlar andozasiga yaqinlashtirish kerakligi.
Dasturning tarkibi va mazmuni shu davrgacha amal qilib kelgan o’n bir yillik umumta’lim maktablarining fizika- astronomiya dasturi tarkibi va mazmuniga yaqindir. Bunda 6-9-sinflarda o’rganilgan axborot texnalogiyalarga oid bilimlarning akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida aynan takrorlanmasligiga, ta’lim mazmunining uzluksizligi va uzviyligiga alohida e’tibor qaratildi.
- O’qituvchi rahbarligida qurollanmagan kompyuterlar bilan o’tkazilishi lozim bo’lgan informatik kuzatishlarning ro’yxati va ularning tarkibiy qismlari (strukturasi va vazifalari) dastur so’ngida keltirilgan. Amaliy mashg’ulotlar va kuzatishlar uchun tavsiya etilgan olti soatli vaqtning ikki soati (kunduzgilari) kompyuterda ishlash va o’rganishni nazarda tutadi.
Ushbu o’quv dastur materiali 136 dars soatiga mo’ljallangan. Ajratilgan soatlar har bir bosh mavzu mazmunini o’zlashtirishga, shu mavzular bo’yicha ma’ruza o’qishga, ko’rgazma va tajribalarni namoyish etishga, laboratoriya ishlarini bajarishga, masala va test topshiriqlarini yechishga, o’quvchilarning olgan bilim, ko’nikma va malakalarini baholashga mo’ljallangan.
Laboratoriya ishlari, umumlashtirish va takrorlash darslarini uyushtirish o’qituvchi ixtiyoriga beriladi.
O’qituvchi axborot texnalogiyalarga darsini tashkil qilishda o’qitish usulining turli shakllaridan (ma’ruza, og’zaki bayon qilish, masalalar yechish, amaliy ish, ko’rgazmalilik va boshqa shakllardan) foydalanishi mumkin. SHuningdek, darslarni o’tishda dars berishning turli noan’anaviy usullaridan bahs-munozara, bayon, boshqotirmalar, diafilm va kinofilmlardan foydalanish tavsiya etiladi.
IZOH.
1. Axborot va jamiyat 8 soat.
2. Axborot texnalogiyalari va tizimlari, ularning jamiyatdagi o’rni va ahamiyati 10 soat.
3. Zamonaviy shahsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minoti 10 soat.
4. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari 14 soat.
5. Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlzri 14 soat
6. Kompyuterda grafik obyektlari bilan Ishlash 18 soat
7. Kasbiy faoliyatda amaliy dastirlar va uldan foydalanish 20 soat
8. Zamonaviy dasturlash tillari 22 soat
9. Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlash10 soat
10. Axborot xavfsizligi 8 soat
11. Kompyuterlarga xizmat ko’rsatish 10 solt
12. Model va modellashtirish asoslari 14 soat.
13. Kompyuter tarmoqlarida ishlash 14 soat.
14. Web-dizayn asoslari 18 soat.
Informatikava axborot texnalogiyalari fanining ishchi o’quv dasturiga kiritilgan o’zgarishlar ta’lim muassasasining 2015 yil “____” _________dagi Pedagogik kengashida muhokama qilindi va o’quv jarayoniga tadbiq etishga qaror qilindi.Bayonnoma№______
Do'stlaringiz bilan baham: |