O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Download 1,44 Mb.
bet66/117
Sana24.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#407175
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   117
Bog'liq
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Bukilib-yozilib tebranish va yoy shaklida siltanish— yetarli ko'lamda tebranishni ta'minlaydigan harakatlardir.

Gimnast osilish holatidan qorin pressiva son oldi mushaklarini tarang tortib, oyoqlarini burchak hosil qilgunga qadar ko'taradi (gorizontal holatgacha ko'tarish shart emas, o'tmas burchak qilib ko'tarish ham mumkin). Keyin keskin qisqa harakat bilan oyoqlarini pastga yo'naltiradi va bel qismidan kerilgunga qadar orqaga siltaydi. Bunday harakatlar tananing old yuzaligidagi mushaklarini cho'zadi va keyinchalik tos-son, yelka bo'g'inidan (bu anatomik jihatdan yelka bo'g'ini uchun yozilish bo'ladi), shuningdek, umurtqa pog'o- nasining bel qismidan tez bukilish uchun yordam beradi.

Yozilish tugashi bilan bukilishni boshlash zarur (sport bilan shug'ullanishning birinchi pog'onasida shug'ullanuvchilarda eng ko'p uchraydigan xato—orqaga siltanganda to'xtab qolishdir). Bukila borib, gimnast imkoniyati boricha tezroq oyoqlarini yakkacho'p o'qiga tizzasini (boldir o'qning o'rtasidan bo'lsa, yana ham yaxshi) yaqinlashtirishga harakat qiladi va tanasi oldinga yo'nalgunga qadar oyoqlarni shu holatda ushlab turadi, tos-son va yelka bo'g'inida to'g'rilanib, oyoqlarni oldinga va yuqoriga keskin yo'naltiradi. Bunda butun tana oldinga tebranishning so'nggi nuqtasi holatida bo'lishi kerak. Kerishishga yo'l qo'ymaslikning yaxshi usuli—shug'ullanuv- chilarga oyoq uchlariga qarashni tavsiya qilishdir.

Osilish holati harakatida tebranish —(159-rasm) birin-ketin oldinga va orqaga bajariladigan tebranishlardan iborat. To'g'ri tebrana olish baland yakkacho'pda gimnastika umumiy kursi mashqlarini muvaffaqiyatli o'rganishning asosidir. To'g'ri tebranishda quyidagi holatlar ketma-ket bo'lishi kerak:




                  1. orqaga tebranishning oxirgi holatida tana to'la to'g'rilangan
                    yoki biroz bukilgan bo'ladi. Nazorat uchun eng yaxshi usul —
                    talaba o'z oyoq uchJariga qarashini tavsiya qilamiz;


                  2. tik holatda tananing to'g'rilangan (osilish holatidagidek)
                    holati;


d) oldinga tebranishning oxirgi holatida gavda biroz bukilgan



Orqaga siltanib, sakrab yerga tushish. Oldinga tebranishning oxirgi nuqtasidan tik holatga o'tayotib gimnast oyoqlarini orqaga yo'naltiradi va keradi. Ayni vaqtda u to'g'ri qo'llari bilan yakka­cho'p o'qini bosib chiqib, tana-yelka burchagini kamaytiradi. Oxirgi harakatda u tovon va yelka bo'g'ini yo'nalish tezligini tenglashtiradi, ya'ni gimnastnirig gavdasi oldinga harakatlana boshlaydi. Orqaga tebranishning oxirgi nuqtasida gavdaning kerishgan holatini saqlab, sportchi yakkacho'p o'qini qo'yib yuboradi, qo'llarini yuqoriga, tashqariga ko'taradi, sakrab qo'nadi.

Qo'llarni qo'yib yuborishdan oldin boshni ko'tarish va yakkacho'p ustida oldinga qarashni tavsiya qilamiz.

Oldinga tebranib sakrab yerga tushish. Orqaga tebranishning oxirgi holatidan gimnast oldin «а», so'ng «Ь» holatlaridan o'tadi va «d» holatiga yaqinlashadi (osilish holatida tebranishga qaralsin). So'nggi holatda sakrab yerga tushishdan oldin tos-son bo'g'inidan bukilish, tebranishdan bir qancha ko'proq bo'lishi mumkin. Hara- katning oldindagi yuqori nuqtasida gavdaning tos-son bo'g'inidan keskin yozilishi orqali to'liq kerilish zarur va ayni vaqtda to'g'ri

qo'llarni bosh orqasiga yo'naltirish kerak. Ushbu harakatlar tugashi bilanoq, gimnast qo'llarini qo'yib yuboradi va uchish holatida kerishgancha yerga qo'nadi.

Tebranishdan keyin sakrab yerga tushishdan oldin quyidagi mashqlarni bajarish foydalidir: yakkacho'pdan 1 —1,5 m masofada turgan sakrash «ko'prikcha»siga osilish va oldinga siltanib yerga tushish.


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish