O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta


-rasm. Kondratiev dunyo iqtisodiyoti evolyusiyasini 6 ta siklga ajratdi



Download 0,65 Mb.
bet7/83
Sana16.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#378862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
hDOWg1jnh1QecNLe128

1.2.1-rasm. Kondratiev dunyo iqtisodiyoti evolyusiyasini 6 ta siklga ajratdi



Amerikalik iqtisodchi olim J.Brayt ―Innovatsiya jarayoni ilm va texnika, tadbirkorlik va boshqaruvni o‗zida birlashtiruvchi innovatsiyalarning tijoratlashuviga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir‖2 degan g‗oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, ―innovatsiya jarayoni g‗oya paydo bo‗lishidan boshlab, tijorat asosida hayotga tadbiq etish jarayonigacha bo‗lgan barcha bosqichni o‗z ichiga oladi‖ deb ta‘kidlaydi.

Yana bir rus olimi B.A.Makarenko ishlarida innovatsiyalar mohiyatini to‗liq va atroflicha yoritib berilgan. U bergan tarifga ko‗ra:

Innovatsiyani mazmun va mohiyati:

-texnika va texnologiya avlodi almashinuvini ta‘minlash maqsadida iqtisodiyotga mablag‗ yo‗naltirish;

-fan-texnika taraqqiyotining mas‘uli bo‗lgan yangi texnika, texnologiyadan samarali foydalanish;

-yangi g‗oyalarni ishlab chiqish, sintezlash, yangi nazariya va modellarni yaratish va ularni hayotga tatbiq etishdan iboratdir.3






2 Очковская М.С. Инновации как качественный фактор экономического роста. Автореф. диссертации из соискание ученой степени кандидата экономических наук. – М.: Дело, 2006 - С.4

3Макаренко В.А Современный словарь В 2т.- М-2000

Korxonalarning innovatsion rivojlanishning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni ta‘minlashning zaruriy sharti ekanligi barchamizga ma‘lum. Bu borada P.Drukerning quyidagi fikriga alohida to‗xtalib o‗tish lozim. Uning fikricha ―biznesning asosiy maqsadi mijozlarni jalb qilish bo‗lganligi sababli korxonani ikkita asosiy funksiyasi mavjud marketing va innovatsiya‖dan iborat deb hisoblaydi.4

Albatta dunyo iqtisodchi olimlarining innovatsiyaga bergan tariflari va yondashuvlari tulicha bo‗lib, ularning izlanishlarida o‗ziga xoslikni ko‗rishimiz mumkin bo‗ladi.

Innovatsion faoliyat va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda jahon olimlari bilan bir qatorda yurtimiz iqtisodchi olimlari o‗zlarini bir qator tadqiqotlarini olib borishgan. M.Saidovning fikricha, innovatsion faoliyat iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‗yilmalarning samaraliligi bilan tavsiflanadi, ishlab chiqarishda mavjud bo‗lgan oldingi avlod texnikasi va texnologiyasini ancha samarali, ekologik sof va resurslarni tejashga imkon beruvchi ishlab chiqarish vositalari bilan almashtirish jarayonini ifodalaydi. Bu jarayon g‗oyaning paydo bo‗lishi, uning maqsadini aniqlash va amalga oshirishdan tortib ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot ishlab chiqarish, uni sotish va iqtisodiy samara olishgacha bo‗lgan faoliyatni o‗z ichiga oladi deb ta‘kidlaydi5.

Innovatsion faoliyatning asosiy kategoriyalarini aniqlashga bo‗lgan yondashuvlarning ko‗pligi tufayli, innovatsiyaviy boshqaruv atamalarini izohlashga bo‗lgan yagona yondashuvni shakllantirish lozim. Shudan kelib chiqqan holda innovatsion faoliyat nazariyasiga berilgan turli xil fikrlarni hisobga olgan holda quyidagicha fikr bildirish maqsadga muvofiq bo‗ladi.

Yangilik bu - samaradorlikni oshirish bo‗yicha faoliyatning biror sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, ishlanma va tajribalar natijasidir.

Yangiliklar quyidagi ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin:


  • kashfiyotlar;




4 Drucker P.F 2007. Management: tasks, responsibiliries, practices. Transaction Publishes, New Branswick, N.J.: London.

5 Drucker P.F 2007. Management: tasks, responsibiliries, practices. Transaction Publishes, New Branswick, N.J.: London.

  • tovar belgilari;

  • ratsionalizatorlik takliflari;

  • yangi takomillashtirilgan mahsulot yoki texnologiya hujjatlari;

  • nou-xau;

  • ilmiy yondashuvlar yoki turli xil tamoyillar;

- marketing tadqiqotlari natijalari va boshqalar.

Asosiy maqsad - yangilikni joriy etgan holda uni innovatsiya shakliga aylantirish, ya‘ni innovatsion faoliyatni tugallash va ijobiy natijaga ega bo‗lgan holda innovatsiyalar diffuziyasini muntazam davom ettirish jarayonidir.

Innovatsion faoliyat bu - boshqaruv ob‘ektini o‗zgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik va boshqa yo‗nalishlar bo‗yicha samaradorlikni oshirish maqsadida yangilikni joriy qilish natijasidir.

―Innovatsion faoliyat‖ tushunchasini izohlashga bo‗lgan nazariya va amaliyotdagi ayrim farqlarni ta‘kidlab o‗tish lozim. Buning asosiy sababi shundaki, zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyat innovatsiyalarni boshqarish tizimining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Demak, uning tuzilmasi, funksiyalari, boshqarish uslub va vositalariga hamda faoliyat maqsadlariga o‗zining katta ta‘sir ko‗rsatadi.

Ammo innovatsion faoliyat to‗g‗risida, innovatsiya ob‘ekti sifatida to‗laroq tasavvur shakllantirish uchun berilgan fikrlarni atroflicha o‗rganish lozim bo‗ladi:



- birinchidan, bu ob‘ektiv iqtisodiy qonunlar asosidagi fan-texnikaning o‗zaro bog‗liq rivojlanishi jarayonidir. U xo‗jalik amaliyotida yangi ilmiy bilimlarni yaratish, tarqatish va amaliy qo‗llash yo‗li bilan, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi muammolarini hal etishga yo‗naltirilgan jarayon bo‗lib, ishlab chiqarish bazasini tubdan yangilanishini nazarda tutadi;

- ikkinchidan, bu ishlab chiqarish innovatsion salohiyatini tashkil etuvchi elementlar majmuasidan foydalanishdir. Bu erda yuqori malakali ilmiy va ishlab chiqarish kadrlarini ekspluatatsiya qilish sohasidagi jarayon va hodisalar hamda xodimlarning korxona innovatsiyaviy faoliyati natijalariga bo‗lgan qiziqishini rag‗batlantiruvchi tashkiliy, ijtimoiy,

ekologik, huquqiy tadbirlar ko‗ribchiqiladi.

Shunday qilib, umumiy ko‗rinishda innovatsion faoliyat asosini fundamental nazariy tadqiqotlar tashkil etadi. Bunday tadqiqotlarning natijasi - oldin noma‘lum bo‗lgan qonunlar, ob‘ektiv mavjud hodisa va jarayonlarning ilmiy kashf etilishidir. Keyinchalik, yangi bilimlarni amaliyotda qo‗llash imkoniyatlari o‗rganilishi natijasida ularni moddiylashtirish usul va shakllari ishlab chiqiladi.

Bu jarayonlarda yangilikni tarqatish to‗g‗risida qaror qabul qilingandan so‗ng u yangi sifat darajasiga chiqadi hamda innovatsiyaga aylanadi. Innovatsion ishlanmalarni bozorga kiritish jarayonini bevosita tijoratlashtirish faoliyatidan iborat bo‗ladi. Yangilikni paydo bo‗lishi va uni amaliyotda innovatsiyaga aylanishi o‗rtasidagi vaqt oralig‗i innovatsiyaviy lag deb ataladi.

Innovatsion faoliyat ilmiy, ilmiy-texnik natija va intellektual salohiyatni, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (xizmat) olish maqsadida qo‗llashga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Bozor sharoitlarida innovatsion faoliyatning asosiy komponentlari bo‗lib, innovatsion faoliyat sohasini tashkil etuvchi g‗oya, yangiliklar, o‗zlashtirilgan investitsiyalar xizmat qiladi.

Iqtisodiyot real sektoridagi ko‗pchilik korxonalarda innovatsion faoliyatini boshqarish, bevosita innovatsiyaviy jarayon orqali kelajakdagi natijalarga erishishga qaratilgan bo‗ladi.

Innovatsion jarayon - juda ham keng tushuncha bo‗lib, uni turli nuqtai nazardan turlicha talqin qilish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Birinchidan, bu ilmiy-tadqiqot, innovatsion ishlab chiqarish va marketing faoliyatini belgilangan talablar asosida amalga oshirilishidir. Ikkinchidan, uning yangilik darajasini hayotiy siklining vaqtinchalik bosqichlari sifatida ko‗rish mumkin. Uchinchidan, mahsulot yoki xizmatlarni yangi turlarini ishlab chiqish va tarqatishni moliyalashtirish va investitsiyalash jarayonlaridan iborat bo‗ladi. Bunday holatda u innovatsion loyiha sifatida o‗zini namoyon qiladi.

Innovatsion faoliyatni asosini biz ilmiy bilimni innovatsiyaga aylanish jarayonini tushunamiz, ya‘ni hodisalarning shunday ketma-ketligiki unda

innovatsion faoliyat g‗oyadan tortib oxirgi pirovard mahsulotga aylanish jarayonlarini ham o‗z ichiga oladi.

Innovatsion jarayon faqatgina innovatsiya joriy etilishi bilan tugamaydi balki yangilikni amaliyotga kirib borishi bilan olinadigan mahsulotlar takomillashtiriladi va natijada uning samarasini oshirishga olib keladi.

Innovatsion faoliyat quyidagi tuzilmalar asosida ta‘riflanishi mumkin bo‗ladi. Fundamentam tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, tajriba, konstruktorlik ishlari, birlamchi o‗zlashtirish, tarqatish, yangilikdan foydalanish, yangilikni takomillashtirish va yangi fundamental natijalarga bo‗lgan zaruriyati hisoblanadi (1.2.2-rasm).

Har bir bosqich, boshqaruvning turli xil shakli va uslublarini qo‗llash zaruriyatini aniqlovchi o‗ziga xos xususiyatlariga ega bo‗ladi. Ammo bunda ushbu bosqichlarning integratsiyalashuvigina innovatsion jarayonlarni muvaffaqiyatini ta‘minlashiga xizmat qiladi. Shuni ham hisobga olish lozimki, alohida bitta bosqichda boshqaruv mexanizmini takomillashtirish butun innovatsion faoliyat natijasini samardorligini oshirishga xizmat qilmasligi ham mumkin.





















Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish