O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/39
Sana01.05.2020
Hajmi0,74 Mb.
#48525
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
talim muassalalarida jismoniy tarbiya darslari va ularni soglomlashtirish vazifalarini takomillashtirish

YAkuniy baho uch komponentni hisobga olgan holda chiqariladigan, son 

ko‘rsatkichi  bo‘lmaganda,  harakat  texnikasi,  ta’alluqli  bo‘lgan  nazariy 

materiallarni  bilishi  aniqlanadi,  sof  va  raqs  mashqlari,  akrobatika,    sport 

o‘yinlarining texnikasi va taktikasi.  

Baholanishda  ob’ektivlik  prinsipiga  qat’iyan  rioya  qilish  talab  etiladi, 

ya’ni  bahoni  materialni  qanday  o‘zlashtirib  olganligiga  qarab  umumiy  talablar 

asosida  qo‘yish  kerak.  Qo‘yiladigan  baho  butun  sinf  oldida  e’lon  qilinib,  nima 

uchun  shunday  ball,  nima  uchun  baho  oshirilgan,  pasaytirilgan  tushuntirib 

berilishi kerak.  



 

 

57 



CHorak davomida har bir o‘quvchi 4-5 odil baho olsa maqsadga muvofiq 

bo‘lib, chorak bahosi shular asosida chiqariladi.  

Yillik  baho  choraklardagi  olgan  baholari  asosida  chiqariladi,  agar 

o‘quvchi  bir  xil  bo‘lim  materiali  bo‘yicha  oxirgi  tibbiy  tayyorlov  guruhida 

kiritilgan  o‘quvchilarning  ulguruvchanligi  umumiy  asosda  aniqlanadi,  biroq, 

ularni  salomatligiga  to‘g‘ri  kelmaydigan  mashqlar  talab  me’yorlariga 

kiritilmaydi.  O‘quvchiga  bog‘liq  bo‘lmagan  son  ko‘rsatishlarini  bajarilmasligi, 

jismoniy  rivojlanishni  noproporsionalligi    uzoq  muddat  darsni  qoldirishi  ijobiy 

taxminiy  baholarda  harakat  texnikasi  uchun  va  bilimlarni  o‘zlashtirib  olishi, 

yakuniy bahoni pasaytirish uchun sabab bo‘la olmaydi.  

O‘quvchilar  jismoniy  tarbiyasi  bo‘yicha  amaliy  ishlar  shuni  ko‘rsatadiki, 

ya’ni ularga qo‘yilgan talablarni hamma bir xilda bajaravermaydi.  

To‘liq  o‘rganuvchilikka  erishishga  intilib,  o‘qituvchi  dastur  talablarini 

muvaffaqiyatli  xal  etishishda  nimalar  xalaqit  berayotganligi  sababini  aniqlash 

lozim. Ulardan ko‘p uchraydigani quyidagilardan iborat; 

1.O‘quvchilar harakat tajribasini etishmasligi. Ma’lumki har bir mashqqa 

o‘rgatishning  muvaffaqiyatli  harakat  va  harakat  faoliyatining  arsenalligiga 

bog‘liq.  

2.  Jismoniy  rivojlanish  darajasining  pastligi.  Har  qanday  harakatni 

o‘rganish  uchun  kuch,  bukuluvchanlik,  tezlik  va  chidamlilik  qo‘rquvni  engib 

o‘tishi zarur bo‘ldi;  

3. Aqliy rivojlanishda qoloqligi.  

Maxsus  ilmiy  qidiruv  natijalari  shuni  ko‘rsatadiki,  aqliy  rivojlanishdagi 

qoloqlik, jismoniy mashqlarni o‘zlashtirib olish jarayonini tormozlaydi.  

4.  Iroda  sifatlarii  etarli  darajada  rivojlanmaganligi.  O‘quv  dasturini 

o‘zlashtirib olishlik- bu jiddiy jismoniy va aqliy mehnat. U qat’iyatlilikni, talab 

etadi,  noxushlik,  ayyorlikni  engib  o‘tishni  talab  etadi.  Jismoniy  mashqlarni 

bajarish  «o‘lik  nuqtani»  engishda,  chidam  talabi  bilan  bog‘liq.  Qator  hollarda 

qo‘rquvni engib o‘tish zarur bo‘ladi.  



 

 

58 



 

5.  Shug‘ullanuvchilarning  faollik  darajasini  pastligi.  Bu  13-14  yoshdagi 

bolalar va bo‘sh o‘zlashtiruvchilar uchun xarakteridir.  

 

Bolalarni  baholab  borib,  har  bir  o‘qituvchi  o‘quvchilarni  kelgusi  o‘sishi 



xaqida  g‘amxo‘rlik  qilishi  kerak.  Jismoniy  tarbiya  dasrlari  ko‘p  tasnifga  ega 

ulardan  har  bir  ularni  klassifikatsiyasini,  tasnifi  asosiga  tushishi  mumkin.  Biz 

amaliy  tarzda  tez-tez  uchrab  turadigan  maktab  darsini  xilma  xilligini  ko‘rib 

chiqamiz.  Hamma  darslar,  o‘zining  mazmunidan  kelib  chiqib,  ikkita  katta 

guruhga  bo‘linishi  mumkin:  predmetli  darslar  va  kompleks  darslar.  Predmetli 

darslarni  asosiy  qismining  mazmunida  dastur  bo‘limini  biror  bir  bo‘limidan 

engil  atletika,  gimnastika  o‘quv  materiali  kiritiladi.  Bunday  darslar  ayniqsa 

yuqori  sinflarda  o‘tkaziladi.  Ularni  o‘tish  metodikasi  sport  turiga  ta’alluqli 

bo‘lgan mashqlanish mashg‘ulotlariga yaqinlashtiradi.  

Quyi  va  yuqori  sinflarda  predmetli  darslar  faqat  suzishda  o‘tkaziladi, 

chunki  bu  bo‘lim  materiali  boqa  bo‘lim  materiali  bilan  kirishmaydi.  Shuning 

uchun  chang‘i  tayyorgarligi  va  suzish  darslari  alohida  o‘tkaziladi.  Kompleksli 

dasrlar  bir  darsga  dasturni  boshqa  bo‘limlardan  kiritish  imkonini  beradi.  Lekin 

bir  dars  har  xil  mashqlarni  birlashtirish  rasmiy  xarakterga  ega  bo‘lmaydi, 

aksincha qat’iy qoidaga javob berishi kerak. Kompleks, aralash darslarni tashkil 

etish qiyin, lekin ular hayajonli, bolalar organizmiga har tomonlama ta’sir etadi, 

asosiysi  zaruriy  elementlarni  butun  yil  davomida  yoddan  chiqarmaydi,  ularni 

yuqori  darajada  bajarish  imkonini  beradi.  Kompleksli  darslar  xatto  kichik  va 

o‘rta  maktab  yoshdagi  bolalar  bilan  ishlaganda  ham  qo‘llaniladi.  Predmetli  va 

kompleksli  darslar  hal  etiladigan  masalalarni  afzalligiga  bog‘liq  bo‘lgan  holda 

o‘quv  mashqlarini,  nazorat  va  aralashga  bo‘linadi.  O‘quv  dasrlarida  asosiy 

diqqat  mashqlarni  to‘g‘ri  bajarilishiga  qaratiladi.  O‘qituvchi,  xatolarni  topib, 

ularni  to‘g‘rilash  choralarni  ko‘radi,  jarohatlanishdan  himoyalashni  ta’minlaydi 

va  bolalarni  o‘z-o‘zini  jarohatlanishdan  himoyalash  qilishga  o‘rgatadi. 

Bularning  hammasi  darsning  tashkiliy  va  uslubiyotda  iz  qoldiradi.  Bu  erda 

o‘zaro o‘rganish keng qo‘llaniladi va nazariy ma’lumotlar e’lon qilinadi, xamda 

o‘quvchilarni faolligini oshirish uchun xilma-xil usullar qo‘llaniladi.  



 

 

59 



Mashqlanish  darslari  o‘rganilganlarni  takomillashtirish  va  jismoniy 

sifatlarni  tarbiyalashda  ancha  afzallikka  ega.  Bu  erda  asosan  o‘quvchilar 

faoliyatlarini  tashkil  etishda  guruhli  usuldan  foydalaniladi.  Bunday  darslarda 

jismoniy yuklarni xajmi va unumdorligi ortadi. Ko‘pgina darslar tabiiy sharoitda 

o‘tiladi.  O‘qituvchi  xilma-xil  vaziyatlarni  vujudga  keltiradi,  natijada 

mashg‘ulotga qiziquvchanlik ortadi. Nazariy darslar o‘rganilayotgan mashqlarni 

qanday o‘zlashtirilayotganligi, jismoniy sifatlarni vujudga kelishi jarayonini hal 

etadi. Shuning bilan birga dastlab va yakuniy mashqlanishni jismoniy rivojlanish 

va  o‘quvchilarni  jismoniy  tayyorgarlik  darajasini  aniqlash  maqsadida 

o‘tkaziladi.  Bir  vaqtda  nazorat  darslari  katta  o‘rganuvchi  va  mashqlanish 

samarasini  beradi.  Ma’lumki,  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalash  uchun  organizmga 

yuqori  talablarni  qo‘yish  zarur  bo‘ladi,  ya’ni  mashqlarni  charchash  darajasiga 

etkazib  bajarish  talab  etiladi.  Bunday  sharoitda  nazorat  darslari  jarayonida 

yaratiladi.  Ko‘pincha  nazorat  darslarida  ba’zi  bir  o‘quvchilar  o‘quv  darsiga 

qaraganda  ko‘proq  narsani  o‘zlashtirib  oladilar.  Bunga  mashg‘ulotdagi  o‘zaro 

yordam ruhi ma’lum darajada ijobiy ta’sir etadi.  

Jismoniy  tarbiya  amaliyotida  ko‘pincha  o‘quv,  nazorat  yoki  mashqlanish 

darslari  kam  uchraydi.  Har  bir  mashg‘ulotda  o‘rgatish,  nazorat  va  mashqlanish 

elementlari mavjud bo‘ladi. Shuning uchun doimo yodda tutish kerakki, har bir 

aniq  belgilangan dars  ostida  o‘rganish,  mashqlantirish  yoki  nazorat  vazifalarini 

hal  etish  yotadi.  Quyi  sinflarda  asosan  o‘quv  darslari  mashg‘ulotning  umumiy 

sonidan  70-80  yaqinini  tashkil  etadi,  o‘rta  sinflarda  60  foizga  yaqin,  katta  

sinflarda  25-30  foiz.  Ko‘rinib  turibdiki  o‘quvchilarning  yoshi  ortib  borgan  sari 

o‘quv  darslarining  umumiy  soati  pasayadi,  mashqlanish  darslarini  umumiy 

salmog‘i 10-11 sinflarda 60 foizga etadi.  Agar darslarda har xil vazifalar bir xil 

maromda  hal  etilsa  bu  holda  bunday  darslarni  aralash  yoki  murakkab  deb 

ataladi. Bunday toifadagi darslar tez-tez hamma sinflarda uchrab turadi, maktab 

materiallarini o‘zlashtirib olish uchun qulay sharoit yaratiladi.  

 

 



 

 

60 



Xulosa 

Bitiruv malaka ishda jismoniy tarbiya darslarini sog‘lomlashtirish, jismoniy 

rivojlantirish  hamda  jismoniy  harakatlarga  o‘rgatish  jarayonlari  tahlil  etildi. 

Ta’lim  muassasalarida  o‘quvchilarning  jismoniy  tarbiya  tadbirlari  ertalabki 

badantarbiya,  katta  tanaffusdagi  o‘yinlar,  darslardagi  fizkult  daqiqalar,  sport 

to‘garaklari  mashg‘ulotlari,  kun  tartibidagi  jismoniy  tarbiya  tadbirlari,  sport 

musobaqalari va bayramlardan iborat bo‘ladi.  

Jismoniy  tarbiya  mashg‘ulotlari  samarali  tashkil  etilishi  uchun  barcha 

shug‘ullanuvchilar  mashg‘ulot  jarayoniga  jalb  etilishi  kerak.  Buning  uchun 

murabbiylar o‘quvchilar bilan guruh usulida, oqim usulida, navbat bilan, frantal 

usulida xamda  yakkama-yakka individual usulida yondashib mashg‘ulotlar olib 

borishi kerak.  

Jismoniy tarbiya darslari jismoniy mashqlarga o‘rgatish bilan birga harakat 

malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishni ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya darslari 

tuzilishiga  muvofiq  tayyorlov,  asosiy  va  yakuniy  qismlardan  iborat  bo‘ladi. 

Tayyorlov  qismida  shug‘ullanuvchilar  umumrivojlantiruvchi  mashqlar  bilan 

darsning asosiy qismiga tayyorgarlik ko‘radi.  

Asosiy  qismda  dars  mavzusi  bo‘lgan  o‘quv  materiali  texnik  va  taktik 

jihatdan  o‘rganiladi,  rivojlantiriladi  va  takomillashtiriladi.  Yakuniy  qismda 

harakatli o‘yinlar yoki nafas olish mashqlari bilan darsga yakun yasaladi. Uyga 

vazifalar berilib faol o‘quvchi talabalar baholanadi. 

Jismoniy  tarbiya  darslari  turlarga  bo‘linadi.  Kirish  va  o‘rgatish  darslarida 

jismoniy  mashqlar  va  harakatlar  texnikasi  o‘rgatiladi.  Rivojlantirish  va 

takomillashtirish  darslarida  bu  mashqlar  va  harakatlar  rivojlantirilib, 

takomillashtirilib boriladi.  

Nazorat  darslarida  egallangan  jismoniy  mashqlar  va  harakatlar  nazorat 

qilinib  baholanadi.  Aralash  darslarda  bir  mashqning  texnikasi  o‘rgatilsa,  ba’zi 

mashqlar texnikasi rivojlantirilib yoki takomillashtirilib boriladi.  




 

 

61 



Jismoniy  tarbiya  darslari  jismoniy  tarbiya  dasturi  asosida  ishlab  chiqilgan 

dars rejalari bo‘yicha olib boriladi. Har bir darsda dars konspektlari qayd etilgan 

bo‘lishi kerak. 

Jismoniy 

tarbiya 

darslarida 

o‘quvchilarga 

tushadigan 

jismoniy 

yuklamalarni  doim  me’yorlab,  o‘zgartirib  turish  kerak.  Bu  bilan  dars  zichligi 

ortib, o‘quvchilar jismoniy rivojlanishi ta’minlanadi. 

Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarga tushadigan yuklamlarni bolalarni 

muntazam  jismoniy  harakat  qilishlarini  ta’minlab  amalga  oshirish  mumkin. 

Shuningdek dars davomida bajariladigan jismoniy mashqlarni bolalarni jismoniy 

rivojlanish  darajalari,  shaxsiy  qiziqishlari  hamda  jismoniy  qobiliyatlariga 

muvofiq tanlash kerak. 

Jismoniy  tarbiya  darslarida  o‘quvchilarni  shaxsiy  xususiyatlariga  muvofiq 

individual  yondoshish  ularni  darsga  bo‘lgan  qiziqishlarini  ortiradi,  jismoniy 

mashqlari  va  harakatlarni  mustaqil  bajara  olish  malaka  va  ko‘nikmalari 

shakllanadi, organizmini jismoniy rivojlanishlari ta’minlanadi. 

 Jismoniy  tarbiya  darslarini  to‘g‘ri  tashkil  etish  va  barcha  o‘quvchilarni 

harakatlarga  bo‘lgan  ehtiyojini  qondirish  bilan  bolalarni  sog‘lomlashtirish  va 

jismoniy rivojlantirish vazifalari to‘liq amalga oshiriladi. 

 


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish