Jismoniy madaniyat darsini turlash. Dars tarkibi uning mazmunini
belgilaydi. Shuning uchun dars qurilishini, qonuniyatlarini tadqiqot qilishlik eng
avvalo vazifani to‘g‘ri qo‘yish, manba, metodlarni to‘g‘ri tanlash talab etiladi.
27
Darsning maqsadi vazifalarini to‘g‘ri aniqlashdan iborat. Dars
klassifikatsiyasi avvalombor o‘quv jarayoni didaktiv vazifa va manbalari
aniqlashtirish uchun zarur. Shu bilan birga eng avvalo dars tuzilishining
qonuniyatlariga ko‘rib chiqish uchun ularning asosiy belgilarini tizimiga solish
zarur. Bularsiz o‘rganiladigan nazariya savollarini ya’ni qonuniyatlarini to‘g‘ri
tushunib bo‘lmaydi.
Umumpedagogik
va
maxsus
adabiyotlarda
maktab
darsini
klassifikatsiyasiga har xil yondoshishliklar mavjud. Shu jumladan jismoniy
madaniyat darsi ham. Ba’zi hollarda ularning klassifikatsiyasi didaktiv
maqsadlarni amalga oshirish uchun klassifikatsiya qiladi. Yangi materialni
o‘rganish darsi, qaytarish darslari. Boshqa holatlarda – o‘quv materialini
mazmuniga qarab, adabiyot darsi, matematika darsi, gimnastika darsi engil
atletika darslari, uchinchilari – o‘rgatish metodlari bo‘yicha, to‘rtinchidan
o‘quvchilarning joylashtirish usuli bo‘yicha, beshinchidan ishni bajarish. Dars
klassifikatsiyasini yo‘qotadi. Har qanday ilmiy asoslanmagan darsni guruhlash
maqsadga muvofiq emas. Darslarni klassifikatsiyalashda ularni tashqi
belgilariga qarab emas uni mohiyatiga qaralishi zarur. Darslarni maqsad
vazifalariga qarab bo‘lishligi tamoyili didaktikadan umumiy joy olgan
yo‘nalishiga o‘xshashlik jismoniy madaniyat darsini nazariyasida topdi. V.V.
Belinovichni ta’biri bilan aytganda, bunday darslar o‘rgatish, mustahkamlash,
o‘rganilganlarini tekshirish maqsadida tashkil qilinadi.
Jismoniy tarbiya darsini klassifikatsiyasi N.N. Efremov ishlarida o‘z
ijobini topdi. U darsni u topini ajratib berdi:
1) yangi materialni o‘zlashtirib olish darsi;
2) qaytalash
darsi,
takomillashtirish,
o‘zlashtirib
olganini
mustahkamlash, mashqlanish;
3) shug‘ullanuvchilar bilishni tekshirish;
4) shug‘ullanuvchilarni
bilim,
malakalarini
hamda
jismoniy
tayyorgarligi darajasini tekshirish-nazorat qilish;
5) aralash tipdagi dars tipi, o‘quv mashqlanish.
28
Bu klassifikatsiyada faqat bir dars etishmaydi, bu ham bo‘lsa kirish.
O‘rgatish jarayonini boshlanishi uchun dars. Bunday darslar maktab amaliyotida
ham juda ko‘p qo‘llaniladi. Qoidaga ko‘ra o‘quv yilini boshlanishida o‘tiladigan
darslar. Kirish darslari esa choraklarni boshida, dastur bo‘yicha yangi bo‘limga
o‘tilganda. Bunday darslarni maqsadga muvofiqligini ko‘p o‘qituvchilarni
tajribasi ko‘rsatmoqda.
Dars tipini har xil bo‘lishi o‘quvchilarni yoshi, shug‘ullanish joyini
talabga javob berishi, ob-havo darsda kerak bo‘ladigan sport asbob anjomlarini
etarli bo‘lishi va boshqa shartlar sabab bo‘ladi.
O‘quv metarillarini turlariga qarab darslarini klassifikatsiyalash mavjud
bo‘lgan. Shunday ekan quyi sinflarda fiziologik-psixologik holatlarga qarab
darsni mazmuni, o‘quv materiallini mazmuni, umumlashtirilgan qiskartirgan
xarakterga ega bo‘ladi.
Maktab yoshdagi kichik bolalarga bir xildagi o‘quv materiallini berish
mumkin emas, chunki yosh organizm tez charchaydi, toladi hamda bolalarga
qiziqishni yo‘qotadi. Bir so‘z bilan aytganda o‘rgatish o‘qitishni samarasini
yo‘qoladi. Shuning uchun quyi sinflarda imkoni boricha xilma xil materiallni
o‘tish talab qilinadi. Shunday ekan xilmag‘xil vositalardan iborat bo‘lgan
darslarni aralash darslar deb bo‘lmaydi yoki gimnastika darsi, basketbol darsi,
engil atletika darsi deb bo‘lmaydi. O‘rta va yuqori sinflarda asta-sekinlik bilan
aniq dars vositalarini kiritish talab etiladi. Bu albatta to‘liq qonuniyatlarga mos
tushadi hamda talab darajasiga ega bo‘ladi, uni bu o‘quvchilar aniq sport turi
bilan shug‘ullanishi hohlaydilar va ma’lum natijalarga erishishni istaydilar.
Darsni uch qismga bo‘linishi va ularni doimiyligi uni ichki tuzilishini
tasnifi bermaydi. Chunki dars juda ko‘p detallardan iborat bo‘ladi.
Dastlab darsga tanlab olingan mashqlar tarkibi bo‘yicha muhokama
qilinganda, ularning ketma ketligi davomiyligi «dars sxemasi” deb aytilgan.
So‘ng dars vazifasi, manbasi va metodi buyicha baholanganda “dars rejasi”
atamasini ishlatgan.
29
Dars tarkibi – bu uni qismlarini soni ularni tayinlanishi va mazmuni
ketma-ketligi, har bir qismi davomiyligi, tarkibiy qismi, kirish, asosiy, yakuniy.
Faqat qismlar alohida-alohida ajratilib o‘tilish ko‘p vaqtni olmasligini uqtiradi.
Biroq darsda uni qismlarini farqlaydigan bo‘lsak bu holda uni qismlari
to‘g‘risida so‘z yuritish shart emas. Chunki bu siz ham ular o‘zaro bog‘lanib
ketadi. Boshlang‘ich sinflarda tayyorlov mashqlari o‘tilganda o‘qituvchi
tomonidan mashqlar sekin asta bir vaqtning o‘zida chiroyli ko‘rsatilib
mazmunan aniq, atamalarni to‘g‘ri so‘zlab berishi talab etiladi. Biroq doimo bir
xil mashqlarni qaytarish sonini ko‘paytirib yuborish ham maqsadga muvofiq
emas. O‘quvchilarni anatomo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish talab
etiladi.
O‘rta va yuqori sinflarda darsni tayyorlov qismi bir oz cho‘zilgan bo‘lishi
mumkin so‘zlab, ko‘rsatib berishga ketadigan vaqtni hisobini olish zarur.
Tajribali o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan xilma xil fandagi dars
qismini tahlili shuni ko‘rsatadiki tayyorlov qism, asosiy qism, yakuniy qismlarni
o‘zaro munosabati shug‘ullanuvchilarni yoshi, dars tipiga bog‘liq bo‘ladi. Quyi
sinflarda qismlarni taqsimlanishi bir xilda, ammo tayyorlov qismidan bir oz farq
qiladi. Masalan birinchi sinflarda tayyorlov, asosiy yakuniy qismini davomiyligi
13 min, asosiy 20 min, yakuniy 12 min. Yuqori sinflarda bolalarni anatomo-
fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalarni organizmi tayyorlash
so‘zlab berish ko‘rsatishlar biroz sekinroq kechadi, jismoniy yuklarni
pasaytirish, dars joyini jihozlash va ularni yig‘ishtirib olish, darsga yakun
yasash, uyga vazifa berish.
Biron ko‘zlab tashkil qilingan elementlarni davomiyligi 20-25 min davom
etishi mumkin. Umuman olganda darsni tayyorlov qismi uchun olingan
mashqlar asosiy qismidagi vazifalarni hal etish imkonini berishi, yakuniy
qismdagi beriladigan mashflar asosiy qismdan kelib chiqqan bo‘lishi talab
etiladi. Ya’ni dars boshlanishidan oldin o‘quvchini yurak urishi 65 ta bo‘lsa
ya’ni tinch holatda – bo‘lsa darsdan so‘ng – bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich bilan
30
yakuniy qismdagi farq 70 ta bo‘lishi kerak. Darsga qo‘yilgan asosiy mashqlarni
bajarish uchun dars vaqtini 28-50% sarflanadi.
Maktabdagi jismoniy tarbiya darsi asosiy pedagogik kategoriya tizimi
sifatida qaraladi. Ularni o‘rgatish, tahlil qilish, yozish, oson bo‘lishi uchun
alohida tahlil qilinadi. O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri, o‘quvchilarning
o‘quv ishlarini tashkil qilishdan iborat. “O‘quv ishlarini tashkil qilish”
tushunchasi jismoniy tarbiya darsi jarayonida eng oldi bilan uchta aniq
o‘qituvchi faoliyati bilan o‘z ichiga oladi:
1) boshqarish;
2) joylashtirish;
3) ma’lum tartibda qo‘yilgan vazifalarni hal qilishdan iborat.
Mavjud adabiyotlarda “darsni olib borish”, “o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish
metodlari” va boshqalar, jumladan “frontal”, “guruhli” va “individual” metodlar.
O‘quvchilarni joylashtirish va ishlarni bajarish tartibi darsda sifatida
qo‘llaniladi. Darsda o‘quvchilarni joylashtirish, qo‘yilgan vazifalarni bajarish
tartibidan farq kilmog‘i kerak ko‘p hajmdagi vazifalarni qo‘yish aniq pedagogik
tushunchalar bilan bog‘liq atamalarni qo‘llash, zqituvchi bilan metodistlarni
o‘zaro tushunishi qiyinlashtiradi.
Jismoniy tarbiya jamoa bo‘lib yoki yakka tartibda ishlarni bajarish eng
avvalo o‘quvchilarni boshqara bilishdan iborat. Uning asosiy usullari: buyruq,
topshiriq, ko‘rsatish, hisob sanash, shu bilan birga ko‘rish, ovozli shartli
belgilar.
Buyruq o‘zining qisqaligi, aniqligi, talabchanligi bilan ma’lum. Ular assal
turganidan topshiriqlarni bajarishda qo‘llaniladi. Buyruq atamalari quyi
sinfdanlardan qo‘llanilib yuqori sinflarda murakkablashtirib boriladi.
Quyi sinflarda buyruqlar biroz sekinlashtirilgan holda berilishi talab
etiladi. Buyruqlar ma’lum komota’lim topshiriqlarni berishda qo‘llaniladi.
Shuning uchun farmoyish u yki bu narsani bajarish tahlil qilinadi.
Darsda o‘quvchilarni boshqarish uchun yorug‘li va ovozli shartli ovoz va
belgilar ishlatiladi bu shartli belgi yoki ovozlar oldindan kelishib olinadi.
31
Masalan, qarsak, svstok ishorali bilan to‘liq dars o‘tish mumkin. Quyi sinf
o‘quvchilarini harakat faoliyatini tartibga keltirish, me’yorini belgilashda ovozli
signallardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oldindan kelishib olingan
ishoralarni qo‘llash o‘qituvchiga rohat bag‘ishlaydi. Darsda o‘quvchilar
faoliyatlarini boshqarishni juda ko‘p usullari mavjud. Bu holda albatta
shug‘ullanuvchilar yoshini hisobga, dars o‘tish joyini, sharoitini, qo‘yilgan
vazifalarni o‘quvchilar tomonidan qanday o‘zlashtirib olinganligini hisobga
olish talab etiladi.
Darsda o‘quvchilarni joylashtirish o‘quv ishlarining asosiy usuli
hisoblanadi. Uch usuldan iborat:
1) o‘quvchilarni bo‘lmasdan, bir butun joylashtirish, frontal;
2) bo‘limlar, zvenolar bo‘yicha, komanda bo‘yicha, guruhli;
3) har bir o‘quvchini alohida-alohida, yakka tartibda joylashtirish.
Har bir usul ko‘p variantni o‘z ichiga oladi. Masalan, gimnastika darsida
barcha o‘quvchilarni bir bukilib joylashtirish mumkin, kolonna, sherenga, doira
yakka tartibda guruhli bo‘lishi mumkin, ko‘rsatilgan joy yoki snaryadlar oldida.
U yoki bu usulni qo‘llash ko‘p soni omillarga bog‘liq o‘quvchilarning
yoshi tayyorgarligi dars tipi va turi, mashg‘ulot o‘rni, zaruriy asbob anjomlarni
mavjudligi, yordamchilar soni. Biroq aniqlovchi omillar bo‘lib dastur o‘quv
materiallari hisoblanadi.
O‘quvchilarni
joylashtirishning
xilma-xil
usullari
mashqlarni
takomillashtirish, o‘zlashtirib olinganligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Masalan, sinf o‘quvchilarini ko‘p guruhlarga bo‘lib yuborishlik yoki snaryadlar
bo‘lib yuborish, ularni joylashtirish, ularni jismoniy yuk olish hajmini oshiradi.
Mavjud adabiyotlardan joy olgan “doiraviy mashqlanish metodi”,
mashqlarni doiraviy bajarish” “doiraviy metodi”, bu metodlar to‘g‘ri deb tan
olish mumkin, lekin biroq. “shakl” bilan metodni almashtirib yubormaslik kerak.
Bizga ma’lumki “Doiraviy mashqlanish” o‘z ichiga ma’lum vazifalarni,
vositalarni va manbalarni, metodlarni oladi. O‘zidan o‘zi ma’lumki jismoniy
mashqlar mashg‘ulotlarni tashkil qilish shaklini, asosiy o‘ziga xos komponenti
32
“doiraviy mashqlanish” - joylashtirish metodi, mashqni bajarish tartibi ya’ni.
Agar “doiraviy mashqlanish” metod hisoblansa u holda darsni shakl emas metod
deb atash mumkin. Asosiy pedagogik kategoriyalarni aniqlash o‘qituvchi bilan
metodist o‘rtasida o‘zaro tushunishlik deb atash mumkin.
Jismoniy tarbiya darsida o‘quvchilar faoliyatini tashkil qilishdan tashqari
“boshqarish” va joylashtirish bilan birga ma’lum ishni tartib bilan hal etish
masalasini ham etish deb tushunmoq zarur. Adabiyotlarda bu masala yuzasidan
ma’lum bir asoslangan taklif yo‘q. Shu bilan birga amaliyot ko‘p vazifani
bajarish usullarini ishlab chiqdi. Ularni aniq uch guruhga bo‘lish mumkin:
1) barcha o‘quvchilar tomonidan topshiriqni bir vaqtda bajarilishi,
frontal, navbatma-navbat;
ular o‘quvchilar qanday joylashishidan kat’iy nazar qo‘llanishi mumkin. U yoki
bu usulni qo‘llash darsni tipi va turiga o‘quvchilar yoshiga, ularni jismoniy
tayyorgarligiga, darsga taalluqli bo‘lgan anjomlarni mavjudligi, jihozlanishiga
bog‘liq. Qator jismoniy mashqlarni bajarishda yoki u yoki bu mashqni bir necha
bor qaytalashda ”alohidalik” yoki bir butunlik”, potok usuli qo‘llaniladi.
Alohidalik usuli qo‘llanganda har bir mashqdan so‘ng tushuntirish,
ogohlantirish, ko‘rsatma berish. O‘quvchilarni yakka tartibda joylashtirish usuli
afzalligi shundan iboratki har bir mashqni bajarilish sifatini nazorat qilish,
ko‘rsatma berish, o‘quvchi uchun oson bo‘ladi. Masalan, bizga ma’lumki frontal
usulida joylashtirishni afzalligi juda ko‘p mashqlarni shu usulda bajarilsa darsni
absalyut zinchligi hamda M.Z. motor zichligi yuqori bo‘ladi demak darsga
qo‘yilgan vazifalar to‘liq hal qilindi degan xulosani chiqarishimiz mumkin.
Darsni umumiy zinchligini aniqlashda ya’ni A.P.Z., da foydasiz ishga
sarflangan vaqtini umumiy foiz 100 % teng bo‘lmaydi, demak o‘qituvchi
berilgan vaqtdan to‘g‘ri ijobiy foydalana olmaydi degan xulosani chiqarishimiz
mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, hal etiladigan
vazifalardan kelib chiqqan holda bo‘linadi: tarbiya, o‘rganish, rivojlantirish
metodiga bo‘linadi. Bu asosiylaridan tashqari yana qator usullar mavjud:
33
rahbarlik, tashkil qilish, yordamchi metodlar, asoslashtirishi, jismoniy yuklarni
me’yorlash, yordam berish, tadqiqot, tanlash. Biroq jismoniy tarbiya nazariyasi
ta’limot to‘g‘risida juda oz. Ko‘pchilik o‘rgatish metodi - bu o‘qituvchi bilan
o‘quvchi o‘rtasidagi ishlar usuli deb hisoblaydilar qaysiki buning yordamida
o‘quvchilar tomonidan bilimlar o‘zlashtirib olinadi. Bilim, ko‘nikma shakllanib
boradi, dunyoqarashi rivojlanadi, qobiliyati o‘sadi, bu erda rahbarlik va tashkiliy
shakllar deb tanishish mumkin. Jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlanish
jarayonida uni mazmuni sifat tomonga o‘zgaradi, maqsadi, vazifasi, manbasi,
shartlari, tamoillari va metodlari. Mazmunini o‘zgartirish orqali eski shaklli
tashlab yuboriladi, yangisi esa uni mazmunini o‘zgartirishga olib keladi. Bunga
misol qilib maktab darsini ko‘rsatish mumkin, mana to‘rt yuz yildan ortiq o‘quv
– tarbiyaviy jarayoni asosiy shakli bo‘lib kelmoqda. Chunki darsning mazmuni
maktab dasturi materiallari belgilaydi.
Dars mazmunining hamma elementlari darsni tashkiliy jarayonida
o‘qituvchi tomonidan tuzilishi kerak. Darsni tashkil etish uchun organizm
mavjudligini biologik qonuniyati, uni ish qobiliyatini aniqlash va o‘quv
tarbiyaviy jarayoni mantiqligi asos hisoblanadi. Ish qobiliyatchanlikni to‘rta
xonasi mavjud: start oldi holatini zonasi va vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotish
zonasi.
O‘quv tarbiya jarayonining mantiqi quyidagilarni talab etadi:
1) shug‘ullanuvchilar faoliyatiga bilishni izchillik bilan kiritish;
2) zaruriy jismoniy ish qobiliyatiga izchillik bilan erishish;
3) ma’lum mashg‘ulotda belgilangan ta’lim, tarbiyaviy va
sog‘lomlashtirish vazifalarini izchillik bilan hal etish;
4) o‘quvchilarni keyingi muvaffaqqiyatli faoliyatlariga yordam
beruvchi organizmni ishdan so‘ngi yaxshi holatini ta’minlash.
Bular darsni uch qismga bo‘lishi sharti bilan bog‘liq: tayyorlov, asosiy va
yakuniy. Darsni uch qismga bo‘linishi, u o‘z bir butunligini yo‘qotadi degan gap
emas. Aksincha, har bir qism oldindagilardan kelib chiqib keyingilarni mantiqiy
to‘ldirib borishi kerak.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |