O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 INKOTERMS tovarlarni yetkazib berish shartlari va tartibi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

 
9.4. INKOTERMS tovarlarni yetkazib berish shartlari va tartibi 
 
Yetkazib  berishning  bazis  shartlari  shartnоmaning  predmetida  ko‘rsatiladi. 
1953,  1980  va  1990,  2000,  2010-  yillarda  xalqaro  savdо  palatasi  xalqaro  savdо 
terminlarining  INKОTERMS  nоmli  kitоb  jamlamasini  chiqargan.  Bu  jamlamada 
tоmоnlarning  huquq  va  majburiyatlarini  tovarni  yetkazib  berish  shartlaridan  kelib 
chiqqan  hоlda,  belgilangan.Yetkazib  berish  shartlari  katta  hatar  bilan  qisqartirilgan 
hоlda belgilanadi,  masalan,  EХW,  CIF.  Bundan tashqari,  ular  tovar  yetkazib berish 
yo‘llarini,  xatarning  bir  tоmоndan  ikkinchi  tоmоnga  o‘tish  hоlatlarini  ham  belgilab 
beradi. Bu savdо terminlari (tovar yetkazib berishning bazis shartlari), tovarni хоrijga 
sotishning  ma’lum  bir  miqdоrda  оddiylashtirilgan  va  standartlashtirilgan  ifоdasi 
bo‘lib, xalqaro savdоning urf-оdatiga aylantirilgan.  
Shartnоmada yetkazib berishning bazis sharti ko‘rsatilishi bilan bir qatоrda, bu 
qaysi INKОTERMS qоnuniyati bilan amalga оshirilishini ko‘rsatish zarur. Masalan, 
"CIF-  Nyu  Yоrk  (Inkоterms-2000".  Buning  afzalligi  shundaki,  kechrоq  chiqarilgan 
inkоterms  оldinrоq  chiqarilgan  inkоtermsning  bazi  qоnuniyatlarini  rad  etib,  o‘rniga 
yangi qоnuniyatlarni ifоda etadi. 
Inkoterms  –  bu  tashqi  savdoda  keng  ishlatiladigan  savdo  atamalarini  izohlab 
beruvchi  xalqaro  qoidalar  yig‘indisi.  Xalqaro  savdo  atamalari,  oldindan  kelishib 
olingan  savdo-sotiq  shartnomalarining  standart  shartlaridir.  Ular  xalqaro  savdo 
palatasi 
tomonidan 
tuzilgan 
bo‘lib, 
standart 
savdo-sotiq 
shartnomalarida 
foydalaniladi. 
Inkoterms - Xalqaro savdo palatasi (International Chamber of Commerce, ICC) 


125 
 
tomonidan  ro‘yxatga  olingan  savdo  markasi.  Inkoterms-2010  rasmiy  matniga 
mualliflik  huquqi  XSP  va  uning  turli  mamlakatlardagi  milliy  qo‘mitalariga 
tegishlidir. 
Ilk  marta  Inkoterms  qoidalari  Xalqaro  savdo  palatasi  tomonidan  1936  yilda 
ishlab  chiqilgan.  Mahalliy  huquqiy  normalar  bilan  tartibga  solinadigan  soha  uchun 
mutlaqo  yangi  kontseptsiyani  taqdim  etgan,  qoidalar  xalqaro  biznes  xamjamiyatida 
shov-shuvga  sabab  bo‘ldi,  jahon  savdo  amaliyotida  dolzarb  va  muhim  yangilikka 
aylandi. 
Inkoterms  qoidalari  muntazam,  amalda  har  10  yilda,  xalqaro  savdo  va 
globallashuv o‘sishi sharoitida zamon talablariga javob berish uchun qaytadan ko‘rib 
chiqiladi.  Shu  tariqa,  1953,  1967,  1976,  1980,  1990  va  2000-  yillarda  hujjatlarning 
asosiy to‘plamiga tuzatishlar, qo‘shimchalar kiritilgan. 
2011- yil 1- yanvardan boshlab Xalqaro savdo palatasi - Jahon biznes tashkiloti 
(International  Chamber  of  Commerce,  ICC)  tomonidan  ishlab  chiqilgan  Inkoterms-
2010 (Incoterms-2010) ning yangi tahriri kuchga kirdi. 
Inkotermsning  amal  qilish  sohasi  oldi-sotdi  shartnomasi  bo‘yicha  taraflarning 
tovarlarni  yetkazib  berish  (yetkazib  berish  shartlari)  bobida  huquq  va 
majburiyatlariga tatbiq etiladi. Ular xalqaro savdo shartnomalarining muhim elementi 
hisoblanadi,  bugungi  kunda  TIF  va  xalqaro  savdo  ularsiz  butkul  boshqacha  amalga 
oshirilgan  bo‘lar  edi.  Inkoterms  atamalari  tovarlarni  sotuvchidan  xaridorga 
yetkazishdagi  chiqimlar  va  hatarlarni  tavsiflaydi,  shuningdek  yuk  ortish-tushirish 
ishlari,  tovarlarni  tashish,  ularni  sug‘urtalash  va  bojxonada  tozalash  bo‘yicha 
taraflarning majburiyatlarini tartibga soladi. 
Qoidalarning  navbatdagi  qaytadan  ko‘rilishiga  Inkoterms  atamalarini  yanada 
aniqroq  va  ravshanroq  ta’riflash  maqsadi  qo‘yilgani  sabab  bo‘ldi.  Inkoterms-2010 
qoidalari  2000  yilda  qoidalarning  oxirgi  tahriri  chiqarilganidan  keyin  shakllangan 
xalqaro  savdoni  rivojlantirishning  hozirgi  tamoyillarini  aks  ettiradi.  Ular  orasida 
2001-  yil  11-  sentyabr  voqealaridan  keyin  yanada  dolzarb  tus  olgan  tashishlarning 
xavfsizligi,  shuningdek  tijorat  bitimlarini  tuzayotganda  elektron  vositalardan 
foydalanishni kengaytirish masalasi bor. 
Inkoterms  qoidalarining  2010-  yil  tahriridagi  yangi  versiyasi  bir  qator  muhim 
o‘zgartirishlar va yangiliklarni  o‘z ichiga oladi. Tarkibiga ko‘ra u transportning xar 
qanday  turlarida  hamda  dengiz  orqali  va  ichki  suvlarda  tashish  chog‘ida 
foydalaniladigan atamalarning ikki guruhidan  iborat  (Inkoterms-2000da  4 guruh bor 
edi). Bundan tashqari, ular miqdori 13 atamadan 11 atamaga qisqardi, buning ustiga 
ularning  ikkitasi  mutlaqo  yangi  atamalar:  DAT  (terminalda  yetkazib  berishlar)  va 
DAP (punktda yetkazib berishlar). 
Inkoterms-2010da  har  bir  atamaga  uning  ma’nosiga  qisqacha  tushuntirish 
berilgan,  bu  esa  ko‘pincha  yetarlicha  huquqiy  bilimlarga  ega  bo‘lmagan 
tadbirkorlarga  shartnomalar  tuzayotganda  xatolarga  yo‘l  qo‘ymaslik  va  kerakli 
atamani  tanlash  imkonini  beradi.  Qoidalarning  yangi  versiyasida  FOB,  CFR  va  CIF 
atamalariga qo‘shimchalar kiritilgan. 
Inkoterms-2010  qoidalarini  qo‘llash  sohasining  yanada  kengaygani  ularning 
shubhasiz  afzalligidir.  2010-  yil  versiyasi  ushbu  qoidalarni  bir  davlat  yoki  YI  va 


126 
 
MDH  singari  integratsiya  birlashmalari  doirasida  xalqaro  va  ichki  savdoda  qo‘llash 
imkonini beradi. 
Yuklarni  terminalda  saqlash  chiqimlarini  to‘lash  uchun  mas’ul  tarafni  belgilashda 
ham vaziyatni tuzatishga va aniqlik kiritishga yo‘naltirilgan tuzatishlar kiritildi. 
Sotuvchi tovarlarni kelishilgan joyga yetkazib berishni tashkil qilishi va xaqqini 
to‘lashi kerak bo‘lganda (CIP, CPT, CFR, CIF, DAT, DAP), terminalda saqlaganlik 
uchun chiqimlarni to‘lash majburiyati tovarlar uchun shartnoma bahosining bir qismi 
sifatida  xaridorga  o‘tishi  mumkin.  Shunday  bo‘lsa-da,  ba’zi  hollarda  ikkiyoqlama 
to‘lov yuzaga kelgan – sotuvchi ham terminalga saqlaganlik uchun xaq to‘lashi kerak 
bo‘lgan. 
Inkoterms-2010  qoidalarini  4  guruhga  bo‘lishimiz  mumkin.  Xar  bir  atama  3  ta 
harfdan iborat bo‘lib, birinchi harfi majburiyat va hatarlarning sotuvchidan xaridorga 
o‘tadigan nuqtasini ko‘rasatadi. 
Inkoterms-2010  tovarning  xavfsiz  yetkazilishini  nazoratini  amalga  oshirish 
bo‘yicha  xaridor  va  sotuvchi  orasidagi  majburiyatlarni  taqsimlab  beradi.  Inkoterms-
2010  tovarni  yuklash/tushirish  va  bitta  xizmat  turiga  ikki  karra  harajat  bo‘lishining 
oldini olishga qaratilgan. 
INKOTERMS–2010  ning  qulay  va  tushunarli  suratiga  e’tiboringizni 
qaratmoqchimiz. 
Inkoterms 2010 ishlatiladigan iboralar: 
Yuk tashuvchi: tashish shartnomasi tuzilgan tomon. 
Bojxona  rasmiyatchiligi:  Barcha  bojxona  qoidalari  saqlanishi  shart  bo‘lgan 
bojxona talablari. 
Yetkazib  berish:  bu  tushuncha,  yo‘qotish  va  zararlar,  xatarlar  sotuvchidan 
xaridorga o‘tadigan joyni anglatadi. 
Yetkazish hujjatlari: Yetkazib berilganlini tasdiqlashda foydalanadigan hujjat. 
Elektron  yozuvlar  va  tartibi:  Savdo  aylanmasi  ishtirokchilari  tomonidan 
an’anaviy  “qog‘oz”  hujjatlar  bilan  bir  qatorda  ularning  elektron  ekvivalentlaridan 
foydalanish. 
Tovarni  qadoqlash:  yukni  tashishga  layoqatligini  ta’minlaydigan  va  shartnoma 
shartlariga mos tushuncha. 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish