O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


moddiy huquqiy tartibga solinishi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

moddiy huquqiy tartibga solinishi 
 
Kollizion tartibga solish. Chet el elementlari bilan murakkablashgan mulkiy va 
nomulkiy  munosabatlarga  nisbatan  qo‘llanishi  lozim  bo‘lgan  huquq  normalarning 
mohiyatini  talqin  qilish  hamda  ularning  qo‘llanish  hususiyatlarini  aniqlash  katta 
ahamiyatga  ega.  Davlatlar,  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  o‘rtasidagi  aioqalarning 
kuchayib  va  ko‘lami  kengayib  borayotganligi  bunday  aloqalarning  huquqiy 
qoidalarini o‘rganishni asosiy vazifalar qatoriga qo‘shib qo‘ymoqda. 
O‘zbekiston  Respublikasibilan  yaqin  amaliy  aloqa  o‘rnatish  harakatidagi 
davlatlar  va  yuridik  shaxslarning  soni  yildan  yilga  tobora  ortib  bormoqda, 
O‘zbekiston  hududiga  biznes,  madaniyat,  turizm  va  ta’lim  yo‘nalishlarida  amaliy 
tashrif  bilan  kelayotgan  jismoniy  shaxslar  ham  borgan  sari  ko‘paymoqda.  Xalqaro 
aloqalarning  kengayishi  natijasida  sudlar,  arbitraj,  notariat,  fuqarolik  holati 
dalolatnomalarini qayd etuvchi idoralar va boshqa davlat organlari o‘z faoliyatlarida 
xalqaro  xususiy  huquq  normalarining  murakkab  muammolariga  duch  kelmoqdalar. 
Kollizion  normalar  va  ularni  qo‘llash  bilan  bog‘liq  qoidalar  shunday  murakkab, 
ammo muhim muammolardan biri hisoblanadi. 
Xalqaro  xususiy  huquqqa  doir  yuridik  adabiyotlarda  "Kolliziya"  lotincha  so‘z 
bo‘lib,  qarama-qarshi  nazarlar,  intilishlar,  manfa’tlar  to‘qnashuvi  degan  ma’noni 
bildirishi  ko‘rsatilgan.  Bir  davlatning  ayrim  qonunlari  o‘rtasidagi  tafovut  yoki  turli 
davlatlarning  qonunlari,  sud  qarorlari  zidligi,  bir-biriga  qarama-qarshiligi  degan 
ma’noda  ham  ishlatiladi.  Lekin  ushbu  atama  shartlilik  xususiyatiga  ega.  Aslida 
qonunlar  kolliziyasi,  ya’ni  ular  o‘rtasida  qo‘llanishi  zarur  bo‘lgan  qoidani  tanlash 
haqida gap yuritiladi. 
Sud yoki boshqa organ tomonidan turli davlatlar qonunlarini o‘rganish, izohlash 
va  qiyoslash  yo‘li  bilan  chet  el  elementi  bilan  murakkablashgan  munosabatga 
nisbatan  tegishli  huquq  normasini  qo‘llash  to‘g‘risidagi  masalaning  hal  qilinishi 
xalqaro  mulkiy  va  nomulkiy  munosabatlarni  to‘g‘ri  tartibga  solishda  muhim 
ahamiyatga  ega.  Shu  zaylda  kollizion  muammo  u  yoki  bu  huquqiy  munosabatga 
nisbatan qo‘llash uchun tegishli huquqni tanlash muammosidir. 
Kollizion  norma  muayyan  munosabatga  nisbatan  qaysi  davlatning  huquqni 
qo‘llanish  mumkinligini  ko‘rsatadi.  Kollizion  normaning  boshqa  huquq  sohalari 
normalaridan asosiy farqi shundan iboratki, uning vositasida qo‘llanishi uchun kerak 
bo‘lgan huquqni ko‘rsatish yo‘li bilan kollizion muammo bartaraf qilinadi. Kollizion 


60 
 
norma o‘z holicha masalani oxirigacha hal qilmaydi, u tegishli qoida nazarda tutilgan 
qonunning moddiy normalariga havola qiladi, ya’ni ko‘rsatib beradi. Bunday moddiy 
normalar  qonun  osti  hujjatlari  emas,  balki  faqat  kollizion  normalarning  manbai 
hisoblanuvchi qonunlarda nazarda tutilishi mumkin. 
Demak,  kollizion  norma  tegishli  huquqiy  munosabatga  nisbatan  qaysi 
davlatning huquqini qo‘llash kerakligini belgilab beruvchi normadir. Kollizion norma 
havola qiluvchi, ko‘rsatib beruvchi norma xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli, undan 
faqat  bironta  moddiy-huquqiy  norma,  yanada  aniqroq  qilib  aytganda,  masalani  hal 
qilishga qaratilgan qonunning  moddiy-huquqiy  normasi bilan birgalikda foydalanish 
mumkin. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish