Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi:
www.gov.uz,
www.cer.uz,
www.tsue.uz,
www.lex.uz,
www.mf.uz,
www.cbu.uz,
www.mfа.uz, www.aci.uz, www.mf.uz, www.mineconomy.uz,
www.stat.uz, www.imf.org, www.oecd.org, www.worldbank.org, www.wto.org,
www.unctad.org
49
III bob. XALQARO SHARTNOMALAR TUZISHDA MUZOKARALAR
3.1.Muzokaralarga tayyorgarlik
3.2.Muzokara olib borish xulqi
3.3.Muzokaralardagi delegastiyalar
3.4.Vaqtni xis etish. Muzokaralar jarayonining ahamiyati
3.5.Shartnoma va muzokaralar tili
3.6.Muzokaralar olib borishdagi qoidalar
3.1. Muzokaralarga tayyorgarlik
Korxona vakillari tomonidan uyushtiriladigan qabul xalqaro korxonalar
o‘rtasida munosabatlar o‘rnatish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bunday qabullarda xorijiy korxona vakililari o‘z davlatlari siyosatini tushuntiradilar,
o‘zlari turgan mamlakat haqida axborot to‘playadilar va muhim muamolalar bo‘yicha
fikr almashadilar. Shuning uchun har bir qabul uning uyushtiruvchilari va
mehmonlar uchun muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi.
Qabul vaqtida korxona vakili uning korxonasini qiziqtirayotgan axborotlarni
olish, boshqa manbalardan olingan axborotlarning qay darajada to‘riligini qiyoslash
imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘z korxonasining tegishli siyosatini ishlab chiqish uchun
zarur bo‘lgan ro‘y berayotgan voqealarni ta’riflash korxona vakillari faoliyatining
muhim sohasi bo‘lib, u hozirgi kunda yuqori baholanadi.
Bunda axborot to‘plash shakli va usullari, tahliliy obyektivlarga salbiy ta’sir
qiluvchi subyektiv holatlarga katta ahamiyat beriladi. Shu bilan birga korxona
vakililari tayyorlagan hisobotlardan korxona tashqi siyosati yo‘nalashini belgilashda
foydalanish ham muhimdir. Korxona vakillari uchrashuvlari Potsdam (1945 ), shu
bilan birga Dubarton-Oks shaharlarida o‘tkazildi. 1945- yildagi San-Franstisko
konferensiyasida BMT Ustavi qabul qilindi.
Hozirgi paytda ko‘p tomonlama korxona vakillari uchrashuvlari asosan ikki
shaklda: aniq maqsadli chaqiriluvchi xalqaro anjumanlar va xalqaro tashkilotlar
sessiyalari shaklida amalga oshirilmoqda.
Xalqaro anjumanlar ayrim hollarda kengash deb ham ataladi (Yevropa
xavfsizlik kengashi). Ko‘p tomonlama korxona vakillarining yana bir yig‘ini xalqaro
tashkilotlarning yillik sessiyalaridir. Bular BMT Bosh Asshambleyasining yillik
sessiyasi, shu bilan birga ko‘p sonli tashkilotlarning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi,
YUNESKO, YUNISEF va boshqalarning shu kabi tadbirlari va boshqalar.
Xalqaro kengash, anjuman va tashkilotlarning turli-tumanligiga qaramay,
ularning muvaffaqiyatli ish olib borishi uchun muayyan tartibga, aniq me’yorlar va
qoidalarga rioya qilishi lozimki, ular mazkur anjumanlarning faoliyatini tartibga solib
turadi.
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni (yangi tahriri 2017- yil 3- aprel) ning 14, 15 va 16 moddalari
xalqaro shartnomalar tuzishda muzokaralar olib borishga bag‘ishlangan bo‘lib,
quyida bu moddalar o‘z aksini topgan:
14-modda. Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
50
shartnomalarini imzolash to‘g‘risida qarorlar.
Muzokaralar
olib
borish
va
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalarini imzolash to‘g‘risida qarorlar O‘zbekiston Respublikasining boshqa
qonun hujjatlarida o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa:
1) O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan –
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
2) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga
nisbatan – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
3) O‘zbekiston Respublikasining idoralararo xalqaro shartnomalariga nisbatan –
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda ushbu
shartnomalar bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiradigan O‘zbekiston
Respublikasi davlat organlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
15-modda. Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalarini imzolash uchun vakolat yorlig‘i.
Ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq qabul qilingan qarorlar asosida
muzokaralar o‘tkazish va xalqaro shartnomalarni imzolash uchun vakolatlar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan vakolat yorlig‘i
rasmiylashtirish orqali tasdiqlanadi.
Vakolat yorlig‘ining shakli O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
tomonidan tasdiqlanadi.
16-modda. Vakolatlarni tasdiqlamasdan muzokaralar olib borish va O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti xalqaro munosabatlarda davlat rahbari
sifatida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi hamda xalqaro huquq va
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq vakolatlarini tasdiqlamasdan
muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini
imzolaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlarini tasdiqlamasdan xalqaro
munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi,
muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro
shartnomalarni imzolaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘z funksiyalari xususiyatiga
ko‘ra va xalqaro huquqqa muvofiq vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib
borish hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga
haqli.
Chet eldagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining boshlig‘i
yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi
vakolatxonasining boshlig‘i qabul qiluvchi davlat bilan O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomasi matnini qabul qilish maqsadida yoki shu xalqaro tashkilot,
konferensiya doirasida vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib borishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi davlat organining rahbari o‘z vakolati doirasida
vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib borish va idoralararo xalqaro
shartnomalarni imzolashga haqli
8
.
8
http://lex.uz, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami
51
Do'stlaringiz bilan baham: |