Ikkinchi qoida - mo‘ljallangan shartnoma loyihasini o‘zingiz tayyorlang,
uni kontragentga ishonmang, shartnomaning “egasi” bo‘ling. Bu holda,
shartnomada o‘z manfa’tingizni maksimal darajada aks ettirasiz hamda kontragent
tomonidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki kerakli darajada
bajarmasligini shartnomaga tegishli shartlar kiritish yo‘li bilan himoyalagan bo‘lasiz.
Aks holda, agar shartnoma “egasi” kontragent bo‘lib qolsa, siz o‘z talablaringizni
shartnomaning mavjud shartlariga moslashtirishingizga to‘g‘ri keladi. Bu sizning
manfa’tingizni qog‘ozda bayon etilishini ancha qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |