Eksport kvotasi - mamlakat eksporti hiymatining unig yalpi ichki mahsuloti
(YaIM)ga nisbati (foizlarda).
Embargo - alohida mamlakat yoki davlatlar guruhi bilan savdoni butunlay
ta’qiqlash.
Erkin iqtisodiy hududlar - mamlakatning shunday hududiki, bu erga olib kirilgan
tovarlar milliy bojxona yurisdikstiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona
nazorati va soliqqa tortishdan ozod etiladi, ya’ni - bu milliy iqtisodiyotning bir qismini
tashkil etib, bu erda mamlakatning boshqa hududlarida qo‘llanilmaydigan o‘ziga xos
148
imtiyozlar va rag‘batlantirishlar tizimidan foydalaniladi.