O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Xalqaro savdo palatasi arbitraji



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

 
9.10. Xalqaro savdo palatasi arbitraji 
 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyatga  oid  shartnomalar  tuzilayotganida  turli  huquqiy 
tizimga  mansub  subyektlar  o‘rtasidagi  aloqa  o‘rnatilayotganligi  va  bu  tizimlar 
o‘rtasidagi  farqlar  kelgusida  muayyan  ixtiloflarga  olib  kelishi  mumkinligi,  ularni 
bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari bel-gilab olinishi lozimligi e’tiborda tutilmog‘i lozim. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi shartnomalar odatda namunaviy kontraktlar 
asosida, tomonlar o‘zaro kelishib belgilaganda yozma shaklda tuzilishi lozim bo‘ladi. 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyatda  ko‘proq  qo‘llaniladigan  shartnomalar  –  oldi-sotdi, 
mahsulot  yetkazib  berish,  pudrat,  yuk  tashish,  listenziya,  vositachilik  shartnomalari 
hisoblanadi.  Bunday  kontraktlarning  mazmunini  uning  tarkibi,  taraflarning  o‘zaro 
majburiyatlari  hajmi,  to‘lov  shartlari,  yetkazib  berish  shartlari,  suғurtalash  shartlari, 
texnik  jihozlash  shartlari,  kontrakt  shartlarini  buzganlik  uchun  javobgarlik 
sankstiyalari tashkil etadi. 
Shartnomalarda  (ayniqsa  oldi-sotdi  shartnomalarida)  halqaro  amaliyotda  tarkib 
                                                 
1414
 //www.ui.usm.ru 


136 
 
topgan  va  keng  qo‘llaniladigan  “Savdo  atamalari”    (Inkotermes-2000)dan 
foydalanmoq lozim (Masalan, SIF, FOB, va boshqa terminlar). 
Shartnomada  tomonlar  javobgarligi,  nizolarni  hal  etish  tartiblari  va  boshqa 
muhim xususiyatlar batafsil aks ettirilmog‘i lozim. 
Import  va  eksport  kontraktlari  belgilangan  tartibda  davlatning  vakolatli 
organlarida qayd etilishi hamda hisobga olinishi lozim. 
Xalqaro  savdo-iqtisodiy  shartnomalar  yuzasidan  hisob-kitob  qilish  shakllari  va 
tartiblari shartnoma taraflari o‘zaro kelishuviga ko‘ra shartnomada belgilab qo‘yiladi. 
Amalda  ko‘proq  valyuta  tovar  narxining  valyutasi  bilan  mos  kelmasligi  mumkin. 
Shuning uchun kontraktda qanday pul bozorining pul kursidan to‘lashda foydalaniishi 
ko‘rsatiladi.  Bunda  bank  orqali  pul  ko‘chirish,  inkasso,  hujjatli  akkreditiv  kabi 
shakllardan keng foydalaniladi. 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyatga  oid  shartnoma  munosabatlaridan  kelib  chiquvchi 
nizolarni hal etilishi tomonlar kelishib belgilaydigan tartibda muayyan milliy huquqiy 
tizim  asosida  yoki  xalqaro  vositalardan  foydalanilgan  holda  hal  etiladi.  O‘zbekiston 
Respublikasi subyektlari bilan tuzilgan tashqi iqtisodiy faoliyat kontraktlari bo‘yicha  
nizolar  kelib  chiqqan  hollarda  O‘zbekiston  Respublikasi  xo‘jalik  sudlari  tomonidan 
ham  ko‘rib  chiqilishi  O‘zbekiston  Respublikasi  Xo‘jalik  prostessual  kodeksi 
normalarida o‘z ifodasini topgan. 
Xalqaro  amaliyotda  bunday  nizolarni  hal  etuvchi  xalqaro  arbitraj  organlari 
tizimi  tarkib  topgan. Kontraktda  mana  shunday  arbitrajlardan  yoki  boshqa  xohlagan 
hakamlik sudlari  nizolarni hal etilishi uchun tanlanishi mumkin. Amaliyotda shunday 
organlardan  Stokgol’m  shahri  Savdo  palatasi  qoshidagi  arbitraj,  Parijdagi  xalqaro 
savdo palatasi qoshidagi Arbitraj sudi, London xalqaro hakamlar sudi kabilar nizolar 
hal qilinishida ko‘proq qo‘llaniladi. 
Respublikamizda  nizolar  hal  qilinishida  muhim  bo‘lgan,  Mustaqil  Davlatlar 
hamdo‘stligiga a’zo va boshqa davlatlarning xo‘jalik, iqtisodiy va arbitraj sudlari hal 
qiluv  qarorlari,  xorijiy  davlatlar  arbitraj  va  hakamlik  sudlarining  hal  qiluv  qarorlari 
xo‘jalik  sudlarining  ijro  hujjatlari  qatoriga  kirishini  nazarda  tutuvchi  "Xo‘jalik 
sudlarining  hujjatlari  ijrosini  amalga  oshirish  tartibi  to‘ғrisida  "gi  Yo‘riqnoma  ham 
qabul  qilingan.  Ushbu  hujjatga  binoan  boshqa  davlatlar  arbitraj  sudlari  tomonidan 
qabul qilingan qarorlari ham  qonunchilikda belgilangan tartibda ijro etiladi. 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  huquqiy  tartibga  solishning  obyekti  bo‘lib,  xo‘jalik 
yurituvchi  subyektlar  o‘rtasida  mahsulotlarni  eksport  va  import  qilish  bo‘yicha 
yuzaga  keladigan  hamda  boshqa  mamlakat  hududida  xizmatlar  ko‘rsatish  va  ish 
bajarish  jarayonida  yuzaga  keladigan  munosabatlar  hisoblansa,  tashqi  iqtisodiy 
faoliyat  obyektlari  deganda  oldi-sotdi  yoki  ayriboshlash  mumkin  bo‘lgan  tovarlar 
(ishlar,  xizmatlar),  har  qanday  mol-mulk,  shu  jumladan  qimmatbaho  qoғozlar, 
valyutalar va valyuta qimmatliklari, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa 
turlari, transport vositalari, intellektual mulk obyektlari tushuniladi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to‘g‘risida”  gi 
qonuniga   ko‘ra  mamlakatimizda  jismoniy  shaxslar  ham  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 
subyektlari  bo‘la  olishi  belgilangan   bo‘lib,  ular  tomonidan  xorijiy  mamlakatlarning 
yuridik  va  jismoniy  shaxslari  hamda  xalqaro  tashkilotlar  bilan  o‘zaro  foydali 


137 
 
iqtisodiy  munosabatlar  o‘rnatilib  mamlakatimiz  iste’mol  bozorining  to‘ldirilishiga 
sezilarli  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Aynan  jismoniy  shaxslarning  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 
sub’-ektlari  sifatida  faoliyat  ko‘rsatishi  uchun  yakka  tartibdagi  tadbirkor  sifatida 
davlat  ro‘yxatidan  o‘tishi  lozimligi  qonun  hujjatlarida  belgilangan.  Davlat 
ro‘yxatidan o‘tma-gan holda bunday faoliyat bilan shug‘ullanish ta’qiqlanadi. 
Davlat  organlari  va  ularning  mansabdor  shaxslari  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 
subyektlarining  qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga  oshirilayotgan  faoliyatiga 
aralashishga  haqli  emas.  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  organlari  tashqi 
iqtisodiy  faoliyat  subyektlarining  ushbu  qonunda  belgilangan  huquqlarini  buzuvchi 
hujjatlar  qabul  qilgan  taqdirda,  ularga  etkazilgan  zararning  o‘rni  qonun  hujjatlariga 
muvofiq  qoplanadi.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  subyektlari  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 
sohasidagi  o‘z  huquqlari  va  manfaatlariga  daxldor  bo‘lgan  va  maxfiy  tusda 
bo‘lmagan  axborotlarni  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  davlat  organlaridan 
olishga haqlidir. 
O‘zbekiston RespublikasiSavdo-sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijorat arbitraj 
sudi  2010-  yilning  6-  sentyabr  kuni  tashkil  etildi.  O‘zbekiston  RespublikasiSavdo-
sanoat  palatasi  huzurida  Xalqaro  tijorat  arbitraj  sudining  Reglamenti  va  Nizomi 
ishlab  chiqilib  tasdiqlandi.  O‘zbekiston  RespublikasiSavdo-sanoat  palatasi  huzurida 
Xalqaro  tijorat  arbitraj  sudida  xorijiy  tadbirorlik  subyektlari,  mahalliy  tadbirkorlik 
subyektlari  ishtirokidagi  xo‘jalik  nizolari  ko‘rib  chiqilishi  mumkin.  Xalqaro  tijorat 
arbitraj  sudi  sudloviga  tegishli  bo‘lgan  nizolar  kelib  chiqqan  taqdirda  O‘zbekiston 
RespublikasiSavdo-sanoat  palatasi  huzurida  Xalqaro  tijorat  arbitraj  sudiga  murojaat 
etish mumkin.
 
Murojaatlar uchun O‘zbekiston RespublikasiSavdo-sanoat palatasining 
“Yuridik  ekseprtiza  va  tadbirkorlikni  huquqiy  ximoya  qilish  bo‘limi”ga    murojaat 
qilishingiz mumkin. 
 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish