O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

                             
6.5. Xalqaro lizing haqidagi MDH Konvensiyasi 
 
1998-  yildagi  xalqaro  lizing  haqidagi  MDH  Konvensiyasi.  MDH  doirasida 
1998- yilda  xalqaro lizing haqida Konvetsiya qabul qilindi. Konvensiyaning kirish so‘zida 
aytilishicha,  u    MDH  iqtisodiy  Ittifoqini  tashkil  qilish  shartnomasi  bandlari  va 
1988- yildagi xalqaro moliyaviy lizing haqidagi    UNIDRUA Konvensiyasi asosan ishlab 
chiqildi.  Konvensiyadan    faqat  lizing  loyixalarni,    Konvensiya  ishtirokchisi  bo‘lgan, 
hamida  ikki  davlatning lizing kompaniyalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari  amalga 
oshirganda  foydalaniladi.  MDH  Konvensiyasi  lizingni  (moliyaviy  ijarani)  investitsiya-
tadbirkorlik faoliyati deb ta’riflaydi. 
Konvensiyada  lizingning  bir  nechha  turini    ajratishadi  –  tezkor,  qaytarma, 
kompensastiyali, barter, shuningdek tomonlarning majburiyatlari  batafsil   
belgilangan.  UNIDRUA  Konvensiyasidan  farqliroq,  MDH    Konvensiyasi  yuk 
yetkazib  beruvchining  lizing  predmeti  bo‘lgan  narsani  topshirishga  oid  majburiyatlarini 
bajarish  bilan  bog‘liq,  lizing  predmetini  lizing  oluvchi  tomonidan  qabul  qilishga  oid 
majburiyatlari  bilan  bog‘liq.  Tavakkalchilikning  o‘tishi  va  boshqalar  bilan  bog‘liq 
masalalarni tartibga soladi. Lizing asbob-uskunasini yetkazib berish majburiyatlarini (7,8-
moddalar)    belgilash  vaqtida,  shuningdek,  tavakkalchilik  o‘tish  vaqtida  (9-modda) 
tovarlarning  xalqaro  savdo-sotiq  shartnomalari    haqidagi    Vena  Konvensiyasining  ta’siri 
kuchlidir.    


97 
 
Konvensiya bir qator kollizion me’yorlardan iborat:  
a)  lizing  shartnomasi  shakli,    tomonlarining  huquqi  va  majburiyatlari  ushbu 
shartnoma tuzilayotgan davlatning milliy qonunchiligi va Konvensiya bilan belgilanadi;  
b)  lizing  shartnomasiga  yo‘llanishi  kerak  bo‘lgan  huquqga  nisbatan  tomonlar 
o‘rtasida kelishuv mavjud bo‘lmasa,  lizing beruvchi tomon  ta’sis etilgan , joylashgan yoki  
faoliyatining  asosiy  joyi  hisoblangan  davlat  huquqi  ishlatiladi  (6-modda).  Ko‘rinib 
turibdiki,  kollizion    me’yorlar  yaxshi  ta’riflanmagan:  tomonlarning  huquqlari  va 
majburiyatlariga  qo‘llanishi  mumkin  bo‘lgan  huquqini  belgilash  chog‘ida  turli  kollizion 
bog‘lashlar  o‘rtasida  raqobat  yuzaga  keladi.  Bir  tomondan,  shartnoma  tuzilgan  joy 
qonunchiligi,  boshqa  tomondan  –  iroda  avtonomiyasi,  u  bo‘lmaganda  –  lizing  beruvchi 
huquqi. 
MDH  Kovensiyasi  kuchga  kirgandan  so‘ng  u  UNIDRUA  Konvensiyasi  bilan  bir 
qatorda  ishlatilishi  mumkin.  Konvensiyalarning  bandlariga  ko‘ra  ular  boshqa  xalqaro 
shartnomalar  amallarini  bajaradilar  (mos  ravishda,  16  va  17-modda).    Agar 
Konvensiyalar  ta’siri  sohasi    ustma-ust  tushib  qolsa,  birinchi  navbatda  UNIDRUA 
Konvensiyasi ishlatish lozim, chunki MDH Konvensiyasiga kirish so‘zida aytilishicha, u 
UNIDRUA Konvensiyasi  qoidalaridan kelib chiqadi. 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish