26
2.1. Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligini tashkil qilish
shakllari
Hamma Oliy va o„rta maxsus o„quv yurtlarida qabul qilingan jismoniy
tarbiya shakllari ichida kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi vazifalarini
qo„llash afzal hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya darslarida kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlig. Bo„lajak
mutaxassislarning jismoniy tayyorgarligi jismoniy tarbiya darslarida amalga
oshiriladi, dasturga asosan bu darslar uch qismga bo„linib o„tiladi: maxsus,
asosiy va sport. O„quv yurtlarning dasturiga engil atletika gimnastika, suzish,
sayyohlik, sport o„yinlari, otish bo„yicha nazariy va amaliy bo„limlar kiritilgan.
Talaba amaliy darslar jarayonida kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlig vazifalari
jismoniy tarbiya va sport turlarining qaysi amaliy qismlari bilan hal qilinishini
bilishi kerak. U hamma mashqlarni sinab ko„rish lozim.
Gimnastika darslari talabalarning harakat koordinatsiyasi, qo„llarning
chaqqonligi, bel, qorin, tana mushaklarining statik chidamliligi, diqqat,
emotsional turg„unlik, tez fikr yuritish, mardlik kabi sifatlarni tarbiyalash uchun
qo„llaniladi. Qo„llar epchilligi va koordinatsiyasi buyumlar, o„rtacha va kichik
koptokchalar yordamida erkin mashqlar bajarish bilan rivojlantiriladi. Statik
chidamlilik, kuch, statik va dinamik mashqlar yordamida rivojlantiriladi.
Maxsus kuch trenajyorlarida mashq bajarish maqsadga muvofiq.
Emotsional turg„unlik, mardlikni shakllantirish uchun yugurib kelib,
tayanch holda “kon‟” dan sakrash, pastlikka va balandlikka sakrash, “brus‟ya”,
halqalar va turnikdan sakrab tutish, batutda sakrash mashqlaridan foydalaniladi.
Engil atletika darslarida bo„lajak mutaxassislarning ruhiy va jismoniy
sifatlari shakllantiriladi. Buning uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi:
yilning issiq va sovuq paytlarida o„yingoh yo„laklarida va joylarda uzoq tinimsiz
yugurish, estafetada yugurish, balandlikka va pastlikka sakrash va engil
atletikaning boshqa asosiy tayyorgarlik mashqlaridan foydalaniladi.
Suzish darslarida yurak-qon, nafas olish, issiqlik almashinuvi faoliyati
yaxshilanadi, umumiy chidamlilik shakllanadi. 30 daqiqagacha suzish, 50-100
27
m ga qayta-qayta suzish, uzoqqa va chuqurlikka sho„ng„ish, 3-5 m lik
tramplindan turli usulda sakrash epchillik va dov-yuraklikni tarbiyalaydi.
Sayyohlik maxsus jismoniy tayyorgarlikni talab qiladigan mashg„ulot
hisoblanadi: yuk bilan uzoq yurish va yugurish, gorizontal va vertikal arqonga
tirmashib chiqish, maxsus to„siqlardan oshib o„tish lozim bo„ladi.
Sport o„yinlari. Asab va yurak-qon tomir, mushak tarmoqlarining
shakllanishiga ko„maklashadi, ko„rish va eshtish analizatorlarining ishi
yaxshilanadi, umumiy chidamlilik, epchillik, harakat, koordinatsiya, chaqqonlik,
reaktsiya tezligi, diqqatni taqsimlash, tez fikr yuritish emotsional turg„unlik kabi
sifatlar ham shakllanadi.
Merganlik. Otish bo„yicha darslarda bo„lajak mutaxassislar uchun kerak
bo„lgan ruhiy va jismoniy sifatlar: ko„z bilan chamalash, diqqat, emotsional
turg„unlik, sabr-toqat tarbiyalanadi.
Amaliy darslarda kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi maqsadida maxsus
to„siqlardan oshib o„tish jismoniy mashqlardan tuzilgan doiraviy mashg„ulotlar,
trenajerlarda maxsus tayyorgarlik vaqtida keng qo„llaniladi. kasbiy amaliy
jismoniy tayyorgarligi bo„yicha o„quv qo„llanma har bir o„quv bo„limi
mutaxassisligi, sog„liqning holati, talabalarning jinsi, umumiy jismoniy
tayyorgarligini hisobga olib tarbiyalaydi. Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi
bo„yicha mashqlar hamma mashg„ulotlar tarkibiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: