2.3.6. Qon zardobidagi kreatininni Yaffe rangli reaksiyasi bo`yicha aniqlash
Ish uchun kerakli reaktivlar.
1. Pikrin kislotasining tuyingan eritmasi .Ishchi pikrin kislotasi 15-20% namlikka
ega. Kislota kuritilmaydi portlab ketish xavfi mavjud. 2g pikrin kislotasi 100 ml
issiq (70-80
0
C) distillangan suvda eritiladi. Shundan keyin bu eritma 24 soat
mobaynida vaqti-vaqti bilan aralashtirilib turish yo`li bilan qoldiriladi, so`ngra
filtrlanadi. Reaktiv juda turg`un, uni qoramtir shishada saqlanadi.
2. Asosiy kreatininning standart eritmasi 100 g kreatininni 100 ml HCLning 0,1
N eritmasida eritiladi va eritma mustaxkam tiqinli shishachaga solinib
muzlatgichda saqlanadi. Qon zardobidagi kreatinin miqdorini aniqlash uchun
ishchi standart eritmasini asosiy eritmani distillangan suv bilan 100 marta
suyultirish yo`li bilan tayyorlanadi. 1ml eritma 0,01 mg kreatinin saqlaydi .
3. O`yuvchi natriyning 10 % eritmasi
4. Xlorid kislotasining 0,1 N (0,1 mol/l) eritmasi.
Asbob uskunalar. Fotoelektrokolorimetr, suv xammomi, o`lchamli kolbalar.
Ishni bajarish tartibi. 2 ml qon zardobi 6 ml pikrin kislotasining tuyingan
eritmasi bilan aralashtiriladi. 5 daqiqadan so`ng 15-20 soniya mobaynida
qaynayotgan suv xammomiga solib olinadi va so`ngra sentrifugada aylantiriladi. 4
ml sentrifugaga 0,2 ml 10% o`yuvchi natriy eritmasidan qo`shiladi. Ayrim
xollarda eritma ishqor bilan aralashtirilgandan keyin fosfatlarning cho`kishi tufayli
eritma loyqalanadi. Bunday xollarda eritma qayta sentrifuga qilinadi. So`ngra
eritmaning hajmi distillangan suv bilan 10 ml ga yetkaziladi. 10 daqiqadan keyin
qalinligi 2 sm bo`lgan kyuvetlarda to`lqin uzunligi bo`yicha nazoratga qarshi FEK
da o`lchanadi. Nazorat – 3 ml pikrin kislotasining to`yingan eritma va 0, 2 ml 10%
37
o`yuvchi natriy aralashtirilib distillangan suv bilan 10 ml ga yetkaziladi. Standart
namuna xam xuddi tajriba namuna singari qayta ishlanadi. Faqat shugina farq bilan
eritma olinadi. Namuna bu paytda sentrifuga qilinmaydi. Standart namuna
quyidagicha tayyorlash mumkin: Kreatinin 1 ml ishchi standart eritmasiga pikrin
kislotasining to`yingan eritmasidan 0,2 ml 10%li uyuvchi natriy eritmasidan va
5,8 ml distillangan suv kushiladi. Kreatinin konsentrasiyasini xisoblash uchun
quyidagi formuladan foydalaniladi [31].
X= E
OP
/E
ST
* 1
Bu yerda x – qon zardobidagi kreatinin miqdori mg %, E
OP
- tajriba
namunasining
ekstinsiyasi.
E
st
-standart
namuna
ekstinsiyasi.
1-standart
namunadagi kreatininning konsentrasiyasi mg %.
Klinik axamiyati. Oganizmda kreatinin kreatindan (metil guandin sirka
kislotasi) degidratasiya natijasida xosil bo`ladi. Odatda kreatinin muskul
to`qimalarida sakllanadi. Qon tarkibida esa doimiy ravishda qoladi. Buyraklar
yetishmasligida, buyrakning rivojlanuvchi kasalliklarida ichaklardan oziqa massasi
o`tmaganda, ochlik, muskullar distrofiyasida kreatininning qondagi konsentrasiyasi
ortadi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |