1. Asosiy vositalar to`g`risida tushuncha
Asosiy vositalarning hisob ob’ekti sifatidagi tavsifi va tasnifi. Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek ma’muriy va ijtimoiy –madaniy funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar (BXMS №5,3a-band). BXMS №5 ga muvofik (6- band) moddiy aktivlarni asosiy vositalar sifatida tan olish uchun ular yukoridagi tarifda keltirilgan mezonlardan tashkari yana kuyedagi shartlarga ham javob berishi lozim:
- Xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafillini mavjudligi.
- Kiymatni anik belgilashni mumkinligi.
Modiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali xizmad muddatini belgilash muxim rol uynaydi. Foydali xizmat muddati -deganda asosiy vositaning korxona tomonidan belgilangan foydalanish mudati tushuniladi. Bu muddat yillarda yoki oylarda ifodalanib uning foydaliligi ishlab chikilgan mahsulot bajarilgan ish xizmati xajmi bilan ulchanadi. Foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalar uzlarining kiymatini tulik koplashlari va korxonaga kushimcha daromod keltirishlari lozim. Asosiy vositalar korxonalarning moddiy texnik bazasini tashkil etuvchi mexnat kurollari va vositalarini uz ichiga oladi. Ularga kuydagilar kiradi. Asosiy vositalarga quyidagilar kiradi:
1. Binolar – sex, ombor, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlovchi ob’ektlar.
2. Inshoatlar– ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l shahobchalari, nasos stansiyalar, kanallar, suv havzalari, asfaltlangan yo‘llar va yo‘lkalar.
3. Uzatish qurilmalari – elektr liniyalar, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar va boshqalar.
4. Mashina va uskunalar – issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlar, dvigatel va transformatorlar, stanoklar, issiqlik pechlari, tikuv, yig‘uv, dazmollash, saralash mashinalari, kranlar, kompressorlar, o‘lchov tarozilari.
5. Hisoblash texnikasi – kompyuterlar va ularga o‘rnatiladigan periferiya qurilmalari ( printer, skaner , modem va boshqalar ).
6. Transport vositalari – yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, parovozlar, teplovozlar, paroxodlar, tramvaylar, trolleybuslar, avtobuslar, pritseplar, samolet va vertoletlar, shuningdek magistral truboprovodlar.
7. Uskunalar – presslovchi, qisuvchi va boshka texnologik funksiyalarni bajaruvchi asbob- uskunalar.
8. Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari- ish stollari, dastgohlar, baklar, sandiqlar va boshqalar.
9. Ofis mebeli va jihozlari – shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali aloqa vositalari va boshqalar
10. Ishchi va nasldor hayvonlar – otlar, tuyalar, ho‘kizlar, sigirlar, bo‘qalar, qo‘ylar, echkilar, cho‘chqalar va boshqa ishchi sifatida ishlatiladigan va nasl beradigan hayvonlar.
11. Ko‘p yillik o‘simliklar – bog‘lar, o‘rmonlar va boshqalar.
12. Kutubxona fondi – badiiy-adabiy, texnik , iqtisodiy va boshqa turdagi adabiyotlar ( kitoblar).
13. Yerni va boshqa asosiy vositalarni obodonlashtirishga sarflangan
14. Boshqalar - yuqoridagi guruxlarga kirmay qolgan asosiy vositalar Quyidagilar asosiy vositalarga kirmaydi:
1. Xizmat muddati 1 yildan kam bo‘lgan mehnat qurollari va vositalari ularning qiymatidan qat’iy nazar;
2. Yosh mollar, mahsus kiyimlar, poyafzal, ko‘rpa– yostiqlar qiymatidan qat’iy nazar, (mehmonxonalar bundan mustasno);
3. Kalkulyatorlar, stol usti priborlari va boshqalar. Asosiy vositalarning tasnifi. Korxona va tashkilotlarning asosiy vositalarning turli belgilari buyicha tasniflash munkin. Ishlab chikarishda katnashishiga kura korxonalarning asosiy vositalari ishlab chikarish va noishlab chikarish soxasidagi asosiy vositalarga bulinadi. Ishlab chikarish soxasidagi asosiy vositalarga bevosita ishlab chikarishga doir bulgan moddiy aktivlar masalan sexlarning binolari inshoatlar, stonoklar, jixozlar, transport vositalari, ishchi xayvonlar va boshkalar kiradi. Noishlab chikarish soxasidagi asosiy vositalarga boshkaruv apparatiga doir shuningdek korxonaning ijtimoiy-madaniy maishiy sog‘likni saqlash kommunal maksadlarda foydalinladigan moddiy aktivlari kiradi.
Asosiy vositalarning turlari:
1. Egalik qilish huquqiga ko‘ra – xususiy va ijaraga olingan asosiy vositalarga bo‘linadi.
2. Ishlab chiqarishda ishtirokiga ko‘ra – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (savdo va ma’muriy maqsadlarda ishlatiladigan) asosiy vositalariga bo‘linadi.
3. Amortizatsiya qilinishiga ko‘ra – amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan asosiy vositalarga bo‘linadi.
Qo‘yidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
• Kutubxona fondiga.
• Ko‘p yillik o‘simliklarga.
• Ishchi va nasldor hayvonlarga. Konservatsiya qilingan asosiy vositalarga.
• Asosiy vositalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyotlar tizimi. Schyotlar rejasida asosiy vositalar hisobini yuritish uchun aktiv bo‘lgan № 0100 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari» va kontraktiv bo‘lgan № 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari» tizimlari ko‘zda tutilgan. Asosiy vositalarning summoviy analitik hisobi korrespondensiyalanadigan schyotlar bo‘yicha 13-jurnal-orderda, soniy- summoviy analitik hisobi esa moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha har bir inventar ob’ektning kodi (tartib nomeri) bo‘yicha kartochkalarda yoki kitobda (OS-7 shakl «Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi», OS-9 «Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati») yuritiladi. Ushbu kartochka va kitoblar asosiy vosita kelib tushganda ochiladi va ularning butun foydali xizmat muddati davri davomida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |