Loyihaviy burchak yasash. Joyda loyihaviy l burchakni yasash uchun dastlabki berilgan AB tomon bilan (34-rasm, a) shu l burchak qiymatini hosil qiluvchi yo‘nalishni topish kerak.
B nuqtaga teodolit o‘rnatilib, A nuqtaga vizirlanadi va gorizonta l doiradan b sanoq olinadi, so‘ngra S=b+l sanoq hisoblanadi. (agarda l burchak soat strelkasi yo‘nalishiga teskari yasalsa, u holda C =b -l). Alidadani
bo‘shatib gorizontal doira sanog‘ini C ga keltiramiz va qarash trubasining iplar to‘ri markazi bo‘yicha C1 nuqtani belgilaymiz. Xuddi shu tarzda l burchakni vertikal doiraning boshqa holatida yasaymiz va C2 nuqtani belgilaymiz. CC1 kesma teng ikkiga bo‘linadi va C nuqta belgilanadi. Burchak BAC loyihaviy deb qabul qilinadi.
Burchak yasash aniqligiga quyidagi xatoliklar ta’sir etadi: vizirlash xatosi
(mb); gorizontal doiradan sanoq olish xatosi (mc); teodolitni
markazlashtirish xatosi (mm); reduksiya xatosi (mr); C nuqtani belgilash xatosi (m).
Shunday qilib, burchak yasash umumiy xatoligi quyidagi formula orqali hisoblanishi mumkin: m= .
l burchakni m=30” o‘rta kvadratik xatolik bilan yasash uchun T 30 teodolitini qo‘llash mumkin, C nuqta esa qalam bilan betonga belgilanadi. Agarda loyihaviy burchakni yuqori aniqlikda yasash talab etilsa, u holda topilgan BAC burchak bir nechta priyomda o‘lchanadi (34-rasm) va uning aniqroq qiymati hisoblanadi.
Joyda S nuqtadan AC tomonga perpendikular holatda l kesma o‘lchanadi va C0 nuqta belgilanadi. Hosil bo‘lgan burchak BAC0 loyihaviy burchak ga teng.
Tekshirish uchun burchak BAC0 o‘lchanadi.
Yuqoridagi 24 formulaga asosan, loyihaviy burchakning chiziqli reduksiyasini aniqlash xatosi (V.12)
m l=l m 1111
Agarda L=300m , m=1,5” bo‘lsa, mL=2,2mm bo‘ladi.
Loyihaviy kesma yasash. Joyda loyihaviy kesma yasash uchun
boshlang‘ich (B1 ) bilan A nuqtadan (35-rasm) berilgan yo‘nalish bo‘yicha po‘lat o‘lchagich asbob bilan berilgan loyihaviy ∆l uzunlikka teng bo‘lgan masofa qo‘yiladi va vaqtincha joyda belgilanadi.
.
Nivelir yordamida A va B1 nuqtalar orasidagi nisbiy balandlik h aniqlanadi, hamda o‘lchagich asbobi yordamida havoning harorati o‘lchanadi.
Chiziq uzunligiga quyidagi tuzatmalar kiritiladi: komparirlash uchun temperatura ta’siri uchun chiziq nishabligi uchun
Tuzatmalar yig‘indisi quyidagicha hisoblanadi
va uni teskari ishora bilan AB1 chiziqqa kiritiladi.
Agarda tuzatma manfiy bo‘lsa, AB1 chiziq d kesmaga uzaytiriladi.
Yuqori aniqlikda chiziq yasash invar o‘lchash asboblari yoki elektron taxeometrlar yordamida bajariladi. Masalan po‘lat ruletka yordamida loyihaviy kesma yasash 1/3000 - 1 /4000 nisbiy xatolikda bajarilishi mumkin.
Loyihaviy otmetkasi berilgan nuqtani joyga ko‘chirish. Loyihaviy otmetkalar joyga geometrik nivelirlash usulida ko‘chiriladi.
Buning uchun nivelirni yaqinda joylashgan reper va otmetka bilan uzatilishi kerak bo‘lgan B nuqta oraligiga o‘rnatib, reperga o‘rnatilgan reykadan sanoq olinadi
.
Asbob gorizonti AG=HRp+a hisoblanadi va loyihaviy sanoq b aniqlanadi. B nuqtaga reyka o‘rnatiladi va nivelirning gorizontal iplar to‘ri b sanoq bilan kesishguncha reyka vertikal yo‘nalishda xarakatlantiriladi. Reykaning ostki qismi loyihaviy otmetka o‘rnini ko‘rsatadi va joyda loyihaviy nuqta qoziq qoqish yo‘li bilan belgilanadi.
Tekshirish uchun joyga ko‘chirilgan nuqta nivelirlanadi va uning xaqiqiy otmetkasi loyihaviy bilan solishtirib ko‘riladi.
Loyihaviy otmetkani joyga ko‘chirishdagi asosiy xatoliklar quyidagilardan iborat: dastlabki ma’lumotlar xatosi mrep; reperdagi reykadan sanoq olish xatosi ma; reykani loyihaviy b sanoqqa keltirish xatosi mb; loyihaviy nuqtani joyda belgilash xatosi mb. Nuqtani qoziq bilan mahkamlashda mb=3-5mm ga teng.
Demak, loyihaviy otmetkani joyga ko‘chirish umumiy xatolar yig‘indisi:
m 2l = m2rep + m2a + m2b + m2
m2l = m2rep+ 2m2 a+ m2 ga teng bo‘ladi.
Joyda berilgan qiyalikda chiziq yasash. Berilgan qiyalikda chiziq yasashning mohiyati, joyda chiziqning loyihaviy nishablikdagi holatini aniqlovchi bir qancha nuqtalarni belgilashdan iborat.
Bu masalani yechish bir nechta usullardan iborat bo‘lib, ularning har qaysisida nuqtalar orasidagi masofa d ma’lum bo‘lishi kerak.
HA otmetkali A nuqta (37-rasm) joyda mahkamlangan bo‘lsa B nuqta otmetkasi quyidagi Hb= HA+ id formula orqali hisoblanadi va u joyga ko‘chiriladi.
HA otmetkali A nuqta joyda mahkamlanmagan. Yuqoridagi misol kabi HB otmetka hisoblanib A va B nuqtalar joyga ko‘chiriladi.
A nuqta mahkamlangan, ammo HA otmetka noma’lum.
Nivelirlash yo‘li bilan A nuqtaga o‘rnatilgan reykadan a sanoq olinadi.
Quyidagi formula orqali b sanoq hisoblanadi.
b=a+id va shunga asosan B nuqta joyga ko‘chiriladi.
Berilgan nishablikdagi loyihaviy tekislikni joyga ko‘chirish. Loyihaviy tekislikni joyga ko‘chirish quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: A, B, C, D nuqtalarni loyihaviy otmetkasi bo‘yicha o‘rnatib, nivelirning uchala ko‘tarish vintlarini burash natijasida to‘rttala nuqtalarga o‘rnatilgan reykalardagi sanoq bir xil qiymatga keltiriladi, ya’ni vizirlash chizig‘i berilgan loyihaviy tekislikka parallel o‘rnatiladi.So‘ngra berilgan tekislikning kerakli nuqtalariga o‘rnatilgan reykalar holati shu sanoqqa keltiriladi.
Reykaning eng pastki qismi loyihaviy tekislikda joylashgan bo‘lib, joyda qoziq bilan mahkamlanadi. Keyingi vaqtlarda berilgan nishablikdagi tekislikni joyga ko‘chirishda lazer asboblaridan keng foydalanilmoqda.
Otmetkani kotlovan tubiga uzatish. Otmetkani kotlovan tubiga uzatishning ikkita usuli mavjud. Agarda kotlovan chuqur bo‘lmasa, bu holda uning otmetkasi oddiy geometrik nivelirlash yo‘li o‘tkazish bilan uzatiladi.
Agarda kotlovan chuqur bo‘lsa, unga loyihaviy otmetka uzatish vertikal osilgan ruletka yordamida bajariladi
Buning uchun kotlovanga kronshteyn yordamida og‘irligi 10 kg bo‘lgan yuk osilgan ruletka tushiriladi. Kronshteyn va reper oralig‘iga nivelir o‘rnatiladi. Ikkinchi nivelir esa kotlovanga, ruletka bilan otmetka uzatilishi kerak bo‘lgan B nuqta orasiga o‘rnatiladi. Reper hamda B nuqtaga reyka o‘rnatiladi va ulardan a1 va a2 sanoqlar olinadi. So‘ngra ikkala nivelir yordamida bir vaqtda ruletkadan b1 va b2 sanoqlar olinadi.
B nuqtaning otmetkasi quyidagicha hisoblanadi.
Hb=HRp + a1- (b1-b2)-a2
Otmetkani montaj gorizontiga uzatish. Bu jarayon ham yuqorida bayon etilgan kabi ruletka va ikkita nivelir yordamida amalga oshiriladi.(40-rasm)
Montaj gorizontida joylashgan M nuqtaning otmetkasi HM quyidagicha hisoblanadi.
HM =HRp+ a1+ (b2-b1) –a2 ,
bu yerda HRp -reper otmetkasi; a1, a2- reykadan olingan sanoqlar; b1, b2 ruletkadan olingan sanoqlar.
ifodadan ko’rinib turibdiki otmetka uzatish aniqligi reykalar va ruletkadan sanoq olish aniqligiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |