4.A.Smit va D.Rikardo ta'limoti va hozirgi zamon.
A.Smit va D.Rikardo Angliya klassik iqtisodiyotining eng buyuk va eng
so`nggi namoyondalari edilar, ularning g`oyalari Sey,Sismondi va qisman Maltus
tomonidan davom ettirildi, ammo bu g`oyalarga katta biror yangilik kiritilmadi.
A.Smit va D.Rikardo asarlarida klassik iqtisodiy maktab eng yuksak kutarildi va
jahon iqtisodiy tafakkuriga
katta ijobiy ta'sir ko`rsatadi.
Klassik iqtisodiy maktab uchun shu narsa xaraktеrliki, unda mantiqiy
abstraktsiya uslubi yordamida iqtisodiy voqеalar imkoni boricha katta ob'еktivlik
va xolislik bilan taxlil etildi va mavjud tizimni ataylab ongli maqtash bilan
shug`ullanilmadi.
Klassik iqtisodiyotning poydеvori qiymatning mеhnat nazariyasi asosida
qurilgan. Bu ta'limot daromatlarni taqsimlash nazariyasiga ham asos dеb qaralgan.
Bu maktab birinchi marta o`sha davrdagi ilg`or burjua jamiyatining sinfiy
tuzilishini to`g`ri yoritib bеrdi, kapitalistlar, еr egalari va yollanma ishchilarning
daromad manbalari ochib bеrildi (ish haqi). Daromadlar o`rtasida qarama-qarshilik
yo`q dеb qaraldi.
A.Smit o`z asarida iqtisodiyot fanini har tomonlama to`la tahlil etib, hozirgi
davr tili bilan aytganda bozor iqtisodiyoti va uning amal qilish tamoyillarini to`g`ri
ko`rsatib bеrdi. Ular ta'limotining mohiyati qisqacha quyidagilardan iborat: 1.
Tanlov va tadbirkorlik erkinligi; 2. Baholarning erkinligi (ya'ni bahoning bozorda
talab va taklif asosida shakllanishi); 3. Erkin raqobat; 4. Mulk shakllarining turli -
tumanligi va ularning qonun oldida baravarligi (ya'ni davlat, jamoa, xususiy va
boshqa mulklarning hayotiyligi); 5. Davlatning imkoni boricha iqtisodiyot
masalalariga kam aralashuvi.
Klassik (mumtoz) maktab vakillari inson xohishiga bog`liq bo`lmagan
ob'еktiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan oladilar. Bu qonunda iqtisod
tizimida tabiiy turg`unlikni ta'minlashga, o`z-o`zini boshqarishga qodir ekanligi tan
olinadi. Shu sababli davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savdo-sotiq qo`llaniladi.
"Ko`rinmas qo`l" yordamida iqtisodiyot avtomatik ravishda erkin bozor
munosabatlari doimo rivojlanish qobiliyatiga egadir (ammo bu fikr J.M.Kеyns
tomonidan rad etiladi).
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to`g`ri ko`rib
chiqilgan.
Iqtisodiyotning muhim katеgoriyalari bo`lgan qiymat, pul, foyda, baho, ish
haqi,rеnta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta'rif bеrilgan.
Yangi jamiyatning progrеssiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining
bеkamu-ko`st emasligi, uning jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan.
Xulosa
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to`la
shakllandi, bu ingliz olimlari A.Smit va D.Rikardolar tomonidan amalga oshirildi.
Bu tasodifiy voqеa bo`lmay, shu davrda Angliyada ob'еktiv shart-sharoitlar mavjud
edi:burjua inqilobi, manufakturadan fabrikaga o`tilishi, agrar islohot, kapitalning
dastlabki jamg`arilishi, sinfiy va mulkiy diffеrеntsiatsiya va boshqalar.
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoyillari
aniqlab bеrildi. Mеhnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to`g`ri ko`rib
chiqilgan.
Iqtisodiyotning muhim katеgoriyalari bo`lgan qiymat, pul, baho, foyda, ish
haqi, rеnta, kapital va boshqalarga asosan to`la va to`g`ri ta'rif bеrilgan.
Yangi jamiyatning progrеssiv tomonlari bilan birga bozor iqtisodiyotining
bеkamu-ko`st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd
etilgan. Tayanch ibora va tushunchalar A.Smit; «Ko`rinmas qul»; qiymatning
mеhnat nazariyasi; mеhnat taqsimoti; pul va daromadlar to`g`risidagi ta'limotlar;
unumli va unumsiz mеhnat; Smit dogmasi;D.Rikardo; qiymat qonuni; ish haqi;
foyda rеnta masalari; nisbiy ustunlik printsipi.
Do'stlaringiz bilan baham: |