Hamkorlikda o'zaro o'qish turlari va ularning mohiyati.
Ma'lumki, shoir, yozuvchi, bastakor, texnik xodim va boshqa ijod ahli tinmay izlanadilar, tom – tom kitoblar, taxlam – taxlam gazeta va jurnallarni varaqlab chiqadilar. Ziyokor sifatida o'qituvchi ham bu holatdan qolmasligi, tinmay izlanishi va ijod qilishiga to'g'ri keladi. Chunki, bugungi kun o'quvchisi ommaviy axborot vositalari orqali ko'pgina ma'lumotlarga ega. Ularni o'z o'quv fani mazmuniga singdirish, orqali o'quv predmetiga qiziqtirish, izlanish, mustaqil ishlariga o'rgatish o'qituvchidan katta bilim, mahorat talab qiladi. Shunga asosan o'qituvchiga bolalarga nima o'rgatsam, qanday o'rgatsam degan uy – xayol xalovat bermasligi kerak.
qolaversa ta'lim islohotlari ham o'qituvchiga mana shunday tasavvur bilan yashash va ishlashga da'vat etmokda.
Shunga ko'ra hamkorlikda o'qitish metodini puxta egallagan qanday o'qitish va nimani o'rgatishni yaxshi bilib oladi. Zero, hamkorlikda o'qitish o'quvchida ongli intizomni tarbiyalaydi, o'z muvaffaqiyatini guruh muvaffaqiyati deb biladi, topshiriqlarni hamguruhlari bilan puxta o'zlashtirishga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib, o'zaro yordam uyushtirishga va nihoyat sitqidildan aqliy mehnat bilan shug'ullanishiga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o'qitish metodining mohiyat mazmunini yuqorida qayd etilgan fikrlardan tashqari komanda (jamoa) hamkorligi asosida topshiriqlarni echish jarayonlarini vaqt bo'yicha bosqichma – bosqich (g'oyalarni inersiyalar, muhimlarini ajratish, loyihalash qayta ishlab chiqish) va amalga oshirish g'oyasi etadi.
Bugungi kunda jahon pedagogika fani nazariyasi va amaliyotida Hamkorlikda o'qitish metodining bir necha metodlari ishlab chiqilgan. Metod – bu o'rgatuvchi (ta'lim beruvchi) va o'rganuvchi (ta'lim oluvchi)ning aniq bir vaqt va vaziyatda birgalikdagi faoliyatining tashkiliy tomoni.
Komandada o'qitish metodi. O'qitishning bu metodi J.Xopkins universitetida ishlab chiqilgan. Mazkur metodning mohiyati shundan iboratki, komandaning har bir a'zosi oldida biror – bir masalani birgalikda bajarish emas, balki bir-bir narsani birga bilib olish vazifasi turadi. Komandaning muvaffaqiyati komanda har bir a'zosining, muvaffaqiyati har bir a'zoning muvaffaqiyati esa butun komandaning muvaffaqiyati deb tan olinadi.
Interfaol usullarda muammoli, hayotiy vaziyatlardan foydalanish juda yaxshi natijalar beradi. Baxsli, muammoli vaziyat–insonning faoliyati davridagi fikrlash natijasiga bog'liq bo'lib qoladigan murakkab holatga yoki sharoitga tushib qolishidir. Bunday holatda u hodisa yoki jarayonni qanday izohlashni bilmaydi. Baxsli, muammoli vaziyatlar talaba- o'quvchilarning aqliy kuchini zo'riqtiradi, vaziyatni oydinlashtirish uchun yo'llar qidira boshlaydi. Qiyinchiliklar bilan to'qnashadi. Odam muammo bilan yuzma-yuz (to'qnash) kelgandagina fikrlay boshlaydi. O'zida mavjud bilimlar bilan fikrlab amallar bajara boshlab, saviyasiga mos darajadagi xulosalarga kela boshlaydi.Talaba- o'quvchilar o'zlari bajargan, topshiriqlarni qanday qilib bajarganligini aytib, tushuntirib bera olishlari lozim.Qanday o'ylagani, fikrlagani haqida gapirib bera olishlari kerak. Muammoni hal qilish jarayonidagi tushunmay qolgan o'rinlarini o'z so'zlari bilan ifodalab bera olishi, o'rgatuvchi uchun juda muhimdir.
Talaba-o'quvchilarni ma'lumotlar bilan faol ishlashga o'rgatuvchi usullarni interaktiv metodlar deyiladi .
Verbal muloqot shakllari ma'ruzalarni faol usulda o'tkazish har qanday yuqori saviyada o'tkazilgan ma'ruza, garchand u faktlarga boy bo'lsa ham, agar uzoq vaqt davom etsa, o'quvchi- talabalarning eshitish qobiliyati susayadi va charchaydi. Shuning uchun yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan ma'ruzalar samarali bo'ladi.
Ma'ruzachi o'z ma'ruzasini bir necha bloklarga bo'ladi. Har blokni 15-20 minut davom ettiradi va har bir blokdan so'ng to'xtab, savol-javob o'tkaziladi. Ma'ruza davomida ayrim muammolarni o'rtaga tashlaydi. Shu vaqt oralig'ida bu muammoga talaba-o'quvchilarning munosabatini aniqlaydi, ularning fikrlarini tinglaydi. Har bir fikr bildiruvchiga imkoniyat yaratadi. Uning fikri diqqat bilan tinglanadi. Ammo uni
tanqid ostiga olmay, boshqalarning fikrlari tinglanadi. Bu holat ma'ruzaga nisbatan bo'lgan munosabatni ijobiy tomonga o'zgartiradi, ma'ruzaga befarq qaramaslikka sabab bo'ladi. Talaba-o'quvchilarni suhbatga tortish 5 minut davom etadi.
Ma'ruzachi talaba-o'quvchilarning qiziqish, intilish, mas'uliyati oshib borishni kuzatib boradi. Ma'ruzani davom ettiradi va shu hol takrorlanadi. Shu davr ichida doimo faol ishtirok etuvchilar, teran fikr bildiruvchilar ma'ruzachining tayanchiga aylanadi. Ma'ruza davomida mavzuni sekin-asta talaba-o'quvchining kundalik faoliyatiga bog'lash boshlanadi, asta-sekin ularga ham qisqa munozaralar asosida javob topiladi. Shu holda kechgan ma'ruzalarda talaba-o'quvchilar vaqt qanday o'tib ketganini bilmay qoladilar. Ma'ruzaning yana davom etishini xohlab, befarqlik o'rnini hushyorlik, ichki intilish, echim qidirish egallaydi, o'zlari ham echimni topishda shaxsan ishtirok etishga hissa qo'shishga intiladilar. Bunday ma'ruzalar har ikki tomonning o'zaro faolligini oshiradi. Navbatdagi munozaralarga chorlaydi. Talaba- o'quvchilar bunday ma'ruzada ishtirok etar ekanlar, qolgan ma'ruzalar yana davom etishini ustozi bilan yana qachon uchrashishlarini istab qoladilar.
Noverbal vositalar. Noverbal vositalari mimika, qo'l, gavda harakatlari orqali biror ma'no-mazmunni ifodalash yoki ta'kidlashdan iborat. Noverbal vositalar jiddiy ahamiyatga ega bo'lib, ularning o'rnini boshqa narsa bosa olmaydi. Insonning har bir harakati ma'lum ma'noga ega bo'lib, bu harakatlarni turli xalqlarda turlicha tushuniladi. Bu harakatlarni noverbal nutq deb nomlash qabul qilingan. Noverbal nutq insonning u yoki bu muskullari harakati, shu jumladan, uning fikrlashi ham undagi ma'lum muskullar harakatidan iborat ekanligini eslatib o'tish maqsadga muvofiq. Bir imo-ishora qilib qo'yishning ta'siri gapirgandan ko'ra kuchli bo'lishi hech kimga sir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |