Ta'lim vositalarini tasnifi.
Ta'lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko'p jihatdan ta'lim vositalari bilan ta'minlanish darajasiga bog'lik bo'ladi.
Ta'lim vositalari o'qitish va o'rganilishi lozim bo'lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborotlarini foydalanishi jihatdan quyidagi 3 kismga ajratish mumkin:
Ba'zi hollarda ta'lim oluvchi uchun mo'ljallangan ta'lim vositasi ta'lim beruvchi uchun ham, dars o'tkazish uchun ham talab etiladi. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to'ldirishi kerak. Bundan tashqari ta'lim vositalarining xususiyatlariga ko'ra 3 turga ajratish mumkin: bosma, texnik va real vositalar.
Ta'lim vositalar olti turga bo'linadi:
matnli vositalar;
tasvirli vositalar;
audiovizual vositalar;
yordamchi (jihozli) vositalar;
modelli vositalar;
haqiqiy vositalar;
Ta'lim vositalaridan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo'ljallangan guruh, maxsus soha va metodlarga mos holda tanlash muhim o'rin tutadi. Bundan tashqari ta'lim beruvchi o'quv va ko'rgazmali vositalarni ishlata olishi, ulardan maqsadga muvofik foydalanishni bilishi kerak.
Alohida ta'lim vositalarini didaktik imkoniyatlari.
Dars davomida o‘qitish vositalaridan foydalanishda quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim.
Ushbu darsga taalluqli o‘qitish texnik vositalari soz holda bo‘lishi, o‘quvchi- talabalarning diqqatini jalb qilmaslik uchun hech bir ortiqcha narsalar bo‘lmasligi kerak.
Dars davomida bir necha o‘qitish vositalaridan foydalaniladigan bo‘lsa ularning hammasini bir yo‘lamas, balki o‘quvchi-talabalarning diqqatini bo‘lib yubormaslik uchun, zaruratga qarab foydalanish lozim, navbat bilan tushuntirib, foydalanilganini olib qo‘yish lozim.
Hama o‘qitish vositalari faqatgina mashg‘ulot mavzusiga muvofiq ravishda tanlanishi lozim.
O‘qitish vositalarini ko‘rsatishda, tushuntirishda ishlatish uslublarini ko‘rsatishda hamma o‘quvchi-talabalar ko‘raoladigan holda bo‘lishi zarur.
O‘quvchi talabalar bajaradigan mashg‘ulot mavzusiga taalluqli uslubiy ko‘rsatmalar bilan to‘liqcha ta‗minlangan bo‘lishi lozim.
Texnika xavfizligi, sanitariya va gigiena qoidalariga to‘liqcha rioya qilinishi
kerak.
Mashg‘ulot tugagandan keyin ishchi o‘rinlar tozalanishi va foydalanilgan
asbob-uskunalar topshirilishi lozim.
Kasbga yo‘naltirish yoshlarni erkin va mustaqil kasb tanlashga ilmiy-amaliy jihatdan tayyorlash sistemasidir. Talabalar o‘quv yurtini tugatgandan keyin kasbga moslashuvi o‘z tabiatiga ko‘ra ziddiyatli jarayon bo‘lib, ishlab chiqarish olg‘a suradigan bilish vazifalari, muammo shakllari va shaxsiy tajriba, iqtisodiy bilimlar,
ko‘nikmalar va munosabat shakllari, ya‗ni yoshlar ishlab chiqarishga nimalar bilan kelgan bo‘lsa, o‘sha narsalar o‘rtasidagi ziddiyatlar uning harakatlantiruvchi kuchi bo‘ladi. Demak talaba ishlab chiqarishga ishga kelguncha unda kasbga yo‘naltiruvchi kuch va unga moslashuvi bo‘lishi kerak. Bu xususiyatlarni yuzaga chiqarishda o‘qitishning texnik vositalaridan foydalana bilishi, kompyuterlar, EHM larni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |