Mavzu: Kasbiy ta'lim jarayonini rejalashtirishda ta'lim vositalari.
Reja:
1.O'quv jarayonida ta'lim vositalarini o'rni va ahamiyati. 2.Ta'lim vositalarini tasnifi.
Alohida ta'lim vositalarini didaktik imkoniyatlari. 4.Ta'lim vositalaridan samarali foydalanish shartlari
Adabiyotlar: 1. 2. 6. 7. 8.
Tayanch iboralar: kom'yuter, multimedia, audiovizual, texnik, real, internet elektron pochta, Word, Power Point, diapozitiv, sanitariya, gigiena, video, vizual.
O'quv jarayonida ta'lim vositalarini o'rni va ahamiyati
Ta‗lim vositalari – ta‗lim maqsadini amalga oshirish yo‘lida xizmat qildirayotgan metodlarni muvaffaqiyatli chiqishida yordam beradigan o‘quv asboblari va darslik, uslubiy ko‘rsatmalardir. O‘quv asboblariga laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishda ishlatiladigan har xil asboblar, qurilmalar, EHM, kompyuterlar, мултимедиалар, plakatlar, jadvallar, kino, diafilmlar, diapozitivlar kiradi.
Ta‗lim vositalaridan foydalanib dars o‘tilganda idrok etishni osonlashtiradi, nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog‘lab olib borishga asos yaratadi. O‘rganilayotgan mavzuga qiziqishni oshiradi, bilimlarni puxtaroq egallashga yordam beradi. Bilimlar ishonchga aylanishning yagona yo‘li o‘quv materialining o‘quvchi-talabalar ongida qayta ishlanishidir. Ya.A.Komenskiy bilim, idrok etish uchun ko‘rishi, eshitishi va sezishi kerak deydi. Buni buyuk pedagog 3 ta asosiy qoida bilan ifodalaydi:
Avval sezmagan narsasi haqida kishida bilim ham bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘qitish narsalar haqida quruq mulohaza yuritishdan emas, balki fanga taalluqli o‘qitish vositalaridan foydalanish, o‘quvchi esa bevosita ko‘rishdan, kuzatishdan boshlanishi kerak.
Bilimlarning to‘g‘ri va aniqligi ham faqat sezgilarning guvohligiga bog‘liq. Demak, bilim sezgilarga qanchalik ko‘proq tayansa, u shunchalik ishonchliroq bo‘ladi. Demak haqiqiy va mustahkam ilm berish uchun, o‘quvchi-talabalar hamma narsani bevosita kuzatishi va sezishlari lozim.
Sezgilar – xotiraning eng ishonchli vositasidir.Agar kishi biron – bir narsani bir marta ko‘rsa yoki eshitsa xotirasida mustahkam qoladi va esdan chiqib ketmaydi. Demak o‘quvchi-talabalarning faolligini, sezishini, xotirada saqlashini uzoq vaqt saqlashini oshirish uchun o‘qitish vositalaridan faol holda foydalanish lozim bo‘ladi. O‘quv jarayonida o‘qitish vositalaridan foydalanib ko‘rgazmali metod yordamida dars o‘tilsa quyidagi didaktik vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
O‘quvchilarda ko‘rgazmali-obrazli tafakkur rivojlanadi.
Har qanday o‘quv materialini o‘zlashtirishda diqqatni aktivlashtiradi.
O‘rganilayotgan nazariy masalalarni aniqlashtirishga erishiladi.
O‘quvchilarda kursatilgan, kuzatilgan narsalarni amalda qullash mumkinligiga imkon yaratadi.
O‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |