О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta


K.Stanislavskiyta’kidlab о‘tganidek, “bir vaqtda tabiatimizning barcha aqliy



Download 1,81 Mb.
bet35/91
Sana21.07.2022
Hajmi1,81 Mb.
#832813
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
Bog'liq
MADANIYAT VA SAN`AT SOHASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH

K.Stanislavskiyta’kidlab о‘tganidek, “bir vaqtda tabiatimizning barcha aqliy,


tuyg‘uli, ruhiy va jismoniy kuchlari bilan bajariladi”.
Menejerlarning yutuqlari ham, xatolari ham, ikkilanishlari-yu dadilliklari ham xodimlar kо‘z о‘ngida kechadi. Ishga doir munosabatlarining katta yoki maydasi yо‘q, jamoat joyidagi munosabatlar: kо‘chadami, yig‘ilishdami, bayram yoki tadbirdami, hamma joyda о‘z imijining ifodasini namoyish etadi. Mana shu sabab, rahbar jamiyatdagi hulq-atvori, odobu madaniyatini о‘zi-о‘zini nazorat qilishida deb hisoblashi zarur.
Menejer etiketining qator tomonlariga e’tibor beramiz.
Madaniyatining qay darajadaligi insonning yurish-turishidan ma’lum. Agar rahbar xodim xonasiga kirar ekan, xona sohibi-tashkilot xodimi birinchi bо‘lib qо‘l uzatishi kerak.Uzoqdan,egilib, stol orqasidan qо‘l uzatish hurmatsizlik sanaladi.
Ishlab chiqarish yig‘ilishlari, majlislar ishtirokchilari- xodimlar bilan yo hamma bilan oddiygina bosh egib salomlashish о‘rinli.
Kimgadir alohida munosabat boshqalarning nazdida jamoada hurmatsizlik sanalishi mumkin, shu sababli hammaga birdek salom-alik rahbarning kamtarinligi va samimiyligidan darak beradi.
Ba’zi holatlarda har bir xodim bilan qо‘l uzatib kо‘rishishi shart emas, bosh egib salomlashish о‘rinli, yosh rahbarlar boshlarini chuqurroq egishlari kerak. (agar yoshi kattalar kо‘p bо‘lsa).
Xizmat etiketi jamoadoshlar bilan ishda emas, kо‘proq ishdan tashqari vaziyatlarda dо‘stlashishni talab etadi. Talabchanlik muhitida faoliyat kо‘rsatish
ishdagi oshna-og‘aynigarchilik munosabatlarini kо‘tarmaydi. Shu sabab dо‘stona
munosabatlar ishdan tashqari holatlarda foydali sanaladi.
Rivojlangan davlatlarda masalan, Yaponiyada rahbarning ish kuni tushkun kayfiyat bilan boshlansa, kun bо‘yi salbiy kayfiyat uni tark etmas ekan. Demak, kun quvnoq va ishchan kayfiyatda boshlanishi kerak. Menejerlarning lug‘atida “mening qо‘limdan kelmaydi”, “menga nima”, “istamayman bu og‘ir vazifa” degan iboralar umuman bо‘lishi kerak emas.Xodimlar kо‘z о‘ngida hamma narsani eplay oladigan, hamma voqea-hodisaga real baho beradigan rahbarlar alohida hurmat topadilar.
Jamoada xodimlarga nisbatan tanqid ham, maqtov ham haqqoniy, adolatli bо‘lishi lozim.Bu borada samarali tinglay olish odil xulosaga sabab bо‘lishi tabiiy.Kо‘p hollarda rahbar va xodimning norasmiy rag‘bat maqtovi ham qator moddiy mukofotlardan ortiqroq nisbatda qabul qilinadi.
Xizmat etiketining asosiy komponentlaridan yana biri-vaqt va va’dalarning aniqligi, ishonchliligi. Insonning kimligi lafzidan ma’lum. Rahbarning lafzi, va’dasining ustidan chiqishi, subutsizlikdan qochishi, muddatlar va meyorlar mutanosibligida ish kо‘rishi faqat yaxshi samara berishi aniq.
Tartib va intizom muvaffaqiyatning kaliti.О‘zida tartib bо‘lmagan, о‘zida
intizom shakllanmagan rahbarning о‘z sо‘zini о‘tkaza olishi qiyin masala.
Menejerning layoqati hamkorlar, raqobatchilar,ishbilarmon doira vakillari bilan muzokaralar ham menejer faoliyatining qirralarini belgilab beradi. Bu jarayonlarni rejalashtirish, tashkil qilish, suhbatdoshlar nazdida yaxshi taassurot qoldira olish ham alohida san’at hisoblanadi.
Madaniyat va san’at sohasi vakillarining о‘zlari madaniyat egasi bо‘lishlari, har bir muzokarani san’at darajasida о‘tkazishlari, berilgan savollarga mukammallikka asosan javob izlashlari, agar hamkorlar xorijlik bо‘lsalar, о‘sha mamlakat madaniyati, san’ati va adabiyoti bilan yaqindan tanishgan bо‘lishlari talab darajasidagi vazifalardir.
Kо‘rinadiki, rahbar uchun, menejer uchun faoliyat doirasiga kirmagan qoida, tavsiyaning о‘zi yо‘q ekan. Jahonga chiqayotgan О‘zbekistonning har sohadagi
muvaffaqiyatlarini, xususan madaniyat va san’at sohasidagi muvaffaqiyatlarning tasvirlari bilan boyitilgan albomlar, videotasvirlar singari kutilmagan “sovg‘a”lar, xorijliklarning tillarida yangragan, yaratilgan san’at asarlari esa muzokaraga yana ham fayz bag‘ishlaydi.
Har kimga ham о‘z ona tilidagi qо‘shiq, she’r, tasviriy san’at asari, video yoki audioyozuvlar nihoyatda xush kayfiyat bag‘ishlaydi.
Xullas, rahbarning har bir tadbirdan, muzokaradan zavq ola olishi va bu zavqni xorijlik hamkasblariga yuqtira olishi ham xizmat etiketining yorqin tomonlaridan sanaladi.
Chunki har bir menejer о‘z tashkilotining timsoli bо‘lishga harakat qilishi ana shunday mehnat faoliyatida bilinadi, xodimlarning tan olishlariga sabab bо‘ladi.

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish